22-Mavzu. 1991 – 2017-yillarda Pokiston va Afg’oniston

Содержание ( Открыть / Закрыть )
  1. Pokiston
  2. Afg‘oniston
  3. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
  4. Mustaqil ish

Pokiston

1990-yillari Pokistonda qizg‘in siyosiy jarayonlar va hokimiyatning yuqori pog‘onasida korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar davom etdi. Benazir Bxutto hukumati iste’foga chiqarilgandan so‘ng 1990-yili o‘tkazilgan saylovlarda g‘olib chiqqan Musulmon ligasi partiyasining rahbari Navoz Sharif hokimiyatni boshqardi. Ammo Hasan Ruhoniy 1993-yili prezident G‘ulom Is’hoqxon yangi hukumatni ham korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikda ayblab, iste’foga chiqardi.

11-sinf Jahon tarixi darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH

Shu yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘olib chiqqan B. Bxutto yana bosh vazir lavozimini egalladi. Ammo 1996-yili prezident Sardor Farruk Ahmadxon Legariy Milliy assambleyani tarqatib yubordi va B. Bxutto hukumatini yana iste’foga jo‘natdi. O‘tkazilgan parlament saylovlarida Pokiston xalq partiyasi (PXP) qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

Pokiston tarixida 1977-yilda qanday voqea sodir bo‘lgan?

1999-yil kuzda Pokistonda yana harbiy to‘ntarish amalga oshirilib, hokimiyatga general Parvez Musharraf boshchiligidagi harbiy qo‘mondonlik keldi. 2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda yuz bergan terrorchilik aktidan so‘ng Pokiston terrorchilikka qarshi AQSH boshchiligida tuzilgan koalitsiyaga qo‘shildi. Biroq, ko‘plab pokistonliklar nazarida AQSH terrorchilarga emas, musulmonlarga qarshi kurashga kirishdi. AQSH bilan yaqinlashish kursini tanlagan P. Musharrafga qarshi suiqasdlar uyushtirildi. U jinoyatlarda terrorchilarni aybladi va mamlakatni ulardan tozalashga va’da berdi.

2003 – 2005-yillari Pokiston armiyasi AQSH yordamida qo‘shni Afg‘oniston hududida harbiy operatsiyalar olib bordi. Islom fundamentalislari esa P. Musharrafni dushman deb e’lon qilib, uni ag‘darib tashlashga va’da berdi. Ko‘pchilikning fikricha, P. Musharraf mamlakatda holatni barqarorlashtirishga erisha olmadi va iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. 2008-yilgi saylovlarda PXP hamraisi Asif Ali Zardariy prezident etib saylandi. 2013-yilgi parlament saylovlaridan so‘ng Muhammad Navoz Sharif bosh vazir lavozimini egalladi.

Pokiston rivojlanayotgan agrar-industrial mamlakat. U BRIKS davlatlari bilan bir qatorda, XXI asrda dunyoning eng yirik iqtisodiyotlaridan biriga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘n bitta mamlakat qatoriga kiradi. Hozir aholining katta qismi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlarga to‘qimachilik, teri mahsulotlari, sport buyumlari, kimyoviy moddalar va gilamlar kiradi. Sanoatning qayta ishlash, neft, tog‘-kon sohalari rivojlanmoqda. SHHTning 2016-yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan sammitida Pokistonni tashkilotga qabul qilish tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.

Afg‘oniston

SSSR tarqalib ketgandan so‘ng Afg‘onistonda holat ancha og‘irlashdi. 1992-yil aprel oyida Kobul shahriga mujohidlar otryadlari kirib keldi.

Sovet davlatiga murojaat qilib, Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritilishini so‘ragan shaxs kim edi?

Afg‘onistonda hokimiyatni Jihod kengashi deb atalgan guruh o‘z qo‘liga oldi. Mamlakat nomi Afg‘oniston Islom Respublikasi deb o‘zgartirildi, barcha qonunlar bekor qilinib, shariat qoidalari joriy qilindi. Ammo mujohidlar o‘rtasida boshlangan kelishmovchilik yangi urush harakatlariga olib keldi, minglab kishilar halok bo‘ldi, elchixona va xalqaro missiyalar Afg‘onistonni tark etdi. 1994-yili mojaroga yangi siyosiy kuch – islom fundamentalislarining tolibonlar harakati qo‘shildi. Ularning yetakchisi mulla Umar Afg‘onistonda fuqarolar urushini tugatib, islomiy tartib o‘rnatishini e’lon qildi.

Ular 1996-yil sentabrda Kobulni egallab, mamlakatni «Afg‘oniston Islom amirligi» deb e’lon qildi. Tolibonlar Afg‘onistonda qat’iy islomiy tartiblarni o‘rnata boshladi. Ayni paytda bu yerda turli xil terrorchilar qo‘nim topdi. Tolibonlar rejimi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan xalqaro terrorchi Usoma bin Lodin ham Afg‘onistonga keldi. U terrorchilar tayyorlash uchun harbiy bazalar va lagerlar tizimini yaratdi. Tolibonlar rejimi Usoma bin Lodinni xalqaro sudga topshirishdan bosh tortgandan so‘ng BMT Xavfsizlik Kengashi (XK) Afg‘onistonga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qildi.

Xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishdan umidini uzgan mulla Umar islomgacha bo‘lgan barcha e’tiqod obyektlari, tarixiy yodgorliklarni yo‘q qilishga buyruq berdi. V asrga oid ikkita noyob yodgorlik – qoyaga o‘yib ishlangan Buddaning ulkan haykallari yo‘q qilindi. Musulmon bo‘lmagan aholining o‘z kiyimiga sariq belgi taqib yurishi haqida qabul qilingan dekret jahon jamoatchiligining g‘azabini keltirdi. BMT XK tolibonlar hukumatiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish to‘g‘risida yangi rezolutsiya qabul qildi.

22-Mavzu. 1991 – 2017-yillarda Pokiston va Afg'oniston

2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda uyushtirilgan terrorchilik aktlari uchun javobgarlikni AQSH ma’muriyati «Al-Qoida» tashkiloti bilan Usoma bin Lodinga yukladi va terrorchilarning bazalarini bombardimon qildi. Tolibonlar qo‘shinlariga qarshi kuchlarning muvaffaqiyatli hujumlaridan so‘ng tolibonlar hukumati ag‘darilib, mamlakatga xalqaro harbiy kuchlar joylashtirildi.

1994-yili … 1996-yil sentabrda …
V asrga oid …

2002-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan umumafg‘on Loyya Jirgasida Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi. Afg‘onistonga 5 mlrd dollar xalqaro yordam ajratildi. Biroq, mamlakat ichkarisida terrorchilik harakatlari davom etdi. 2003-yili Afg‘onistonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Mamlakat «Afg‘oniston Islom Respublikasi» nomini oldi. Yangi konstitutsiya mamlakatda prezidentlik boshqaruvini o‘rnatdi, ikki palatali parlament, mustaqil sud tizimi tuzilishini ko‘zda tutdi, shuningdek, fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini e’lon qildi. Konstitutsiya kichik millatlarning huquqlarini kafolatladi, barchaning, jumladan, erkak va ayollarning qonun oldida tengligini va e’tiqod erkinligini o‘rnatdi.

Konstitutsiya saylovlar va siyosiy partiyalar tuzish uchun yo‘l ochib berdi. 2004-yil bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi. 2005-yil sentabrda o‘tkazilgan parlament saylovlarida islom dini tarafdorlari bo‘lgan partiyalar katta ta’sirga ega bo‘ldi va umuman parlament muxolifat xarakterida edi. Shu davrda mamlakatning asosiy muammolaridan biri narkotik savdosi bilan bog‘liq edi. BMT axborotiga ko‘ra, 2005-yili dunyodagi narkotik savdosining 87%i Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi. 2007-yildan narkotik savdosi susaya bordi, ammo 2017-yili yana kes kin o‘sdi.

2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda uyushtirilgan terrorchilik aktlari uchun javobgarlikni AQSH ma’muriyati «Al-Qoida» tashkiloti bilan Usoma bin Lodinga yukladi.
2002-yil iyunda bo‘lib o‘tgan umumafg‘on Loyya Jirgasida Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi.

H. Karzay hukumatining mavjud muammolarni yechishga ojizligi jahon hamjamiyatini Afg‘onistonga yordamni kuchaytirishga, mamlakatni tiklashda faol ishtirok etishga undadi. Shuningdek, ta’lim tizimini kengaytirish, ijtimoiy masalalarni hal etish va qashshoqlikka qarshi kurash, transport va energetika infratizimini modernizatsiya qilish rejalashtirildi. 2014-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida Muhammad Ashraf G‘ani Afg‘oniston prezidenti, Abdulla Abdulla esa hukumat raisi lavozimlarini egalladi.

Ammo Afg‘onistonda hamon mustahkam tinchlik o‘rnatilgani yo‘q. 2016 – 2017-yillari bir qator terrorchilik harakatlari amalga oshirilib, oqibatda o‘nlab kishilar halok bo‘ldi, yuzlab kishilar jabrlandi. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Homid Karzay bayonot berib, mamlakatdagi beqaror ahvolning sababi sifatida mintaqada AQSH olib borayotgan siyosatni ko‘rsatdi va AQSH hukumatini o‘z xatolarini tan olishga chaqirdi.

Loyya jirgasi – bu afg‘on qabilalari tomonidan saylanadigan umumafg‘on oqsoqollar kengashi.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Pokistonda P. Musharrafning qanday siyosati uning iste’fosiga sabab bo‘ldi?
  2. Pokistonda iqtisodiyotning qaysi sohalari yaxshi rivojlangan?
  3. SSSR tarqalib ketgandan so‘ng Afg‘onistonda qanday siyosiy vaziyat vujudga keldi?
  4. Zamonaviy Afg‘onistonning asosiy muammolari nimalardan iborat?

Mustaqil ish

Afg‘oniston siyosiy xaritasi bilan tanishing va tarixiy voqeliklar bilan bog‘liqlikda sharh yozing.
Mavzu matnini o‘qish jarayonida notanish bo‘lgan so‘zlarni daftaringizga yozing va lug‘atlar yordamida tushunchalarni tahlil qiling.
Оцените материал
( Пока оценок нет )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: