Aliexpressda xarid qilish uchun qadamba-qadam qo’llanma va ko'rsatmalar

Aliexpresda qanday xarid qilish kerak

Barchaga salom!

Bugun Aliexpressdan savdo qilishda nimalarga e’tibor berish kerak va maxsulotni qanday sotib olish kerakligi to’g’risida gaplashamiz. Yani, Aliexpressda savdo qilish bo’yicha to’liq qo’llanma bilan tanishasiz.

Barcha internet kasblar haqida qo’llanmalar

Qisqacha, Aliexpress nimaligi haqida

Aliexpress – bu, savdo platformasi. Yani, sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi “Sudya” deyishimiz mumkin. Siz mahsulotni Aliexpressdan emas, balki, unda o’z sahifasini ochgan ko’plab internet do’konlaridan xarid qilasiz. Siz mahsulotni toki qo’lingizga olguningizcha pulingiz o’rtadagi “sudya” Aliexpressda turadi.

Men mahsulotdan roziman, men xohlagan mahsulot ekan deb, Aliexpressdagi tugmani bosmaguningizcha pulingiz sotuvchiga berilmaydi. Shuning uchun, qo’rqmasdan savdo qilavering. Agar muammo tug’ilib qolsa, pulingizni qaytib olasiz, qanday qaytib olish haqida maqola davomida bilib olasiz.

Aliexpress Xitoydagi katta korporatsiya Alibaba tomonidan, faqat xitoy mahsulotlarini dunyoning boshqa davlatlariga sotish uchun, 2010 yilda tshkil qilingan. Xitoyning o’zida sotish uchun Alibabaning boshqa loyihalari mavjud.

Aliexpressdan savdo qilish bo’yicha birinchi o’rinni Rossiya, ikkinchi o’rinni Amerika Qo’shma Shtatlari, keyin Evropa va janubiy Amerikalar egallaydi.

Suratda Alibaba korporatsiyasining asoschisi Djek Ma:

Alibaba asoschisi Djek Ma

Aliexpressda katta korparatsiyalar ham, oddiy odamlar ham o’z mahsulotlarini sotishlari mumkin.

AliexPressda savdo qilishni nimadan boshlash kerak

Savdo qilish uchun, bu saytda siz oldin, ro’yxatdan o’tib, o’zingizga shaxsiy kabinet ochib olgan bo’lishingiz kerak. Agar ro’yxatdan hali o’tmagan bo’lsangiz, bizning manabu maqoladan o’rganib, ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Biz aynan ro’yxatdan o’tib, savdo va bahslarni AliexPress sayti orqali amalga oshirishni tavsiya qilamiz. Chunki bexatar, hamda xaridingiz haqida ko’proq malumotga ega bo’lasiz. Agar, sayt orqali qiyinchilik bo’lsa, android va iOS operatsion sistemalari uchun mo’ljallangan Aliexpress dasturlaridan foydalaning:

Android va iOS dasturlari

Demak, ro’xatdan o’tgan bo’lsangiz, xarid qilishni boshlaymiz…

O’zimizga kerak bo’lgan eng yaxshi mahsulotni tanlaymiz

Eslatib o’taman, «Aliexpress» dagi sotuvchilar turli shaxslar va tashkilotlardir. Bu yerda bir xil mahsulot, turli narxlarda, etkazib berishning turli shartlarida sotilishi mumkin. Mahsulot narxi, uni tanlashda asosiy omil bo’lmasligi kerak.

Izlagan mahsulotimizni qidirishni nimadan boshlash kerak? Keling hozir qizlar uchun, tirnoqga surtiladigan lakni siz bilan birga tanlab ko’ramiz.

Buning uchun, Aliexpress saytiga kiramiz va birinchi navbatda qaysi davlatdan xarid qilayotganimizni sozlaymiz. Saytning yuqori ong tarafidagi bayroqcha ustiga bosib, o’z davlatimizni tanlaymiz:

Aliexpressda davlatni sozlash

Keyin esa, sayt ruknidagi “Красота и здоровье” yozuvi ustiga sichqonchani olib borsak, quyidagi rasmda ko'rsatilgan sahifani ko'ramiz va u yerdan “Для ногтей” yozuvi ustiga bosamiz:

Ruknni tanlash

Keyingi sahifada yana ruknlarga qaytib u yerdan “Лак для ногтей” yozuvi ustiga bosamiz:

Yana ruknni tanlash

Bizga, saytning o’zi tanlagan eng yaxshi laklarni ko’rsatadi. Bizga bunaqasi kerak emas. Biz buyurtmalar soni – xaridorlar ishonchi bo’lgan lakni topishimiz kerak:

Yaxshi mahsulot izlash

O’zimizga qulay bo’lishi uchun, mahsulotlarni ro’yxat shakliga keltiramiz. Chunki, ro’yxat shaklida, sotuvchining ismi, ishonchli sotuvchiligini bildiruvchi belgi va “Избранное”ga qo'shish tugmasi, har bir mahsulot uchun, alohida, yaxshi ko’rinib turadi:

Ro'yxat qilish

Bundan tashqari, yuqoridagi filtrlardan ham foydalanish mumkin.

Aliexpressdagi mahsulotlarning filtrlari

Mahsulot izlash

Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan filtrlardan foydalanib, o’zimizga yoqqan mahsulotni tanlashimiz mumkin. Ro’yxatdagi mahsulotlarni ko’zdan kechiramiz va o’zimizga yoqqanining ustiga sichqonchani olib borsak “Yurakcha” paydo bo’ladi. Yurakchaning ustiga bosib qo’ysak, mahsulot yo’qolib ketmaydi, uni biz, menyudagi “Мои желания” bo'limidan topamiz:

Tanlab qo'yish

“Мои желание” bo'limi:

Tanlangan bo'limi

Bu juda qulay. Siz ortiqcha mahsulot sotib olmaysiz, topganingizni yo’qotib ham qo’ymaysiz. “Корзина”ngizni ham har xil chiqindilardan to’ldirib yubormaysiz.

Bundan tashqari turli ro’yxatlar tuzishingiz mumkin. Masalan, hozir sotib olish, chegirma so’rash, rasprodajani kutish, uy jihozlari va boshqalar.

Har bir ro’yxatga, narx pasaygan payt sizga xabar berilishini sozlashingiz mumkin. Ro’yxatni do’stlaringiz bilan bo’lishishingiz mumkin.

Demak men, NEE JOLIE brendidan tirnoq uchun lakni tanladim. Buni bir nechita sotuvchilardan xarid qilish mumkin. Biz uchun, foydali sotuvchini ajratib olish uchun, ularning shartlarini o’rganishimiz kerak bo’ladi.

Aliexpressdagi eng yaxshi sotuvchini aniqlaymiz

Har bir sotuvchida, mahsulotni tanlashga tasir qiluvchi bir nechta asosiy shartlar mavjud:

  • Narxi
  • Yetkazib berish narxi
  • Yetkazib berish turi
  • Yetkazib berishning kafolatli muddati
  • Qaytib olish sharti
  • Sotuvchining ishonchliligi (Reytingi va h.k.)

Va albatta, mahsulotning katta-kichikligi, qadog’i va hokazo. Mahsulotni tanlashda, asosan shu jihatlariga e’tibor bering.

Sotuvchilar reytinglarini qayerdan ko’ramiz

Do'kon reytingini bilish

Birinchi navbatda, sotuvchining reytingiga e’tibor beramiz:

  1. Sotuvchi nomi
  2. Nechi yildan buyon faoliyat yurityapdi
  3. Xaridorlar fikrlari

Qancha uzoq vaqt faoliyat yuritayotgan bo’lsa, shuncha yaxshi. Mahsulot reytinglarini ko’zdan kechiramiz. Agar, mahsulotning narxi bir dollordan kam bo’lsa, mahsulot mashhur deb hisoblash uchun, u bir necha o’n ming marotaba sotib olingan bo’lishi kerak.

Agar, xaridorlar fikrlari kam bo’lsayu, sotuvlar soni ko’p bo’lsa, unda sotuvchi, mahsulot narxini birdaniga ko’p tushirgan bo’lishi mumkin, yoki, yetkazib berish uchun arzonroq kuryer topgan bo’lishi mumkin. Lekin, shunda ham, xaridor oxir oqibat nima olgani nomalum bo’ladi:

Mahsulot mashhurligi

Mahsulot ostida yozilgan, xaridorlarning fikrlarini ham o’qib chiqamiz:

Mijozlar fikrlari

Mahsulot to’laligi/ranggi/o’lchami

Ko’plab mahsulotlarning turli bo’limlari mavjud. Bizning holatimizda, rang. Rasmdagi ko’rgan rangimiz har doim ham bizning buyurtmadagi rangga o’xshayvermaydi. Lekin, oxirgi narxni ko’rishingiz uchun, kerakli rangni tanlashimiz kerak.

Manzilga yetkazib berish shartlari qanday

Yetkazib berishni sozlash

Bu yerda siz, manzilga yetkazish turini tanlaysiz. Bepul, yoki, eng arzon turini tanlang. Chunki, bu yerda tanlaganingiz, sizning xaridingizga hech qanday tasir ko’rsatmaydi, yani:

  • Pullik xizmat, alohida xizmat emas. Sotuvchi pullik xizmatga eng yomon yetkazib berish kompaniyasini tanlashi ham mumkin
  • U yerda ko’rsatilgan muddat, hech narsani hal qilmaydi. Agar, bu yerda taxminan 15-20 kun deb yozilgan bo’lsa, sizga, bir oyda ham yetib kelmasligi mumkin, yoki, 10 kun ichida ham yetib kelishi mumkin. Bu shunchaki, hech narsani hal qilmaydigan malumot
  • Siz tanlagan yo’lni, sotuvchi ham tanlaydi degani emas. Sotuvchi mutloqo boshqa yo’l bilan yuborishi ham mumkin:

Yetkazib berish yo'lini tanlash

Tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, ARZON mahsulot buyurtma berishda, bu yerdan qaysini tanlashingizning hech qanday ahamiyati yo’q.

Oxirgi narxni qachon bilamiz

Mahsulot hajmi, o’lchami, rangi, yetkazib berish turlarini tanlab bo’lganimizdan keyin, oxirgi narxni ko’rishimiz mumkin.

Xaridorni himoya qilish nima degani?

Siz, spor ochishingiz mumkin bo’lgan muddat. Agar, shu ko’rsatilgan muddat ichida mahsulot sizga yetib kelmasa, siz spor ochib, pulingizni to’laligicha qaytarib olishingiz mumkin:

Xavfsizlik bo'limi

“Купить сейчас” tugmasini bosganingizdan keyin sizga yangi sahifa ochiladi.

Buyurtmani yakunlash uchun nima qilish kerak 

Bu yerda siz, yetkazib berish manzilini, yani, o’zingizning manzilingizni kiritasiz:

Yetkazish manzilini kiritish

  1. 2.3 – Uy manzilingizni kiritasiz
  2. 4 – Telefon raqaminiz
  3. 5 – Index raqami
  4. 6 – “Подтвердить” tugmasini bosasiz.

Bu yerda haqiqiy malumotlaringizni kiritasiz va “Подтвердить” tugmasini bosasiz. Va, pul to’lash usulini tanlab, malumotlarni kiritasiz:

Pul o'tkazish yo'lini tanlash

Malumotlar kiritish

Sizda quyidagi sahifa hosil bo’ladi, oxirgi narxni shu yerda ko’rasiz:

Malumotlarni tekshirish

Va o’ng tarafdagi “Оформить заказ” tugmasini bosib, buyurtmangizni yakullashingiz mumkin:

Buyurtmani tugallash

Endi siz, buyurtmada ko’rsatilgan muddatni kutasiz. Agar, buyurtmangiz ko’rsatilgan muddat ichida kelsa, sizga o’zlari telefon qilishadi. Aytilgan muddatda kelmasa, Aliexpress saytidagi shaxsiy xonangizdan spor ochib, pulingizni qaytarib olishingiz mumkin. Qanday qaytarib olish to’g’risida keyingiz maqolalarda gaplashamiz, o’tkazib yubormang.

Aliexpress saytidagi xaridlaringiz to’g’risidagi tajribalaringiz bilan izohlarda o’rtoqlashing, qanday muammolar bo’lgan va muammoingizni qanday yechgansiz, yoki, muvaffaqiyatli xarid qilgansiz.

Xullas, uydan chiqmasdan, qo’rqmasdan xarid qiling, ishlaringizga omad, keying maqolalarda ko’rishguncha xayr!

Maqolaga baho bering!
( 8 , average 4.5 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: