Aliexpressda ro’yxatdan o’tish qoidalari va bunda uchraydigan xatolar

Aliexpressda akkaunt qanday ochiladi

Assalomu Aleykum aziz do’stlar! Internet kundan– kunga foydalanuvchilarga ko’proq imkoniyatlar taqdim etmoqda. Ana shunday imkoniyatlardan biri bu – onlayn xaridlardir. Bugungi maqolamda dunyodagi gigant internet do’konlardan biri bo’lgan Aliexpress.com saytidan ro’yxatdan o’tish tartibi va bu jarayondagi xatoliklar haqida gaplashamiz.

Agar siz, ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin, bu saytdan qanday xarid qilishni bilmayotgan bo'lsangiz, unda sizga manabu, «Aliexpressda xarid qilish uchun qadamba-qadam qo’llanma va ko'rsatmalar» nomli maqolani o'qib chiqishni tavsiya qilamiz.

Aliexpressda biror narsani  sotib olishdan oldin, albatta, ro'yxatdan o'tishingiz kerak. Ro'yxatga olish saytning to'liq funktsiyalaridan foydalanish imkonini beradi –busiz esa, mahsulot haqida izoh qoldira olmaysiz, sotuvchiga savol bera olmaysiz, lekin eng muhimi-tanlangan mahsulot uchun  to'lovni amalga oshira olmaysiz.

Aliexpressda ro’yxatdn o’tish  besh daqiqa vaqtingizni oladi va hech qanday mablag’ talab qilmaydi.

Keling, maqolamizning asosiy mavzusiga o’tishdan oldin sayt faoliyati nimadan iborat ekanini bilib olamiz.

Barcha internet kasblar haqida qo’llanmalar

Aliexpress qanday vazifalarni bajaradi?

Aliexpress nima degani

Aliexpress.com — 200 000 dan ortiq xitoylik ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar uchun kiyim-kechak, poyabzal, zargarlik buyumlari, maishiy texnika, elektronika, uy-ro'zg'or buyumlarini sotadigan universal internet saytdir.

Sayt o’zining boshqalarnikiga o’xshamagan xususiyatlari bilan ajralib turadi. Quyida ularning ayrimlariga to’xtalib o’tamiz.

  • Har bir xaridor sotuvchidan chegirma so'rash imkoniyatiga ega. Buning uchun siz sotuvchiga murojaat qilishingiz kerak. Biroq, biz narxni pasaytirish haqidagi iltimos bilan suhbatni boshlamaslikni maslahat beramiz.
  • Aliexpressda, aksariyat hollarda maxsulotni xalqaro yetkazib berish xizmati bepul amalga oshiriladi.
  • Xilma-xil sotuvchilardan birini tanlash uchun ularning reytingiga ahamiyat bering.  Doim reytingi 100% dan kam bo'lmagan sotuvchini tanlang.
  • Agar siz yoqtirgan mahsulotni «wish list» ga qo'shsangiz, bu narsaga chegirma yoki maxsus taklif bo'lsa, pochta orqali xabar olasiz.

Aliexpressda ro’yxatdan o’tish tartibi

Ro’yxatdan o’tish uchun Aliexpress saytiga kirasiz  va quyidagi suratda “1” raqami bilan ko’rsatilgan odamcha rasmi ustiga sichqonchani olib borsangiz sizga yangi oyna ochiladi. U yerdan “2” raqami bilan ko’rsatilgan “Регистрация” tugmasiga bosasiz:

Aliexpressda akkaunt qanday ochiladi

Sayt, ijtimoiy tarmog'idagi akkauntlaringiz orqali kirishni taklif qiladi – ammo biz buni tavsiya qilmaymiz, chunki ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar havfsiz hisoblanmaydi va bir kun kelib foydalanish imkoniyatini yoqotsangiz, Aliexpressga kirish imkoniyatini ham yo'qotasiz. Shuning uchun biz ushbu bandni o’tkazib, to'g'ridan-to'g'ri ro'yxatdan o'tishga o'tamiz:

Aliexpressda ro'yxatan o'tish

Elektron pochta – doimiy ishlayotgan pochtangiz bo’lishi kerak, chunki, manashu pochtangizga ro'yxatdan o’tganingizni tasdiqlash havolasi yuboriladi va siz havoladan o’tib, ro’yxatdan o’tganligingizni tasdiqlaysiz.

Bundan tashqari, buyurtmangiz bilan bog'liq xatlar aynan shu pochtangizga keladi – masalan, mahsulotingizning jo’natilganligi haqidagi xabarnoma, nizolar va boshqalar.

 E'tibor bering! Ro'yxatga olishni tasdiqlash havolasi faqat uch kun davomida amal qiladi. Tasdiqlanmagan akkauntlar tizim tomonidan avtomatik ravishda bloklanadi

Aliexpress akkauntingiz uchun parol. Akkaunt uchun hali hech bir saytda foydalanmagan so’z va belgilarni kiritganingiz ma’qul. Parol ishonchli bo'lishi kerak, ideal hollarda har xil registrlardagi harflar va raqamlarni o'z ichiga olishi maqsadga muvifiq bo’ladi.  Parolingizni ishonchli joyga yozib saqlang.

Ehtiyot bo'ling! Akauntingizni  parolini hech kimga bermang.

Ro’yxatdan o’tish paytida yo'l qo'ilishi mumkin bo'lgan xatolar

Yo'l qo'yiladigan xatolar

Afsuski, ro'yxatdan o’tish jarayonida ko'plab xaridorlar oddiy xatolarga yo'l qo'yadilar. Bu esa, akkauntga kirish imkoniyatini yo'qolishiga va keyinchalik pul yo'qotilishiga olib keladi. Qisman, bunda Aliexpressning o’zi aybdor, 2017 yilda xaridlarni amalga oshirish  yo'lini soddalashtirib qo’ydi. Lekin xaridorlarni ham aybi yo’q deb ayta olmaymiz, ko’pchilik tugmachalarni o’qimasdan bosib tashlaydi.

Nima uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali ro'yxatdan o'tish tavsiya etilmaydi

Ijtimoiy tarmoq orqali ro'yxatdan o'tish to'g'rimi

Aliexpressga tashqi akkauntlar orqali kirganingizda (masalan, Facebookni oling), Aliexpress sizning elektron pochta manzilingizni Facebookdan so'raydi va ijtimoiy tarmoq profilingizda ko'rsatilgan elektron pochta orqali akkaunt yaratadi. Ko'pchilik  elektron pochta manzilini eslay olmaydi , unga kirish imkoni yo'q shuning uchun unga kelgan  xatlarni o'qimaydi. Bu shuni anglatadiki, siz buyurtmalaringiz  holati haqida xabar olmaysiz va bundan ham muhimi, parolingizni unutsangiz akkauntingizga kira olmaysiz.

 Aliexpressga kirish uchun Google akkauntingizdan foydalanmang!

Shunchaki aliexpress

Bu yerda gap Android telefoningizdagi akkauntingiz haqida ketadi. Android tizimli smartfon egalarining ko'pchiligi har doim telefonni sotib olayotganda yangi Google akkauntni yaratishadi, chunki ular na avvalgi parolni, na loginni eslay olishadi.

Shunday qilib, Googledagi yangi akkaunt bilan, eski Aliexpress akkauntingizga kira olmaysiz. Yangi telefonda (yangi Google akkaunt bilan) Aliexpress xarid qilish ilovasini o'rnating va Google orqali kirishni bosing, keyin Aliexpressda bo'sh buyurtmalar ro'yxatli va nol reytingli yangi akkaunt hosil bo'ladi.

Esda tuting! Aliexpress ro'yxatdan o'tish vaqtida, siz kiritgan elektron pochtaning mavjudligini tekshirmaydi. Ya'ni, akkaunt yaratish uchun elektron pochtaga o'xshash biror so’zni kiritish kifoya va siz xarid uchun to’lovni amalga oshirishingiz mumkin. Odamlar elektron pochta manzilini kiritishda xato qilib, darhol  mahsulotlarni xarid qilishni boshlaydilar, ammo akkauntga kira olmaydilar.

Xarid qilishdan oldin, ro'yxatdan o'tish vaqtida ko'rsatgan elektron pochtangizga tasdiqlash xabari kelishini kuting. Elektron pochtani tasdiqlamaguningizcha buyurtma uchun to’lovni amalga oshirmang. Bu juda muhim! Shoshilmang!

Ro’yxatdan o’tayotganda noto’g’ri elektron pochta manzilini kiritganda nima qilish kerak?

Agar akkauntizga kira olsangiz, profil sozlamalariga o'ting va elektron pochtani manzilini to'g'risiga o'zgartiring!

Xulosa

Maqolamiz orqali kerak bo’lgan ma’lumotlarni oldingiz degan umiddaman. Endilikda siz ham ro’yxatdan bemalol o’tib, internet do’kondan ko’yningizga yoqgan maxsulotni uyni tark etmasdan xarid qilishingiz mumkin. Keyingi maqolamda Aliexpress.com saytining imkoniyatlarini batafsil yoritib berishga harakat qilaman.

Ha, aygancha, ro’yxatdan muvaffaqiyatli o’tib bo’lganingizdan so’ng, sayt sizga sovg’a tariqasida 3 dollarlik kupon taqdim etadi. Bu pulni, yani, kuponni Aliexpressdan xarid qilsangiz ishlatishingiz mumkin:

Aliexpressda ro'yxatdan o'tishda beriladigan kupon

Maqolani ijtimoiy tarmoqdagi do'stlaringiz bilan bo’lishishni va blogimizga obuna bo’lishni unutmang! Izohlarda o’z fikr va mulohazalaringizni o’rtoqlashing. Xaridlaringiz omadli bo’lsin, hayr!

Maqolaga baho bering!
( 1 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: