Uzinfobiz.com bilimlar bazasi: bu nima degani, unda ro’yxatdan o’tish va o’qishni qanday boshlash kerak?

Bilimlar bazasi

Salom do’stlar. Sizlar bilan men Umidjon Obudov va bugungi maqolada, internet orqali biznesni yo’lga qo’yish, ya’ni, masofadan turib ishlash, daromad manbaalarini yaratishni o’rgatuvchi, qadamba – qadam o’quv darslarini o’z ichiga olgan “Bilimlar bazasi” nomli onlayn maktabimizni ochganligimizni sizlarga ma’lum qilmoqchiman.

Mana bir necha yildirki, o’zimning shaxsiy blogim orqali, internetda pul ishlash, masofadan turib ishlash, sayt tuzish kabi yo’nalishlarda o’z tajribalarim bilan, mutloqo bepul, sizlar bilan o’rtoqlashib kelayapman. Va sizlardan, nimadan boshlash kerak, nima qilish kerak, nimani o’qish kerak qabilidagi ko’plab savollar, maqolalarimga izohlar kelyapdi.

Barchasiga javob berishga, har biringizga yordam berishga harakat qilayapman. Lekin, turli savollar beruvchilar soni kundan kunga ortib, ko’payib borayapdi va ba’zida bir kunning yarmi savollarga javob berish bilan o’tib qolayapdi.

Shu sababli menda, “Bilimlar bazasi” ni yaratish g’oyasi paydo bo’ldi.

Uzinfobiz.com bilimlar bazasi nima degani?

Keling, bu nima deganini qisqacha tushuntirib o’taman.

Bilimlar bazasi – bu pullik va bepul o’quv materiallari bo’lgan yopiq platforma. Ma’lumotlar bazasida biz o’rganamiz, muloqot qilamiz, tajriba almashamiz, yangi imkoniyatlarni kashf etamiz va hayotimizni yanada go’zal va qiziqarli qilamiz.

U erda muallifning bosqichma-bosqich darsliklari va barcha kerakli materiallar saqlanadi. Eng muhimi, ularning barchasi bosqichma-bosqich qo’llamalardan tuzilgan. Siz shunchaki, darslarni o’rganishingiz, ularni tartibda bajarishingiz va natijaga erishishingiz kerak xolos.

Hozirda quyidagi kurslarni o’tish mumkin:

  1. «Biznes va shaxs rivojlanishi yoxud tezkor start» kursi.
  2. “Shaxsiy sayt (blog) ni qanday tuzish va unda pul ishlash kerak” kursi.
  3. “Noldan boshlab hamkorlik dasturlarida pul ishlash” kursi.
  4. “Shaxsiy onlayn maktabni qanday ochish va yuritish mumkin” kursi.
  5. “Java dasturlash tilini o’rganish” kursi.
  6. “Lending Page yaratish” kursi.

Malumotlar bazasida o’qish bo’yicha qo’llanma

Bilimlar bazasi yangi sistema asosida ishlaydi, lekin, hech qanday qiyinchilik joyi yo’q. Sizga tushunarli bo’lishi uchun, qadamba-qadam aytib o’taman.

Qanday ro’yxatdan o’tish kerak?

Qanday ro’yxatdan o’tish kerakligi to’g’risidagi video qo’llanmani quyida ko’rishingiz mumkin.

Maktab darslariga o’tish uchun, sizga nimalar kerak bo’ladi:

Qadam 1. Bilimlar bazasining bosh sahifasiga kirishingiz kerak – uzinfobiz.com. Saytning yuqoridagi menyusida joylashgan “Ro’yxatdan o’tish”, yoki, quyidagi qizil tugmachaga bosasiz:

Ro'yxatdan o'tish

Qadam 2. Shaxsiy xona ochish uchun ma’lumotlaringizni kiriting:

DIQQAT! Kiritgan ma’lumotlaringizni yo’qolib qolmaydigan joyga saqlab qo’ying.

Malumotlarni kiritish

Ma’lumotlaringizni kiritib bo’lganingizdan keyin “Регистрация” tugmasini bosing. Shundan keyin sizning pochtangizga tasdiqlash xati yuboriladi:

Xabar yuborildi

Qadam 3. Pochtangizga kiring va obunani tasdiqlang. Agar xat darhol kelmagan bo’lsa, “Spam” papkasini tekshirib ko’ring. Shunda ham xat kelmagan bo’lsa, menga yozing:

Spamni tekshirish

Qadam 4. Bilimlar bazasi bosh sahifasiga kirib, menyudagi “Kirish”, yoki, quyidagi yashil tugmaga bosib, login va parolingizni kiritib, maktabga kiring va o’qishni boshlang:

Xonaga kirish

Login parolni kiritish

Maktabda ro’yxatdan o’tish bo’yicha video qo’llanma:

Darslar qanday o’tiladi?

Bosh sahifada login va parolingizni kiritib maktab ichiga kirganingizdan keyin barcha darslarni ko’rasiz. Har bir kurs qanday o’tilishi to’grisida, kursning birinchi darsida to’liq ma’lumot berilgan:

Birinchi darsga kirish

Yangi dars, uyga vazifa va kerakli shartlarni bajargandan keyin ochiladi.

Keyingi dars ochilishi uchun, birinchi darsning “Домашнее задание” bo’limiga kirib, uyga vazifa va shartlarni bajarishingiz kerak:

Uyga vazifani bajarish

DIQQAT! Keyingi dars ochilishi uchun, topshiriqning barcha punktlari bajarilishi shart.

Uyga vazifa shartlari

Barchasi oddiy!

Agar sizda qandaydir muammo tug’ilsa, yoki bir nima ishlamay qolsa, albatta quyida izohlarda qoldiring.

Hurmat bilan Umidjon Obudov

Baholashni unutmang!
( 4 assessment, average 4.5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 8
  1. zilola

    Assalomu alaykum. Man rossa qiziqaman shunaqa narsalaga. Tekinmi bu ili pulli? shuni tushuntirib bersangiz, keyin, sizga telegram haqidayam savol berudim, uniyam javobini yozib yuborsangiz.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Ro’yxatdan o’tish bepul, qo’rqmasdan ro’yxatdan o’tib, maktab ichiga kirib ko’rishingiz mumkin. Maktabda pullik kurslar ham bor, bepulliklari ham bor. Telegram haqidagi savolizgayam javob qildim.

  2. Muni

    Men royxatdan otolmayabman 2 qadamni bajardim 3 qadamga otolmadim chunki emailmga hech qanday tasdiqlash kelmadi spamda ham yoq

    1. Умиджон Обудов (author)

      Salom. Pochtangizga javob yozdim.

  3. +998333

    ;-)

  4. SH

    Yaxshi alo zo’r

  5. Ulug'bek Shamsiddinov

    salom

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom.

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: