Web dizaynerlikga o'qish uchun eng yaxshi o'quv kurslari va mustaqil o’rganish yo’llari

Web dizaynerlikni qayerda o'qish kerak

Salom do’stlar! Internetning qanchalik tez rivojlanayotganini va tajribali mutaxasistlarga talab, kundan-kun ortayotganini, siz ham sezgan bo’lsangiz kerak. Shuning uchun ham, ko’pchilik freelanserlarda, yangi boshlayotganlar, malakali bo’lishni istayotgan, tengsiz bo’lishni xohlayotganlarda, web dizaynerlikni qanday o’rganish kerak, yoki, qaysi o’quv kursini tanlash kerak degan savol ko’ndalang turishi tabiiy hol, albatta.

Bizning vazifamiz, bu savollarga javobni, keng va batafsil yoritishdan iborat. Kam quruq gap va ko’p foydali malumot berish.

Tayyormisiz? A? Unda ketdik!

Oldingi maqolalarimizda, web dizaynerlik kasbi va bu kasbning foydasi, turlari, uning asosiy vazifalari haqida batafsil gaplashdik. Endi, bu sana’tga  qayerda o’qishingizni tushunishingiz muhim.

Barcha internet kasblar haqidagi qo’llanmalar

Web dizaynerlikga o’rganishning uch yo’li    

O'rganishning uch yo'li

Bugungi kunda, bu kasbga o’rganishning eng mashhur uchta yo’li mavjud.

Birinchisi va eng ko’p tarqalgani – bu, ko’plab onlayn kurslar va treninglardan o’zingizga yoqqanini tanlab, masofadan turib o’qishni boshlash, yani, internet orqali.

Ikkinchi yo’li biroz murakkab, lekin, sizning masuliyatingizga bog’liq, bu o’zingiz mustaqil o’rganish. Buning uchun, turli kitoblar, saytlar, video darsliklar va bloglar mavjud. Bularning barchasini internetda bepul topishingiz mumkin, asosiysi, har bir odam uchun ochiq.

Muhimi – sizning xohishingiz va bo’sh vaqtingiz borligida.

Uchinchisi – oliygohga kirish yoki, yashash joyingizda tashkil qilingan offlayn o’quv kurslarida o’qish. Va yana, tajribali mutaxasistning yoniga borib dars olish.

Keling, internet orqali masofadan turib o’qish yo’liga batafsil to’xtalamiz. Talab bor joyda taklif ham bo’ladi, to’g’rimi? Hozirda, tajribali web dizaynerlar o’qituvchilik bilan ham shug’ullanishadi. Iqtidorli odamlar uchun, web dizaynerlikni masofadan turib o’rgatish, sevimli mashg’ulotga aylangan.

Onlayn o’quv kurslari va treninglar  

Onlayn o'quv kurslari

  • Dizayner freelanser” – bu yagona bepul audio kurs. Oltita omadli web dizaynerlar, o’zlarining tajribalari va sirlari bilan bo’lishishga tayyorlar.
  • Web dizayner asosi” – web dizaynerlikning asoslarini o’rganishga yana bir yaxshi imkoniyatlarni beruvchi onlayn kurs.
  • WAYUP” – bu nafaqat freelanserlar jamoasi, balki pullik kouchinghamdir, yani, sizni “qo’lingizdan ushlab” natijaga olib chiqishadi. Sohani o’zingiz tanlaysiz, balkim sizni, sayt yaratish yoki mobil dasturlar yaratish qiziqtirishi mumkin. Bundan tashqari, saytda, shu kompaniyada o’qishni davom ettirish yoki ettirmaslikni tushunib olishingiz uchun, bepul master-klasslar ham mavjud.
  • Talim va karera” o’quv markazi – sayt tuzish, dizayn tanlash, grafik elementlarni tayyorlash sirlarini o’rganasiz. Eng asosiysi, o’qish yakunida siz, o’zingizning saytingizni ishga tushirasiz.
  • Lidogeneratsiya akademiyasi” – bu akademiyada, fotoshopda ishlash, lending page yaratish, grafika bilan ishlash va boshqa foydali sirlarini o’rgatishadi.
  • Palitra-School” – web texnologiyalar mutaxasistligi kursi. Qaysi pog’onadan boshlab o’qishni o’zingiz tanlaysiz.

Bulardan tashqari, web dizaynerlikga o’qitish uchun boshqa takliflar ham mavjud:

  • Netologiya” – onlayn o’qitish markazi
  • Real Time School” – elektron sana’ti maktabi
  • Britaniya dizaynerlar oily maktabi
  • GeekBrains” – IT portali o’quv markazi
  • IT kurs” – kompyuterni o’qitish markazi

Turli trening va kurslarni o’tash sizga, tez fursatda, web dizaynerlikda eng kerakli bo’lgan bilimlarga ega bo’lish imkonini beradi. Bunday o’qish tuirning eng foydali tarafi, aynan malum bir mutaxasistlikga yo’naltirilganligidadir. Bundan tashqari, o’qish jarayonida, tajribali mutaxasistlarning yordami va nazorati ostida, o’zingizning sifatli portfolioingizni yaratasiz. Bu esa, kelajakda ishga joylashishingizda katta omil bo’lib xizmat qilishi aniq.

Web dizaynerlik kollejlari va maktablari  

Dizaynerlik kollejlari va maktablari

Tushunganingizdek, internet orqali masofadan turib o'qish mumkin, tanlov esa juda yuqori. Har bir kishi o’ziga yarasha o’qituvchini topishi mumkin. Ochig’ini aytishimiz kerak, bizda onlayn o’qish hali unchalik rivojlanmagan. Chet davlatlarda allaqachon ko’p sohalarga onlayn o’qishlar tashkil qilingan.

Chunki, offlayn o’qishdan onlaynda o’qish ancha samarali ekanligini ular allaqachon tushunib yetishgan. Bu endi boshqa mavzu, bu gaplarni keyingi maqolalarimizga qoldiramiz, gap keldi, aytdim, qo’ydim-da (((.

Lekin, biz turli odamlarmiz, kimgadir kuni bilan yakka o’zi kompyuter qarshisida o’tirish emas, ko’pchilik, jamoa orasida yurish, o’qish yoqadi. Shu sababli, quyida offlaynda o’qishni yoqtiradiganlar uchun, bir nechita o’quv markazlarini keltiraman.

Mana ular:

  • PROWEB
  • Megagroup desgn
  • Сайт.uz
  • MartDesign
  • Artograph

Mustaqil o’rganish

Biz siz bilan bu kasbni egallashning ikki yo’lini ko’rib chiqdik. Endi, mustaqil o’rganish haqida gaplashsak.

Bu yo’lning asosiy foydasi, pul xarajat qilmaysiz. Sababi, internetda bepul juda ko’p malumotlar bor. Lekin, bu foydaning ostida bir sir yashiringan – bu, bahoning yo’qligi. O’qishga qiziqish va malum bir natijaga erishish uchun albatta haq to’lanadi. Pul bu, juda yaxshi turtki hisoblanadi.

Mustaqil o’rganishning keyingi “siri”, bu, belgilanmagan vaqtga cho’zilishi mumkin. O’zingizdan boshqa hech kim, natijaga chiqishingizga kafolat bera olmaydi.

Biz barchamiz o’z vaqtimizni va kuchimizni qadrlaymiz, qayerda o’qish har kimning shaxsiy ishi. Ideal variant, mustaqil o'rganishni, internetdagi kurslarni o'tash bilan birlashtirishdir. Bu sizga professional o'sish va barqaror rivojlanishingizni kafolatlaydi.

Xulosa 

Kasbga o’rganishning yo’llari juda ko’p. Agar siz, o’qishga tayyor bo’lsangiz, qiziqishingiz balan bo’lsa, unda, web dizaynerlar jamoasiga xush kelibsiz deyman. O’qing, o’rganing, yaxshi kasblar, o’quv kurslari juda ko’p, yangi kasblarni egallan. Zamon bilan hamnafas qadam tashlang, men esa sizlarga o’qish va ishlaringizda omadlar tilab, keying maqolalarda uchrashguncha deb qolaman, xayr!

Maqolaga baho bering!
( 7 , average 4.57 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Comments: 1
  1. Gulnora

    Katta rahmat .Juda ajoyib maqola :lol:

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: