Tabiatda vitamin С ga boy bo'lgan bir ichimlik bor, bu limonli suvdir. Limonli suv och qoringa ertalab yoki uxlashdan oldin to'q qoringa bir mahal ichiladi. Limonning to'rtdan bir qismini olib, idishga solib ustiga qaynoq suv solinadi va usti yopib qo'yiladi. 10 yoki 20 daqiqadan keyin bir aralashtirilik ichiladi. Shunda bu suv quyidagi foydalarni beradi:
- Miya va asab tizimining immun jarayonini yaxshilaydi. Limonli suvning tarkibida vitamin С miqdori yuqori bo'ladi. Infarkt, insult, miyaga qon quyilishining oldini oladi.
- Ertalab limonli suv ichiladigan bo'lsa, oshqozon-ichaklarining ishqoriy muhitini narmallashtirib turadi. Limon kislotasi oshqozondagi kislotalarning bir muncha zararli xususiyatlarini yo'q qiladi. Buning natijasida ishqoriy muhit (jig'ildon qaynashi yoki og'izning achchiq bo'lishi va hokazo) oshib ketmaydi.
- Limonli suv qabziyatdan va oshqozon-ichakda ovqat turib qolib, hazm bo'lmaydigan muammolardan xalos etadi.
- Siydik yo'llarini tozalab, detoks ta'sir qilib turadi. Qonni ham bir muncha yomon tasirlardan saqlab turadi. Ertalab limonli suv ichilsa, buyraklarimizda qonni tozalash jarayoni bir muncha oshadi. Siyish jarayoni ham kuchayadi.
- Limonli suv ichish natijasida teri toza va yarqiroq tusga kiradi. Organizmning qoni, siydigi tozalanib turadigan bo'lsa, terining ko'rinishi yaxshilanadi. Teriga do'g tushishining oldini oladi va tushgan dog'larni ketkazishga yordam beradi.
Sog'ligingizni asrang va baxtli yashang!
Олдинги макола 5-sinf biologiya fanidan barcha o'quv darsliklari
Кейинги макола 5-sinf Informatika va AT fanidan barcha o'quv darsliklari