Nima uchun men onlayn biznes bilan shug'ullana boshladim, yohud, onlayn biznes offlayn biznesdan nimasi bilan afzal

Biznes turlari

Salom xonimlar va janoblar!

Oldingi maqolalarimizda biznes reja tuzishni hamda internet biznes turlari haqida gaplashgan edik. Bugun esa, onlayn biznes boshqa biznes turlaridan, yani, offlayn biznesdan ustun ekanligini isbot qilishga qaror qildim.

Offlayn biznes – bunda siz, masalan, bozorda arendaga, yoki, o’zingiz do’kon qurish uchun yer sotib olasiz va do’konni qurib, savdo bilan shug’ullanasiz.

Onlayn biznes — bu, faqat internetda tashkil qilinadi, yani, masalan oddiy sayt.

Internetda biznes qilish uchun qo’llanmalar

Onlayn biznesning qanday afzalliklari mavjud

Onlayn biznesning offlayn biznesdan afzalligi

Xo’sh men, onlayn biznesning qanday o’ziga jalb qiluvchi qirralari va asosiy mezonlarini hisobga olib bu ishga qo’l urdim? Quyida yozadiganlarim, qanday biznes bilan shug’ullanishni bilmay boshi qotayotganlarga, biznesni boshlab yuborishda katta rol o’ynashi mumkin.

Mening nazarimda internet, har qanday odam biznes qilishi mumkin bo’lgan joy. Albatta bu oson emas, lekin, qilsa bo’ladi, asosiysi, xohish va iroda bo’lsa bo’ldi, qolganlari jarayonda keladi.

Partnyorkalar katalogi

Internetda biznes qilishning men uchun muhim eng asosiy uchta ustunligi:

  1. Hech qanday sarmoyasiz va tanish bilishlarsiz boshlash mumkin. Ijara to'lash, ishga borib kelish uchun yo’l kira va boshqa xarajatlar yo’q. Faqat internet va kompyuter bo’lsa bas, bu esa, hozirgi kunda har bir xonadonda bor desak ham bo’laveradi, bo’lmasa ham muammo emas, ozgina pul bilan tashkil qilish mumkin.
  2. Onlayn biznesning yana bir muhim jihati – kompyuter bilan ba’zi ko’plab ishlarni avtomatlashtirish mumkin. Masalan, xaridorlardan buyurtmalarni qabul qilib olish uchun, alohida ishchi yollashingiz shart emas. Shunchaki, buyurtmalarga ishlov beradiga onlayn script yaratasiz yoki sotib olib o’rnatasiz, tamom vassalom. Xuddi mening saytimdagiday. Internetdagi ishlarni ko’p hollarda, avtomatlashtirilgan, turli mashinalar, algoritmlar va dasturlar amalga oshiradi.
  3. Va oxirgi men uchun eng muhim jihat – bu ish uchun bilakdagi kuch shart emas. Masalan, qurilish tashkilotlari va boshqa ishlarda kerak bo’ladigan kuchga o’xshab, lekin, bu ham boshlanishida unchalik yomon emas, ammo bu yerda haqiqiy jon kuydirib ishlashga to’g’ri keladi. Agar o’zingizning quruvchilik firmangizni tashkil qila olmasangiz, bir umrga shunday ishlashga majbur bo’lasiz. Kuch esa yildan yilga kamayib boraveradi va siz pul topishga qiynalib qolishingiz mumkin. Internetdachi, bu yerda siz, bilak kuchingizni emas, birinchi navbatda miyyangizni ishlatishga majbur bo’lasiz. Agar, qarrilik paytingizda qiynalmaslik uchun juda katta kompaniya tuza olmasangiz ham, olgan bilimlaringiz va tajribalaringiz hisobiga, 60 yoshingizda bemalol kompyuter klaviaturasini bosib, hech bo’lmaganda kuniga 500 rubl topa olasiz. Bu ham pensiyangizga qo’shimcha daromad bo’ladi.

Offlayn biznesning menga yoqmaydigan qirralari

Offlayn biznes kamchiliklari

Oflaynda ko’proq kim uchundir ishlashga to’g’ri keladi, o’zining shaxsiy biznesi borlar bundan mustasno bo’lishi mumkin albatta. Quyida, offlayn biznesning kamchiliklarini sanab o’taman:

  1. Sarmoyasiz yoki tanish bilishlarsiz ish boshlash ko’p hollarda qiyinchilik tug’diradi. Ko’p kuch sarflashga to’g’ri keladi.
  2. Biznes turlaringing chegaralanganligi – asosiylari: do’kon, oshxona, go’zallik saloni, sartarahxona, qurilish firmasi, avtoservis, shinomantaj (vulkanizatsiya) va hokazolar. Bularning barchasiga yaxshigina sarmoya kiritishga to’g’ri keladi.
  3. Bir joyga bog’liqlik, agar siz firma rahbari bo’lmasangiz albatta.

Xulosa

Albatta, har bir bo’lim ustida bahslashishimiz mumkin, lekin, barchasi, sizning qanday holatda ekanligingizga bog’liq. Men biron bir biznesda expert emasman. Bu yerda men, internetda biznes qilishga meni, aynan nimalar undaganini, motivatsiya berganini yozdim.

Siz mening maslahatlarimga quloq solmaslikga haqqingiz bor. O’zingiz istagan yo’lni tanlang va omadga erishing, men albatta xursand bo’laman.

Agar siz ham shu yo’lni tanlagan bo’lsangiz, sizni bu yo’lga kirishga qanday asosiy sabablar undadi? Yana qanday foydali taraflarini bilasiz? Yana kimdir bu ro’yxatni davom ettirishni xohlar, izohlarda biz bilan bo’lishing.

Hurmat bilan Umidjon 

Maqolaga baho bering!
( 3 , average 4 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: