Word-da jadvalni qanday tuzish mumkin: oddiy va murakkab ma'lumotlar qatorini yaratish va tahrirlash bo'yicha bosqichma-bosqich ko'rsatmalar

Wordda ishlash

Assalomu aleykum do’stlar.

Kompyuterni endi o’rganayotgan odam ham, kompyuterga o’rnatilgan dasturlarda oddiy matn yozishni bilishadi. Lekin, bu matnga turli rasmlar va jadvallar qo’shish, matnning yon tomon masofalarini o’zgartirish, nomer bilan yozish kabi funktsiyalarini qanday ishlatishni har kim ham bilavermaydi.

Bu funksiyalarni qanday ishlatishni bilish uchun esa, alohida bilimga ega bo’lish kerak bo’ladi. Aks holda bu funksiyalarni qidirib topish uchun, juda ko’p vaqt sarflashingiz aniq.

Men anchadan buyon Microsoft Office dasturlarida ishlab kelayapman va bugun sizlarga Wordda ishlash texnologiyasi bo’yicha o’zimning bilganlarimni o’rgatmoqchiman.

Ya bugun, Word va Google documentda jadvalni qanday qilish kerak, turli bo’limlarni qanday qo’shish va o’chirish kerak, enini almashtirish, ma’lumotlarni xonalarda to’g’ri joylashtirish va boshqa imkoniyatlari va bu dasturlarda ishlash asoslari, sirlarini o’rganamiz.

Shuni aytishim kerakki, Microsoft Office dasturi moliyaviy ishlarni bojarishda juda qo'l keladi, qayerlarda va qanday? Maqola davomida...

Endi boshlayotganlar uchun qo’llanmalar

Word-da jadval tayyorlash: qadamba qadam qo’llanma

Word dasturini oching va yuqoridagi asosiy menyuga qarang. Bu yerdan bizga “Вставка” bo'limi kerak:

Ввод таблицы в Word

Men Office 365 versiyasidan foydalanaman, bu versiya 2016 yil versiyasidan hech qanday farq qilmaydi. Agar sizda ancha oldingi versiya bo’lsa ham farqi yo’q. Menyusi bir oz boshqacha bo’lishi mumkin, sizning vazifangiz “Вставка” yoki “Втавить” tugmasini topish.

Bu yerdan “Таблица” bo’limiga bosing. Yangi oyna ochiladi va siz bu yerdan quyidagi amallarni bajarishingiz mumkin:

  • Bir marta bosish orqali 10×8 o’lchamli bo’sh xona tuza olasiz, bu xonachaning o’lchamini o’zgartirishingiz mumkin, qanday o’zgartirish haqida bir oz keyinroq gaplashamiz;
  • Kerakli bo’lim va xonalarni tuzishingiz mumkin;
  • Xohishingizga qarab xohlagan shaklni chizishingiz mumkin;
  • Allaqachon yozilgan matnni jadvalga aylantirish;
  • Word dasturining o’zida turib Excel dasturini ochib ishlash mumkin, agar sizga qulay bo’lsa, yoki, shunga o’rgangan bo’lsangiz;
  • Dasturda ko’rsatilgan tayyor shablonlardan foydalanishingiz yoki, o’zingiz tuzishingiz mumkin.

Endi har bir bo’limni alohida ko’rib chiqamiz.

Разделы таблицы

Oddiy jadvalni qanday tez tayyorlash mumkin

Eng oson yo’li – bu, menyuda tushadigan kichik xonachalardan belgilab olishdir. Tikka va tekis yotiq bo’lgan xonachalardan o’zingizga keragini belgilab olishingiz mumkin. Masalan, 3 ga 4 qilib belgilaydigan bo’lsak, 12 ta bir xil xonadan tashkil topgan jadvalga ega bo’lamiz.

Keyinchalik bu xonalarni kengaytirish yoki kichraytirish mumkin:

Настройка разделов

Ikkinchi oddiy yo’l

Yana menyuga boramiz va “Вставить таблицу…” bo'limiga bosamiz:

Положить на планшет

Sizga yangi oyna ochiladi va siz u yerdan jadvalning necha xonadan tashkil qilinishini va o’lchamlarini o’zgartirishingiz mumkin:

Установить размер таблицы

Jadvalni qo’limizda chizamiz

Menimcha bu eng qiyin yo’li, chunki bu usuldan aslida, eng murakkab jadvallarni tuzishda foydalaniladi.

Buning uchun menyudagi kerakli bo’limni tanlaymiz:

Bo'limni tanlash

Endi qalam bilan ramka chizamiz va keyin, bo’laklarga bo’lib chiqasiz. Bu usulda xohlagan jadvalni chizish mumkin. Chizish jarayonida, asosiy menyuda “Макет” bo'limi ochiladi. Bu oynadan o’lchamlari bir xil bo’lgan xonalarni tezda tashkil qilish mumkin. Bu imkoniyatlarni maqola davomida tushunib olasiz…

Tayyor matnni jadvalga qanday aylantirish mumkin

Bu funksiya, tayyor jadvalni ma’lumot bilan to’ldirishni yoqtirmaydiganlar uchun, matnni tezda yozib, keyin uni jadvalga aylantirish imkonini beradi. Shuningdek bu usulni, qog’ozga yozilgan matnni kompyuterga kiritib, uni jadvalga aylantirishda ishlatish mumkin.

Barchasi to’g’ri yozilishi uchun, har bir katakchani quyidagi prinsiplar asosida yozing:

  • Yangi qatordan;
  • Nuqta-vergul bilan ajrating;
  • Tabulyatsiya yorlig’i bilan, ya'ni klaviaturadagi Tab tugmachasini bosib;
  • Siz tanlagan har qanday belgi orqali.

Asosiysi, chalkashmaslik va tartibni yuqoridan pastga va chapdan o'ngga, ya'ni, chiziqlar bo'ylab tanlangan ajratuvchi yordamida barcha ma'lumotlarni yozib olishlik. Ko'pincha men yangi ustun tarkibini “Enter” tugmachasini bosib yozaman, chalkashib ketmaslik va ma'lumotlar miqdorini boshqarish osonroq bo’ladi.

Keyin yozilgan matnni belgilaysiz va menyudan “Переобразовать в таблицу…” yozuviga bosasiz:

Tablitsani o'zgartirish

Ochilgan oynada matn uchun kerakli katakchalar miqdorini dasturning o’zi tanlab oladi. Keyin, katakchalarning kerakli enini dasturning o’zi belgilashini va so’zlarni qanday belgilar ajratib turishini belgilaysiz. Keyin esa, “OK” tugmasini bosasiz va tayyor to’ldirilgan jadvalga ega bo’lasiz:

OK tugmasini bosish

Matn hujjatida, ya’ni Wordda turib Excel elektron jadvalini yaratamiz

Excel nimasi bilan qiziq? Word-da bo’lmagan, filtrlash imkoniyati va ma’lumotlarning qatorini tashkil qilish, sodda va murakkab hisoblar qilish, grafik chizish funksiyalari mavjud. Shuning uchun, agar bizga nimanidir hisoblab uni matnga kiritish kerak bo’lsa, biz menyuni ochamiz va kerakli bo’limga bosamiz:

Excelda ishlash

Bizga, 10 ga 7 bo’lgan katakchali yangi oyna ochiladi. Bu oyna bilan ishlash Excelda ishlash metodikasiga o’xshab oddiy va oson:

Jadval bo'limini belgilash

Bu oynada siz, kerakli ma’lumotlarni o’zgartirib bo’lganingizdan keyin, oynadan tashqari joyga sichqonchani bir marta bosish orqali Worddagi matn ustida ishlashni davom ettirishingiz mumkin.

Bu oynadagi malumotlarni qayta o’zgartirish uchun esa, ma’lumot ustiga ikki marta bosish orqali yana oyna paydo bo’ladi va siz ma’lumotga o’zgartirish kiritishingiz mumkin.

Tayyor shablonlardan foydalanish

Wordda sizga kerak bo’lishi mumkin bo’lgan tayyor shablonlar mavud. Bulardan foydalanish uchun, menyudan “Экспресс-таблицы” bo’limiga bosamiz. Va bizga tayyor shablonlar oynasi ochiladi, xohlaganimizni tanlab ma’lumotlarimizni kiritishimiz mumkin:

Express bo'limini tanlash

Siz o’zingiz tayyorlagan jadvalni boshqa hujjatlarda ishlatish uchun, ushbu shablonlar safiga qo’shib qo’yishingiz mumkin. Turli hujatlarda bir xil jadval ishlatish kerak bo’lgan hollarda bu funksiya juda qo’l keladi.

O’zingizning jadvalingizni shablonlar safiga qo’shish uchun, jadvalni kerakli ma’lumotlaringiz bilan to’ldiring va uni belgilab, menyudagi “Экспресс-таблицы” bo'limi ustiga kursorni olib boring va ochilgan oynadan “Cохранить выделенный фрагмент в коллекцию экспресс-таблиц…” ga bosing va sizning jadval shablonlar safida saqlanib qoladi:

Shablonni saqlash

Jadvalni qanday tahrirlash mumkin

Jadvalni tuzganingizdan keyin, xohlagan paytingizda unga o’zgartirish kiritishingiz mumkin. Bu ishni amalga oshirish uchun, jadval ustiga bir marta bosing va menyudagi “Макет” yozuvi ustiga bosing. Paydo bo’lgan menyudan xohlagan o’zgartirishni kiritishingiz mumkin:

Maketni tanlash

Alohida elementlar qanday qo’shiladi va o’chiriladi

Bu eng kerakli bo’lgan funksiyalardan biridir. Kursorni o’chirish kerak bo’lgan katakcha ustiga qo’ying va “Удалить” tugmasiga bosing.

Ochilgan oynadan, aynan nimani o’chirish kerakligini tanlang:

  • Одну графу — Bitta ustun,
  • Весь стобец — Butun ustun,
  • Строку — Bir qator
  • Таблицу –

O'chirish

Katakchani o’chirayotganingizda, dastur sizga qaysi yo’l bilan o’chirishni taklif qiladi:

  • Cдвигая данные влево или вверх; — ma'lumotlarni chapga yoki yuqoriga o'tkazish;
  • Удаляя целиком строку или столбец — butun satr yoki ustunni o'chirish.

Agar siz birinchi yo’lni tanlasangiz, belgilangan qator yoki ustun boshqalariga qaraganda bitta ustunga kamayadi. Amaliyotda manabunday ko’rinishda bo’ladi:

Ko'rinishi

Alohida bitta katakcha qo’shib bo’lmaydi. Kursor turgan joydan bir qator yuqoriga yoki pastga va ustundan chapga yoki o’ngga siljish orqali qo’shiladi.

Eslatma: Bir nechta satr qo'shish uchun, gorizontal yoki vertikal ravishda, shuncha katakcha belgilang.

Qayerga qo'yish

Boshqa sozlamalar

Bulardan tashqari siz, quyidagi sozlamalarni amalga oshirishingiz mumkin:

  • Belgilangan katakchalarni birlashtirish yoki ajratish, yoki, jadvalning bir qismini ikkinchi qismidan ajratish
  • Qator va ustunlarning enini va balandligini sozlash
  • Matnni katakchaning bir tarafiga yoki o’rtasiga joylashtirish
  • Parol yozish
  • Tarkibga matematik formulalarni qo'llash yoki, bo’limlarni saralash.

Barcha sozlamalar ko’z oldingizda, barchasini eksperiment qilib, tajribangizni oshirishingiz mumkin:

Barcha sozlamalar

Bundan tashqari, jadvalning o’rinlarini almashtirishingiz mumkin. Buning uchun sichqonchani jadval ustiga olib boring va chap tomon yuqorisida joylashgan + belgisidan sudrab, istagan joyga qo’yishingiz mumkin. Boshqa yo’li: kerakli obektni belgilang va klaviaturadan “Ctrl + X” ga bosing va kursorni kerakli joyga qo’yib “Ctrl + V” ga bosing:

Jadval joyini o'zgartirish

Tashqi ko’rinishini qanday o’zgartirish mumkin

Siz nafaqat element va jadvalni butunligicha tahrirlashingiz mumkin, balki, tashqi ko’rinishini ham o’zgartirishingiz mumkin. Buning uchun obekt ustiga bosing va menyudan “Конструктор таблиц” menyusiga o’ting:

Konstruktor tablitsalar

Bu yerda siz:

  • Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan shablonlardan foydalanishingiz mumkin
  • Xohlagan rangga bo’yashingiz mumkin
  • Tashqi ko’rinish chegaralarini o’zgartirishingiz, ularni qo’shish va o’chirishingiz mumkin.

Bu sozlamalar orqali hujjatni chiroyli ko’rinishga va o’qish juda qulay bo’lgan holatga keltirish mumkin.

Google Documentda jadval qanday tuziladi

Microsoft Wordga alternativ yana shunday dastur borligini bilarmidingiz? Ha shunday dastur mavjud. Bu, internetda saqlanadigan Google Documentdir. Googleda akkaunti bo’lgan har qanday shaxs bu dasturdan foydalanishi mumkin.

Asosiy qulayligi: turli kompyuterlardan turib, bir hujjat ustida ishlash va boshqa internet foydalanuvchilar bilan birga bir hujjat ustida ishlash yoki ko’rsatish imkoni borligi. Keyingi paytlarda, Wordga qaraganda, men ko’proq shu dasturdan foydalanaman. Sizga ham tavsiya qilaman, qulayliklari juda ko’p.

Bu yerda eng kerakli bo’lgan funksiyalari juda ko’p. Jadvalni tuzish uchun, yuqori panelda joylashgan “Вставка” tugmasiga bosib, “Таблица” bo'limidan kerakli qator va ustunlar sonini belgilaysiz:

Google documentda jadval tayyorlar

Xulosa

Biz Wordda jadval qilishning bir nechita yo’llarini ko’rib chiqdik, jadvalni to’ldirish va tahrirlashni, aformit qilishni o’rgandingiz. Umid qilamanki, bu qo’llanma sizga yordam beradi. Agar muammo bo’lib qolsa, izohlarda bemalol so’rashingiz mumkin. Men yordam berishga harakat qilaman.

Maqolani zakladkaga olib qo’yishlaringizni tavsiya qilaman, chunki, bir marta o’qiganingiz bilan barchasini esingizda saqlay olmaysiz. Uzinterbiz.com saytining yangi maqolalariga obuda bo’ling.

В следующих статьях мы узнаем больше об этой программе и многих других секретах программы, таких как блоги, диаграммы и файлы.

С нами вы легко научитесь пользоваться различными программами, услугами и веб-сайтами и получите доступ к компьютерам, телефонам и Интернету.

Желаю всем удачи в учебе и работе, до свидания!

С уважением

Maqolaga baho bering!
( 2 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov / автор статьи
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: