12-dars. Axborotli olam muammolari va internet

Internetdan hamma foydalanishni xohlaydi. Internet – dunyo bo‘ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi.
7-sinf informatika darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH
Содержание ( Открыть / Закрыть )
  1. Internet tarixi
  2. Internet va WWW
  3. WWW tarkibi
  4. Qisqacha qiziqarli ma’lumot

Internet tarixi

O‘zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqidagi turli xil ko‘rinishga ega katta hajmdagi axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig‘ilib bormoqda. Bu ma’lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag‘ va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (ingliz tilidagi interconnected network iborasining qisqartmasi, ma’nosi: Xalqaro kompyuter tarmog‘i)ning tashkil etilishi bilan hal etildi.

Internet dastlab bir necha harbiy tadqiqotchilik markazlari o‘rtasida axborot resurslaridan birgalikda foydalanish maqsadida tashkil etildi. Bunga XX asrning 70 ­yillari boshlarida AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog‘i asos bo‘lgan. ARPANet – buzilgan aloqa bo‘g‘inlarini avtomatik ravishda aylanib o‘tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma’lumot almashishiga imkon beruvchi tuzilmadir.

12-dars. Axborotli olam muammolari va internet

Birinchi marta 1969­ yil 29 ­oktyabrda ishga tushirilgan ARPANet tarmog‘ida oraliq masofa 640 km bo‘lgan Los­Anjeles universiteti bilan Stenford tadqiqot markazi orasida bor yo‘g‘i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Avvaliga bu tarmoq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik bu tarmoqqa AQSHning boshqa universitet, kollej va tashkilotlari ham ulangan.

1973 ­yilda transatlantik telefon kabeli o‘tkazilganidan keyin ARPENet tarmog‘iga Yevropaning o‘quv yurtlari va tashkilotlari ulandi. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog‘iga aylandi. Internet tarmog‘i biror tashkilotga bo‘ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta’lim muassasalari, tijorat strukturalari va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko‘ngillilar tomonidan tashkil etilgan «Internet arxitekturasi bo‘yicha kengash» tomonidan boshqariladi.

Internet va WWW

Internet dunyo bo‘ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o‘rganishda va savdo­sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o‘zaro aloqa bog‘lash yoki ma’lumotlar almashish tarmog‘i bo‘libgina qolmasdan, unda mavjud
bo‘lgan ma’lumotlar ombori dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Internetning kompyuterlar bilan bog‘liq bo‘lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o‘zi haqidagi ma’lumotlarni ham o‘zida saqlay oladi.

Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem qurilmasi sababli shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari protokolllar (masalan, TCP/IP – TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL / INTERNET PROTOKOL) deb ataladi. TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha:

12-dars. Axborotli olam muammolari va internet


Internet xizmatlari foydalanuvchiga keng imkoniyatlar ochib beradi. Masalan:
– elektron pochta (E­mail) – bir nechta foydalanuvchi orasida ma’lumot almashish imkoniyati;
– chat – real vaqtda ma’lumot almashish imkoniyati;
– telekonferensiya – jamoa bilan ma’lumot almashish imkoniyati;
– WWW (World Wide Web) – turli ko‘rinish va shakldagi axborot manbalarini birlashtirgan yagona axborot olamidan foydalanish imkoniyati.

1992–93 ­yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan. World Wide Web (ma’nosi: xalqaro o‘rgimchak to‘ri) ning yaratilishiga 1989­ yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo‘ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi.

Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib qoldi. World Wide Web multimedia (multimedia – rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo‘lgani uchun foydalanuvchilar e’tiborini juda tez qozondi.

WWW tarkibi

WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Web-sahifalarda joylashadi. Web­sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko‘rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o‘z navbatida, reklama, tijorat, ta’lim va boshqa ko‘pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar ochib berdi. WWWning ommalashishiga yana bir omil gipermatndir. Gipermatn web­sahifaning biror qismiga yoki boshqa Web-­sahifaga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi ilova bo‘lib, u so‘z yoki rasm bo‘lishi mumkin.

Gipermatn yordamida Web­sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Web­sahifaga tez va oson o‘tiladi, bu hol kerakli qism yoki Web­sahifaga gipermurojaat deb ataladi. Web­sahifada rasmga, ism­sharifga, tug‘ilgan mamlakati nomiga gipermurojaat joylashtirilgan bo‘lib, gipermurojaat tanlangach, yangi web-­sahifa ochiladi. Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko‘ra o‘zaro bog‘langan bir nechta Web­sahifalar majmui Web-sayt deyiladi. Masalan, quyidagi rasmda ziyonet. uz web­saytining 100 dan ortiq web­sahifalaridan biri – «Astronomlar» deb nomlangan web-­sahifa aks etgan:

12-dars. Axborotli olam muammolari va internet

Web-­saytni kitobga, web­sahifani esa kitobning sahifasiga o‘xshatish mumkin. Web­saytdagi web­sahifalar o‘zaro gipermatn yordamida bog‘lanadi. Web­saytlar ham, Web­sahifalar ham Web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o‘z manziliga ega bo‘ladi. Bu manzil URL (ingliz tilida: Uniform Resourse Locator – zahiraning takrorlanmas ko‘rsatkichi ma’nosini anglatadi) deb ataladi. URL Internetga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo‘lib, u takrorlanmas manzilni ifodalaydi. URL bir necha bo‘g‘indan iborat bo‘lgan Internet tarmog‘idagi axborot zahirasi manzilidir. Masalan: http://www.eduportal.uz/webmaktab.html

URL manzil quyidagilardan tashkil topadi: http – bog‘lanish protokoli; www.eduportal. uz – axborot saqlanayotgan provayder (server) nomi; webmaktab.html – sayt (fayl) nomi. Provayderlar (ingl. provide – imkon berish, ta’minlash) – Internetning ba’zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardir.

Provayderlar bir necha yuz ming mijozga xizmat ko‘rsatish va axborotlarni yuborish uchun maxsus yuqori tezlikdagi aloqa kanallaridan foydalanadilar. Har bir davlatda Internet tizimining ishlash sifati kanallarning o‘tkazuvchanlik kuchiga bog‘liq. O‘zbekistonda Internetdan foydalanish boshlangan dastlabki davrlarda ma’lumot yuborish va qabul qilish tezligi unchalik katta bo‘lmagan. Masalan, 2002 ­yilda 8,5 Mb/s ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda Internet tarmog‘ida ulanishni ta’minlovchi xalqaro kanallar o‘tkazuvchanlik qobiliyatining rivojlanishi natijasida 2,5 Gb/s dan oshdi.

Qisqacha qiziqarli ma’lumot

Internetning foydali jihatlari ko‘p. Bugun u bilim manbayi hamdir. O‘zbekistonda bu – ZiyoNET ta’lim tarmog‘i. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005 ­yil 28 ­sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2006­yilda «ZiyoNET» jamoat axborot ta’lim tarmog‘i tashkil etildi.

«ZiyoNET» ta’lim tarmog‘i o‘qituvchi, talaba va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan web­manbalar orasida eng yirigidir. Uning asosiy maqsadlari – yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek, aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi kerakli ma’lumotlarni olish, muloqot qilish va tajriba almashinishlar uchun zarur imkoniyatlar berish. Bu tarmoqdan ma’lumot olish uchun ziyonet. uz web­portaliga kirish kifoya.

12-dars. Axborotli olam muammolari va internet
  1. Internet deganda nimani tushunasiz?
  2. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushu nasiz?
  3. Internet xizmatlari haqida o‘z tajribangiz asosida qisqacha ma’lumot bering.
  4. World Wide Web haqida ma’lumot bering.
  5. Web­sahifa va gipermatn bog‘liqligi haqida so‘zlab bering.
  6. Web­sayt nima?
  7. Internetdagi web­sahifalar qayerda saqlanadi?
  8. Provayder haqida so‘zlab bering.
  9. «http:ziyonet.uz/arboblar/fan/astonomlar» URL manzilini tahlil etib bering
  1. Nuqtalar o‘rniga o‘ng ustundagi kerakli so‘zlarni joylashtirib ko‘chiring:
Web­sahifalar majmui … deyiladiWeb-­server
Web­saytlar … deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadiWeb­-sahifa
…ni kitobga, …ni esa kitobning sahifasiga o‘xshatish
mumkin
Web-­sayt

2. Jadvaldagi Internetga oid so‘zlarni izohlab bering:

sahifa protokolWeb­sahifagipermatn provaydertelevizor
saytURLmodemanalog signalmultimedia axborot
manzilWeb-­sayttelefonraqamli signalWeb­-serverglobal
Оцените материал
( Пока оценок нет )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: