Abdulhamid Cho‘lpon
(1898–1938
«Kecha va kunduz» romaniga tugal badiiylik baxsh etgan eng muhim omil shundaki, Cho‘lpon xalq hayotining badiiy tahlilini ham, ijtimoiy hayot haqidagi o‘zining mulohazalari va xulosalarini ham biron o‘rinda yalang‘och aytishga urinmaydi – bularning bari romanda jonli odamlar, ularning taqdiri, xarakterlari mantiqi vositasida ochiladi».
Ozod Sharafiddinov,
O‘zbekiston Qahramoni
«Cho‘lponning ulug‘vorligi shundaki, u XX asr o‘zbek adabiyotini yangi pog‘onaga ko‘tarib, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va ravnaq topishiga ulkan hissa qo‘shibgina qolmasdan, xalqda «Vatan», «Millat», «Istiqlol» tushunchalarining teran ma’no kasb etishiga ham mislsiz darajada katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘zga so‘zlar bilan aytganda, u xalqda hurriyat tuyg‘usini uyg‘otdi, uning ko‘zidagi g‘aflat pardasini olib tashladi, unda Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch hislarini tarbiyaladi. Uning fuqarolik jasorati xuddi shundadir».
Naim Karimov,
akademik
«Milliy adabiyotimizda zamonaviy nasrchilik endigina shakllanayotgan pallada ijod qilgan Cho‘lponning ijodiy izlanishlari nasrimizning poetik arenasini boyitishga sezilarli hissa bo‘lib qo‘shildi. Cho‘lpon o‘z ijodi bilan nasriy janrlarning turfa imkoniyatlarini namoyon qildi, turli poetik usul va vositalarni dadil tajriba qilib, ularning milliy adabiyotimizda o‘zlashib qolishiga puxta zamin hozirladi».
Dilmurod Quronov,
adabiyotshunos