AliExpressda xaridlarni amalga oshirishda nimalarga e’tibor berish kerak, mening tajribalarim

Aliexpressda qanday savdo qilish kerak

Assalomu aleykum hurmatli do’stlar.

Oldingi  maqolalarimizda, aliexpress.comda ro’yxatdan o’tish jarayoni, hamda, xarid qilish uchun qadamba-qadam qo’llanma va ko'rsatmalar” berib o’tgan edik.

Bugungi esa, shu mavzularga qo’shimcha qilgan holda, xaridlarni amalga oshirishda yana qanday muhim jihatlarga e’tibor berish kerakligi, hamda o’zimning bu sayt orqali qilgan xaridalarim va tajribalarim haqida gaplashamiz.

AliExpress.comda didingizga monand har qanday maxsulotni topishingiz mumkin. Saytda keltirilgan tovarlarning narxlari arzon, va ko'pincha, maxsulotlar  bepul yetkazib beriladi.

Lekin, hamma narsaning kamchilikari va afzalliklari bo’lgani kabi, AliExpress ham bundan mustasno emas. Quyida xaridlar qilganingizda sizni kutib turgan “syurprizlar” haqida gaplashamiz. Ammo oldin, xarid uchun to’lovni amalga oshirish tartibi haqida to’xtalib o’tsam.

Internet orqali ishlashni endi boshlayotganlar uchun qo’llanmalar

AliExpressda mahsulotni xarid qilish xavfsizmi?

Aliexpressda mahsulot sotib olish xavfli emasmi

Har kuni minglab odamlar sayt bilan tanishadilar va xaridlarni amalga oshiradilar. Yaxshiroq tushunishingiz uchun,  quyidagilarni bilib olishingiz kerak:

  • AliExpress, aslida, internet-do'kon emas. Bu xususiy do'konlar va mijozlar o'rtasida vositachi sifatida ishlaydigan agregator saytdir.
  • AliExpress sotib olish va sotish operatsiyalari uchun barcha javobgarlikni o'z zimmasiga oladi, shuning uchun sotuvchilarning kelishilgan standartlarga muvofiqligini diqqat bilan kuzatib boradi.
  • Sayt ma'muriyati obro'siga katta e’tibor beradi va huquqbuzarliklarga chidab o’tirmaydi: qoidalarga rioya qilmagan sotuvchi o'z mahsulotlarini saytda sotish va reklama qilish huquqidan osongina mahrum bo'lishi mumkin.
  • Shuningdek sayt, muammoga duch kelgan mijozni qo'llab-quvvatlaydi va mahsulot yetkazib berilmagan, yoki, tavsifga mos kelmagan taqdirda, pulni qaytarib berishni kafolatlaydi.

DIQQAT! Sotuvchi bilan bo’lgan har qanday muammoli muloqotlaringizni, Aliexpress sayti muharririyati, “Spor” ochganingizda ko’rib chiqishadi va shunga qarab “Hukm” chiqarishadi.

Shunday qilib, muammolar yuzaga kelganda, sotuvchi bilan janjallashishingizga to'g'ri kelmaydi. Shikoyatingizni ko'rib chiqqandan so'ng, AliExpress mijozlarga xizmat ko'rsatish bo’limi vakili shunchaki, hisobingizga pulingizni qaytaradi.

Ishonchli sotuvchini qanday aniqlash mumkin?

Aliexpressda ishonchli sotuvchi topish

DIQQAT! Bu haqda, oldingi maqolamizda batafsil to’xtalib o’tgan edik, lekin, shunday bo’lsa ham bazi narsalarni qo’shimcha qilib o’tsak foydadan xoli bo’lmaydi

Yuqorida aytib o'tganimizdek, AliExpressda sizning to'lovingiz sug'urtalanadi.  Agar, maxsulot  nosoz bo’lsa, yoki, sotuvchi beparvolik qilsa, sizning pulingiz hisobingizga qaytariladi.

Biroq, qimmatbaho vaqtingizni va asab tolalaringizni yo'qotmaslik uchun, AliExpressda sotuvchilarni qanday tanlash bo'yicha maslahatlar bilan tanishsangiz o’zingizga yaxshi bo’ladi:

Birinchidan, sahifaning yuqori o'ng tomonida ko'rsatilgan sotuvchining reytingiga qarang. Reyting o'z mijozlarining sotuvchiga bergan baholar asosida hisoblanadi. Na sotuvchi, na AliExpress ma'muriyati ushbu baholarni o'zgartirish imkoniyatga ega emas. Do'kondagi "yonib turgan " yulduzchalar qancha ko'p bo'lsa, uning xizmatlari xaridorlar tomonidan yuqori baholangan hisoblanadi:

Sotuvchining bahosi

Ikkinchidan, mijozlar sharhlarini diqqat bilan o'qishga harakat qiling. Matnda ko'pincha qiziqarli  tafsilotlar tasvirlangan bo’ladi.

Sotuvchi haqida fikrlar

Uchinchidan, shubha tug'ilganda, sotuvchiga to'g'ridan-to'g'ri savol bering: Mahsulot aslmi? Logotipiga egami? Sotuvchida haqiqiy fotosuratlarni yuborish imkoniyati  bormi? Kutilmagan muammolarni oldini olish uchun ma'lumotni aniqlashtirishdan xijolat bo'lmang.

Qanday to'lov usullaridan foydalanish mumkin?

Quyida ko’rsatiladigan  to'lov usullarining har biri xavfsiz va AliExpress xaridorini himoya qilish dasturining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bu, to'lovdan so'ng sizning pulingiz AliExpress tizimiga o’tkazilishini anglatadi.

To'lov qilish yo'llari

Tovarni qabul qilib, uning tavsifga mos kelishini va kamchiliklari yo'qligini tasdiqlaganingizdan keyingina to'lov sotuvchining hisob raqamiga o'tkaziladi.

Aliexpressda qaysi yo’llar bilan to’lov o’tkazishingiz mumkin:

  1. Escrow / AliPay

Escrow nafaqat Aliexpressda, balki butun internet-tijorat sohasida ham juda mashhur to'lov usuli hisoblanadi. Chunki, u xaridor va sotuvchini himoya qiladi. AliPay, Paypal to'lov tizimiga juda o'xshaydi.

  1. Visa/ MasterCard/ Maestro

Karta orqali to'lashda AliExpress yana Escrow usulidan foydalanadi, shuning uchun, do'kon xaridni qabul qilish to'g'risida tasdiqni olmaguncha pulingiz xavfsiz ekanligiga amin bo'lishingiz mumkin. AliExpress Visa, MasterCard va Maestro kartalarini qabul qiladi.

Shuningdek, AliExpress to'lovlarni, WebMoney, Western Union, Yandex.Money, QIWI, DOKU, MercadoPago, Boleto, American Express orqali ham qabul qiladi ... Ammo! Bunday holda, siz pulni to'g'ridan-to'g'ri sotuvchi hisobiga yuborasiz va muammolar yuzaga kelganda, AliExpress to'lovni qaytarishga yordam bera olmaydi.

Mahsulotingiz qanday muddatlarda etkazib beriladi?

Mahsulot yetkazib berish muddati

Mijozlarni himoya qilish dasturi har bir buyurtma uchun 60 kun amal qiladi. Agar sizning xaridingiz ushbu muddat ichida yetkazilmagan bo'lsa, yoki, mahsulot sizga yoqmasa, pulni qaytarib berishni so'rash yoki xaridorlarni himoya qilish dasturining amal qilish muddatini uzaytirish orqali nizoni ochishni tavsiya qilamiz.

“Мои заказы”- «Mening buyurtmalarim» sahifasida himoya muddati tugashiga qancha vaqt qolganini kuzatib borishingiz mumkin.

DIQQAT! Har qanday muammoli vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, shu muddat ichida “Spor”, “Nizo”ochishingiz mumkin.

Men sotib olgan narsalar odatda 2 oy ichida kelardi. Hech ushlanib qolmagan. Agar siz o’z xaridingizni tezroq qo’lga olmoqchi bo’lsangiz, sayt sizga bir nechta pullik etkazib berish xizmatini taklif etadi. Lekin, bunday takliflardan foydalanishni tavsiya qilmayman, ortiqcha pul sarflashga hojat yo’q.

Chunki, siz ham, aliexpress ham, sotuvchining aynan siz tanlagan pullik xizmat orqali mahsulotingizni yuborishiga hech qanday kafolat yo’q. Iloji boricha bepul, yoki, hech bo’lmaganda, eng arzon yo’lini tanlang.

Mahsulotni yuborish yo’lini tanlash sahifasi quyidagicha:

Mahsulot yuborish yo'lini tanlash

Mahsulotlarning sifatini qanday aniqlash mumkin?

Aliexpressdan kelayotgan maxsulotlar haqidagi fikrlar turlicha. Kimdir tovarning sifati bilan qoniqmasa, kimdir esa, hammasi yaxshi ekanligini ta’kidlaydi.

Agar shaxsan o’zimni   tajribamdan kelib chiqib gapiradigan bo’lsam, men xaridlarimdan qoniqganman. Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, men buyurtma bergan maxsulotlar juda qimmat emas edi. Ko’pincha bijuteriya va aksessuarlar xarid qilganman: sumka, ko’zoynak , soat, shlyapa va shunga o’xshash narsalar.

Faqatgina, olgan ko’zoynaklarim juda katta edi. Ularni ustaga olib borib kichraytirishimga to’g’ri keldi.

To’g’risini aytsam saytdan kiyim-kechak xarid qilishga qo’rqaman, chunki, saytda amerikancha kiyim o’lchamlari berilgan, o’zingizga mos keladiganini tanlash murakkabroq. Ko’pchilik adashadi:

Kiyimni taqqoslash

Afsuski kiyimning yoki, buyumning o’lchami Aliexpressning yagona kamchiligi emas. Aksariyat xaridorlar buyumning sifatiga va ko’rinishiga etiroz bildirishadi. Chunki, ayrim sotuvchilarning tovarlari saytda ko’rsatilganidan ancha farq qiladi.

Keyingi, umuman saytdan sotib olishni tavsiya etmaydigan tovarlarimdan bu – kosmetika. Men umuman Xitoyda ishlab chiqarilgan kosmetik mahsulotlardan foydalanmasligingizni tavsiya etaman. Chunki, ularni tarkibiga qanday elementlar kirishini hech qachon bila olmaysiz.

Xulosa

Menimcha, AliExpress bu- har bir narsa nazorat ostida bo'lgan va xaridorlar har qanday mahsulotni topishi mumkin bo'lgan ajoyib agregator. Shubhasiz, bu yerda, boshqa onlayn-do'konlarda bo'lgani kabi, xarid qilishdan oldin ehtiyot choralarini ko'rishingiz kerak. Agar siz, ushbu maqolada keltirilgan ko'rsatmalarga rioya qilsangiz, potentsial muammolar xavfini nolgacha kamaytirishingizga aminman.

Agar maqolam sizga ma’qul kelgan bo’lsa izohlarda o’z fikringizni qoldiring. Do’stlaringiz bilan bo’lishing va blogimizga obuna bo’ling. Keyingi maqolalarda uchrashguncha hayr!

Hurmat bilan Malika

Maqolaga baho bering!
( 2 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: