Elektron pochtalarni qanday sozlash va foydalanish kerakligi haqida batafsil ko'rsatmalar

Elektron pochta haqida

Assalomu Aleykum, blogimizning o’quvchilari! Siz bilan o’tgan maqolamizda elektron pochta ochishni bosqichma-bosqich ko’rib chiqdik. Endi esa, mavzudan chekinmagan holda, elektron pochta haqida, ularning turli sozlamalari va qoidalari to'g'risida gaplashamiz.

Har bir uyda Internetning paydo bo'lishi bilan, pochta orqali yuborilgan kuryerlar yoki pochta ishchilari qo'lidan olinadigan maktublar va taklifnomalar haqida asta-sekin unutishni boshladik. Endilikda, sichqonchaning tugmasiga bir necha marta bosib, elektron pochta orqali xatlarni olishingiz yoki jo’natishingiz mumkin.

Aslida, elektron pochta oddiy pochta xizmatining analogidir. U orqali biz referat, video, audio fayllar va boshqalar bilan bo’lishishimiz mumkin. Lekin biz maktub kelguniga qadar bir necha kun yoki haftalar kutmaymiz. Barcha harakatlar bir zumda sodir bo'ladi.

Bugun esa, men siz bilan elektron pochtada ishlash sirlari bilan bo’lishaman. Qanday qilib pochtada tez va samarali ishlash mumkinligini bilmoqchi bo’lsangiz, bizdan uzoqlashmang, maqolani o’qishda davom eting!

Elektron pochta va undan foydalanishning 10 ta qoidasi

Pochtadan foydalanish qoidalari

Elektron pochta qulay va foydalanuvchilar orasida keng tarqalganiga qaramasdan, u yerda ham yozishmalar uchun muayyan qoidalar bor. Bunday qoidalar biznes yozishmalarni, qabul qilingan madaniy me'yorlar doirasida tashkil etish va o'tkazish imkonini beradi.

Elektron yozishmalar odob-axloqi, xatlarni yozishni, shuningdek, aloqa qiluvchilarning printsiplarini o'z ichiga oladi.

Qoidalarning to’liq  ro'yxati quyidagicha:

  1. Elektron pochta taklif qilgan barcha maydonlarni to'ldiring.
  2. Jo'natuvchining pochta manzili va nomi aniq bo'lishi kerak.
  3. Xatning mavzusi (sarlavhasi, nomi) har doim ko'rsatilishi kerak.
  4. Har qanday maktubga javob berayotganingizda , xatning mavzusini o'zgartirish kerakligi yoki shart emasligi haqida o'ylab ko'ring.
  5. Qabul qiluvchining pochta manzilini oxirgi o’rinda to'ldiring.
  6. Xat yuborishdan oldin uning matnini alohida faylga yozib oling.
  7. Xatning matni muayyan talablarga javob berishi kerak.
  8. Elektron xatlarga doim javob berish kerak.
  9. Maxfiy ma'lumotlarni elektron pochta orqali yubormang.
  10. Yuboruvchilarning roziligisiz, shaxsiy xatlardan ma'lumotlarni nashr qilmang.

Filtrlash nima va u elektron pochtada nima uchun kerak?

Pochta filtrlarini sozlash

Tasavvur qiling, bir kun ish joyingizda paydo bo’lmadingiz. Ertasi kuni kelib elektron pochtangizni ochsagiz, 999 ta xat!  Albatta, qanday qilib bu xabarlarning ichida tezda muhimini topish muammosi kelib chiqadi. Nima qilishni bilmay boshingiz qotishi tabiiy. Ushbu xabarlarni qidirishga vaqt sarflamang. Biz muhim xatlarni qanday qilib filtrlash va pochta qutisini tartibga solish haqida, ushbu bo’limda gaplashamiz.

Filtrlash so’zi haqida barchamiz umumiy tushunchaga egamiz, ammo pochtadagi filtrlash tizimi, sizning pochta qutingizga kelayotgan xatlarni, siz ko'rsatgan qoidalarga muvofiq ravishda, avtomatik tartibga solib boradi.

Pocha filtrlari qanday sozlanadi?

Filtrlash qoidalarini  sozlash quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Avval, pochta qutingizning “настройки”- “sozlamalar” idagi “Правила фильтрации” -Filtrlash qoidalari" bo'limiga o'ting.
  • Yangi qoida yaratish uchun “Добавить фильтр”-"Filtrni qo'shish" tugmasini bosing.

Sozlamalarni qilish

Yuqoridagi rasmda, siz kelgan xatlarni belgilashingiz mumkin bo'lgan juda ko'p shartlarni ko'rishingiz mumkin. Keling, bir nechta vaziyatlarni ko'rib chiqamiz.

Vaziyat №1: Siz har doim Mariyadan kelgan xatlarni alohida papkaga ko'chirishingiz kerak.

Shunday qilib, Mariya ismli hamkasbingiz doimo sizga muhim xat yuboradi. Ularni yo'qotmaslik uchun siz ular uchun alohida papka yaratishingiz va Mariyadan kelgan  barcha xatlarni qo'shishingiz mumkin. Ushbu jarayonni avtomatlashtirish uchun filtrlash qoidasini yarating.

  • Buning uchun «Если» dan «От» maydonni tanlang va «Содержить» maydoniga hamkasbingizning manzilini
  • «Поместить письмо в папку» ni tanlang va taklif qilingan ro'yxatdan kerakli papkani tanlang.
  • Mariyadan kelgan barcha dastlabki xatlarni yangi papkaga o'tkazish uchun «Применить к письмам в папках»ni tanlang.

Sozlamalarni saqlab qo'yish

Barcha maydonlar to'ldirilgach, «Сохранить» tugmasini bosing!

Vaziyat № 2: Jo'natuvchini qora ro'yxatga qo'shish

Muayyan jo'natuvchidan xatlarni qabul qilmaslik uchun, ushbu jo'natuvchidan kelgan xatlarni avtomatik ravishda o'chirib tashlaydigan va unga “Такого пользователя не существует” xato xabarini yuboradigan filtrni sozlang.

  • Sizga yoqmaydigan jo'natuvchining manzilini (yoki bir nechta manzilni) kiriting);
  • «От» bo'limidagi ochilgan sahifada «Удалить навсегда» buyrug’i yonidagi katakchani belgilang;
  • «Все действия» tugmasini bosing va «Отвечать автоматически» —

« Нет такого адресата” oldidagi katakchani belgilang;

Avtomatik tartibni sozlash

Belgilangan maydonlar to'ldirilgach, „Сохранить“ tugmasini bosing — endi siz belgilangan jo'natuvchidan xat olmaysiz.

Elektron pochta jo'natmalarini avtomatik tartiblash

Mail.ru pochtasi bilan ishlayotganda onlayn-do'konlardan va ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan xatlarni va xabarnomalarni tezkor tartiblashni sozlashni ko'rib chiqamiz.

Buning uchun sozlamalardagi „Правила фильтрации“ bo'limiga o'ting. „Отфильтровать рассылки“ tugmasini bosing.

Filtr qilishni sozlash

Paydo bo’lgan oyna, sizga pochta qutisida topilgan barcha xabarlarini tartiblashni taklif qiladi. Jo’natuvchilarni kerakli papkalarga joylashtiring. Odatda bu „ Входящие“, „ Рассылки“, „ Скидки“ va „ Спам“ papkalaridir. Bundan tashqari, o’zingiz qo'shimcha papka yaratishingiz ham mumkin.

Yangi papka ochish

O'zgarishlarni saqlashni unutmang. Endi barcha pochta xabarlari kerakli papkalarga tushadi va» Входящие " papkasida  faqatgina kerakli xatlar paydo bo'ladi.

Xulosa

Hurmatli o’quvchi! Internetdan foydalanar ekansiz, albatta har xil saytlarda ro’yxatdan o’tasiz. Ro’yxatdan o’tish jarayonida sizdan email manzilingizni ko’rsatishni talab qilishadi (o’tgan maqolalarimizni o’qigan bo’lsangiz email qanday ochilishini yaxshi bilishingiz kerak!). Bu normal holat xisoblanadi, chunki ular siga saytdan yoki ijtimoiy tarmoqdan foydalanish uchun “ruxsat”ni aynan shu manzilga jo’natishadi. Lekin bu hammasi emas, ro’yxatdan o’tgan saytingizdan keyinchalik sizga qizig’i bo’lmagan, keraksiz reklama va xabarlar kelishi mumkin.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qo’llanmalardan foydalanib, elektron pochtangizni tartibga sola olasiz degan umiddaman. Savollaringiz va fikrlaringizni izohlarda qoldiring. Blogimizga obuna bo’ling va yangi maqolalardan xabardor bo’ling. Ko’rishguncha, azizlar!

Maqolaga baho bering!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: