2-dars. Axborotlar ustida bajariladigan amallar

O‘quv fanlarida axborotni aniqlash va undan foydalanishga oid turli mashqlarni bajargansiz. Bunda siz berilgan qonuniyatlarga ko‘ra axborot olgansiz, ya’ni axborot to‘plagansiz (hosil qilgansiz), olingan axborotni daftaringizga qayd etgansiz, ya’ni saqlab qo‘ygansiz, shu axborotga asosan o‘ylab ko‘rib, xulosa chiqargansiz, ya’ni qayta ishlagansiz va berilgan vazifani hal etgansiz, ya’ni axborotni ishlatgansiz. Mashqlarni bajarish jarayonida axborotni eslab qolish va boshqa ko‘rinishga o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Bu darsda shular kabi axborot ustida bajariladigan amallardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
7-sinf informatika darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH

Axborotli jarayonlar

Odatda, inson e’tibori yo‘naltirilgan buyum, hodisa, jarayon, amal, xususiyat yoki munosabat obyekt deb ataladi. Informatikada narsa, jarayon, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi. Siz shu yoshgacha hayotdan va maktabdagi fanlardan ozmiko‘pmi axborot oldingiz, keyinchalik foydalana olish uchun ularni daftar va albomlarda matn, chizma yoki rasm ko‘rinishida ifodaladingiz.

Axborotlarning ma’lum qismini yodda saqlab qoldingiz, qolganlarini esa daftar, albom yoki kitoblardan foydalanib, kerakli vaqtda xotirangizda qayta tiklay olishingiz mumkin. Olgan axborotlaringiz yillar o‘tishi bilan chuqurlashdi va kengaydi, bir­biri bilan bog‘lanib, narsa yoki jarayonlar haqidagi bilimingizni to‘ldirdi. Endi Siz bu axborotlarni qaysi biri to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, to‘liq yoki chala ekanligi, qaysi biri qachon va qayerda kerak bo‘lishi, qaysi axborotdan foydalanish mumkin yoki qaysi axborotdan foydalanib bo‘lmasligi haqida o‘z fikringizga egasiz.

Demak, shu kungacha axborot ustida hosil qilish, to‘plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o‘lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko‘rinishga o‘tkazish, tarqatish, bo‘laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formatlashtirish, kodlash, buzish kabi amallar bilan tanishib bo‘ldingiz. Bilingki, axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.

Axborotlar ustida kompyuter yordamida bajariladigan amallarning ba’zilari ham sizga tanish. Masalan, axborot hosil qilish (chizish yoki yozish), shakl yoki matnlarni birlashtirish, shakl yoki matnlarni bo‘laklash, rasm yoki matn ko‘rinishini o‘zgartirish, shakl yoki matnlarni nusxalash, rasm yoki õujjatni buzish, rasm yoki õujjatlarni saqlash amallaridan Paint va MS Word dasturlarida ko‘p foydalandingiz.

Odatda, biror axborot ma’lum bir maqsadda foydalanish uchun eslab qolinadi yoki saqlab qo‘yiladi. Foydalanish maqsadidan kelib chiqadigan bo‘lsak, saqlab qo‘yilishi uchun axborot bizning ba’zi talablarimizga javob berishi shart. Axborotga qo‘yiladigan talablar umumiy mazmuniga ko‘ra birlashtirilsa, ular, asosan, quyidagi muhim uchta xususiyatga ega bo‘lishi lozim: ma’lum darajada qimmatli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug‘ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o‘tishi bilan o‘z qimmatini yo‘qotishi mumkin.

Masalan, «30­sentyabr kuni tantana o‘tkaziladi» degan axborot 1­noyabrda o‘z qimmatini yo‘qotadi; to‘liq bo‘lishi. Ya’ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi lozim. Aks holda axborotni noto‘g‘ri tushunishga va natijada, xato qaror qabul qilishga olib keladi. Masalan, sinf rahbaringizning «Yakshanba kuni barchamiz teatrga boramiz, shuning uchun hamma teatr binosi oldida yig‘ilsin» degan axboroti to‘liq emas, chunki qaysi teatr, qaysi yakshanba, soat nechadaligi noma’lum; ishonchli bo‘lishi.

Aks holda undan foydalanish xato qaror qabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi. Masalan, hazilkash sinfdoshingizning «Matematikadan bo‘ladigan nazorat ishi qoldirildi» degan axborotiga asosan nazorat ishiga tayyorlanmaslik qanday natijaga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Biror bir axborotda shu xususiyatlardan birortasining yo‘qligi unin g bizning talablarimizga javob bera olmasligiga, qisqacha aytganda, bu axborotdan foydalanib bo‘lmasligiga va nihoyat, saqlab qo‘yish uchun arzimasligiga asos bo‘ladi.

Axborotning bu 3 ta asosiy xususiyatidan tashqari boshqa xususiyatlari ham bo‘lib, axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta’kidlab o‘tish joiz. Axborotni ishlatish maqsadidan kelib chiqib, uning ortiqchalilik xususiyatlarini ham bilish zarur. Masalan, «2008­yilda daftarga tomoni 5 ta katakka teng bo‘lgan kvadrat qizil rangda chizilgan. Uning yuzini hisoblang» masalasi uchun kvadrat tomonini bilish yetarli, lekin «2008­yilda» va «qizil rangda» kabi qo‘shimchalarning berilishi ortiqcha axborotdir.

«Tomoni 10 ga teng kvadratni perimetri 3 ga teng bo‘lgan nechta to‘g‘ri to‘rtburchak bilan to‘ldirish mumkinligini aniqlang» masalasiga qo‘shimcha «tomonlari butun son bo‘lgan» izohining berilishi masalaning yechilishini ham osonlashtiradi, ham aniqlashtiradi (ikkala holda ham masalaning yechimini toping!).
Aytib o‘tilganidek, kerak bo‘lganda foydalanish uchun axborotlarni saqlab qo‘yish kerak. Axborotlar inson xotirasidan tashqari turli xil vositalarda, masalan, kitob, gazeta va magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.

Axborot tashuvchi ba’zi vositalar

Axborotni qayta ishlash va uzatish

Axborotlarni qayta ishlash bir axborot obyekti ustida zarur amallarni bajarib, boshqa axborot obyektini hosil qilishdir. Axborotni qayta ishlashning ikki turini ajratish mumkin:
1) mazmunini o‘zgartirish, ya’ni yangi axborot olish maqsadida axborotni qayta ishlash;
2) mazmunini o‘zgartirmagan holda axborotni uning ko‘rinishini o‘zgartirish maqsadida qayta ishlash

Kitob o‘qiganda, televizor ko‘rganda yoki suhbatlashganda biz doimo axborot qabul qilamiz va uni o‘zimizga kerakli ko‘rinishga o‘tkazish maqsadida qayta ishlaymiz.

Inson uchun axborot to‘plashda uning barcha sezgi a’zolari ishtirok etsa, uzoq masofadagi axborotlarni to‘plash uchun bu yetarli emas, buning uchun maxsus texnik vositalar talab qilinadi.
Shuning uchun ham azaldan axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar – to‘plash, qayta ishlash va uzatishni bajarish uchun insonning turli vositalarga bo‘lgan ehtiyoji ortib borgan va unga ko‘ra, u har xil qurilmalar yaratib, hayotga tatbiq eta boshlagan.

Axborotlarni qayta ishlash vositalari – bu inson tomonidan ishlab chiqarilgan turli qurilmalardir. Ular ichida axborotni qayta ishlashning eng asosiy va samaradori kompyuterdir.

Inson ko‘chadan o‘tayotganda svetofor, harakatlanayotgan transport vositalari, yo‘l holati haqidagi axborotni olib, juda tez qayta ishlaydi va shu asosida qaror qabul qiladi. Ko‘chadagi jarayonlarni bilmasdan turib, sharoitni to‘liq tahlil eta olmaydi, demakki, to‘g‘ri qaror qabul qila olmaydi.
Bu hol tabiat va jamiyatdagi boshqariladigan barcha jarayonlar uchun ham o‘rinlidir. Ulardagi axborotli jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va tabiiyki, aniq natijaga kela olmaymiz. Biror qaror qabul qilishda asosiy manba bo‘lib axborot hisoblangani kabi, boshqarish ham turli usullarda uzatilayotgan har xil signal – axborotlar orqali amalga oshiriladi.

Masalan, yuqori hosil olish uchun ob­havoning kelishiga qarab qachon yerni shudgorlash, qachon sug‘orish zarurligini aniq bilish maqsadida dehqonlar o‘z tajribalaridan hosil bo‘lgan axborotlarga asoslanib ish yuritadilar. Shunga ko‘ra, turli texnika va usullarni qo‘llash bo‘yicha tadbirlar belgilanadi. Bundan ko‘rinadiki, dehqonlarning matbuot, radio va televideniye orqali e’lon qilinadigan ob-­havo ma’lumotlariga katta e’tibor qaratishlari bejiz emas ekan. Keltirilgan misollar axborotlarni to‘plash va ularni qayta ishlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga olganligini ko‘rish mumkin.
Quyidagi rasmda kurrayi zaminimizning turli hududlarida ob­havo ma’lumotini to‘plash va uzatish jarayoni aks ettirilgan:

2-dars. Axborotlar ustida bajariladigan amallar

Avvalgi darslar va yuqoridagi rasmga asosan ayta olamizki, har qanday axborot uzatish jarayonini quyidagi chizma orqali tasvirlashmumkin:

2-dars. Axborotlar ustida bajariladigan amallar

Bu jarayondagi axborot manbayiga misol sifatida borliqni, qabul qilish vositasiga esa insonni olish mumkin. Axborot manbayi bo‘lib borliqdagi ob­havo harorati bo‘lsa, aloqa vositasi sifatida badandagi sezgi retseptorlari va nerv kanallari xizmat qiladi va nihoyat, axborotni qabul qilish vositasini esa inson ongi tashkil etadi. Ma’lumki, ob­havo harorati insonga uzluksiz ta’sir etib turadi.

Shuningdek, inson ongiga atrofdagi buyumlarning nur yordamida ko‘z retseptorlari va nerv kanallari orqali; atrofdagi tovushning havo yordamida quloq retseptorlari va nerv kanallari orqali ta’sirini ifodalash mumkin. Axborot manbayi sifatida faqat barabanning tovushi qaraladigan bo‘lsa, u holda quloq retseptorlari va nerv kanallari orqali inson ongiga uzlukli (ya’ni, uzilishga ega) axborot yetib keladi.

Demak, inson borliqning bir qismi bo‘lgani uchun doimo uning ta’sirini sezib turadi. Biz bu ta’sirni turli signal (tovush, yorug‘lik, elektromagnit, nerv va hokazo)lar ko‘rinishida qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta’sir etib turuvchi axborotlar analog axborotlar deb ataladi. Ob-­havo holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol bo‘ladi. Inson analog axborotlarni qayta ishlash uchun uning biror qismini ajratib oladi va tahlil etadi. Tahlil etish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishga o‘tkazadi.

Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma’lum bo‘lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo‘lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida eshitilayotgan nutq yoki musiqani qog‘ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko‘rinishga o‘tkazar ekan. Axborotlarning bu kabi uzlukli ko‘rinishi diskret axborotlar deb ataladi.

Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret axborotlardan eng ko‘p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya’ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko‘rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga esa shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin.

Ammo shunday jarayonlar ham borki, ular to‘g‘risida hamma vaqt ham axborot ola olmaymiz. Masalan, faqat soat va minutlarni ko‘rsatadigan soat yordamida lahzalarni bilish mumkin emas.
U uzuq shaklda faqat soat va minutlarni ko‘rsatadi, xolos. Inson hayoti uzluksiz axborotga misol bo‘lsa, uning yurak urishi, nafas olishi uzlukli (chunki qachondir nafas chiqarishi zarur) axborotga misol bo‘ladi.
Endi borliq ta’sirining inson ongida axborot ko‘rinishida aks etish jarayonini quyidagi ko‘rinishda tasvirlashimiz mumkin:

2-dars. Axborotlar ustida bajariladigan amallar
  1. Axborotni hosil qilish, to‘plash, soddalashtirish jarayonlariga misollar keltiring.
  2. Axborotni nusxalash, o‘lchash, buzish jarayonlarini tahlil etib bering.
  3. Axborotlarni uzoq masofaga uzatish usullariga misollar keltiring.
  4. Axborotlarni kompyutersiz va kompyuterda saqlash vositalariga misollar keltiring.
  5. Inson tanasiga bog‘liq ravishda axborot manbayi, aloqa vositasi va axborot qabul qilish vositalariga misollar keltiring.
  6. Texnik vositalardan axborot manbayi, aloqa vositasi va axborot qabul qilish vositalariga misollar keltiring.
  7. Sinf doskasida biror axborot obyekti to‘g‘risidagi axborotni ikki xil ko‘rinishda tasvirlang.
  8. Axborot asosiy xususiyatlari yoki turlarini misollar bilan yoriting.
  9. «O‘zbekiston mustaqilligining … yilligini nishonladik» iborasidagi yetishmayotgan axborotni aniqlang va izohlang.
  1. Chap ustundagi so‘zlarni o‘ng ustundagi jumlalarga mos qo‘ying:
uzlukliaxborot xususiyati
ishonchliaxborot xususiyati
to‘liqaxborot turi
qimmatliaxborot turi
uzluksizaxborot turi
  1. Chap ustundagi axborot qimmatli, to‘liq va ishonchli bo‘lishi uchun nuqtalar o‘rniga o‘ng ustundagi kerakli so‘zlarni joylashtirib ko‘chiring:
Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq
barcha jarayonlar … deb ataladi.
diskret
Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq
barcha jarayonlar … deb ataladi.
analog
Axborotlar … va … turlarga ajratiladi.axborotli jarayonlar
  1. Berilgan axborotlarni qayta ishlab, nuqtalar o‘rniga olingan yangi axborotni joylashtirib ko‘chiring:
à) 1, 3, 5, …, 9;h) 128, 64, 32, …, 8;n) 15 (27) 42
30 (…) 55;
b) 20, 15, …, 5;i) 2, 3, 5, 7, …, 13;n) 15 (27) 42
30 (…) 55;
d) 1, 2, 4, …, 16;j) i, f, r, a,…,a;o) 10 (50) 15
17 (…) 20;
e) 1, 4, 9, …, 25;k) 1, 2, 3, 5, …, …, 21;o) 10 (50) 15
17 (…) 20;
f) q, o, s, y, h, …,
b;
l) 1, 3, 3, 9, …, …, 6561;p) 143 (56) 255
218 (…) 114.
g) 1, 2, 6, …, 120;m) e, f, g, h, i, …, k;p) 143 (56) 255
218 (…) 114.

4. Rasmlarda berilgan axborotlarni matn ko‘rinishida ifodalang:

2-dars. Axborotlar ustida bajariladigan amallar

5. Turli ko‘rinishda berilgan axborotlarni izohlang:

2-dars. Axborotlar ustida bajariladigan amallar
  1. Deylik, uch kishi «ha» yoki «yo‘q» deb ovoz berdi. Ovoz berishning barcha natijalarini yozing. Masalan, «ha, ha, ha», «ha,ha, yo‘q», «ha, yo‘q, ha», … .
  2. 6­-mashqni «ha»ning o‘rniga «1», «yo‘q»ning o‘rniga «0» raqamini yozib bajaring.
  3. Yangi 2-dars. Axborotlar ustida bajariladigan amallar axborotni olish uchun quyidagi axborotlardan qaysi biri qayta ishlangan?
Оцените материал
( Пока оценок нет )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: