Xulosa

Muhtaram o‘quvchi! Ma’lumki, har bir inson umr bo‘yi o‘z jismi va ruhining komillik sari yuksalib borishini xohlaydi. Bu yo‘lda siz-u bizga adabiy-ma’rifiy kitoblar, go‘zal san’at asarlari, teatr tomo-shalari va boshqa ma’naviy omillar yordam beradi. Ayniqsa, badiiy asarlarni qunt bilan o‘qigan
va cheksiz zavqlangan odamning yuragi tozarib, insonlararo muomala-munosabatida samimiyat paydo bo‘ladi. Siz «Adabiyot» darslaridan abadiyat obidalari ichida badiiy adabiyot o‘z shukuhi, benazir tarovati va go‘zalligi bilan alohida o‘rin tutishini bilib oldingiz, albatta.

 Adabiyot darsligi mundarijasiga qaytish

Nihoyat, aziz o‘quvchi, o‘rta maktab, o‘rta maxsus ta’limi ham o‘z poyoniga yetdi. Ertaga siz mustaqil hayotning turli jabhalariga yo‘l olasiz. Jamiyatda o‘z o‘rningizni topish uchun turli kasblarni tanlab, ulardan birining egasi bo‘lishga harakat qilasiz. Kimdir ishchi, dehqon, quruvchi, bog‘bon yoki bosh-qa kasbning egasi bo‘ladi. Kimdir tahsilini davom ettirib, oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lishni niyat qiladi; oliy o‘quv yurtlariga qarab yo‘l oladi. Shunda o‘quvchilik yillarida olingan bilimlar yana bir karra imtihon va sinovdan o‘tadi.

Bunda diqqat-e’tibor va jiddiy o‘qish evaziga jamlangan adabiy, ilmiy- nazariy bilimlar sizga yordam beradi. Xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti hamda jahon adabiyotining eng sara namunalaridan tarkib topgan «Adabiyot» darsligining barcha mavzulari shu mahal bir-bir ko‘zingiz oldidan o‘tadi. Eslaysiz, bilasiz, foydalanasiz va quvonasiz. Chunonchi, hayotda ham, tabiat-da ham betakror go‘zallik bor. San’atkor adiblar ularni ta’sirli, obrazli, ramzli ifoda etgani uchun sizni o‘ziga maftun qiladi.

Bunday ko‘rkam adabiyot olam va odamga qarashingizni teranlashtiradi. Adabiy asarlar faqatgina yoshlikda o‘qib, so‘ngra bir chetga surib qo‘yiladigan manbalar emas. Adabiyot sizga umr bo‘yi kerak. Qanday kasb egasi bo‘lishingizdan qat’i nazar, og‘zaki va yozma nutqni takomillashtirishda adabiy tahsil sizga benihoya katta foyda beradi… Aziz o‘quvchi, asl adabiyotni seving, o‘qing, o‘rganing
va targ‘ib qiling!

Оцените материал
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: