Informatio – lotincha so‘z bo‘lib, u «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma’nolarni anglatadi.
Axborot – barcha sezgi a’zolari orqali borliqning inson ongidagi aksi yoki ta’sirini, bog‘liqlik darajasini tushunish.
Axborot ko‘rinishlari – rasm, chizma, fotosurat, yozuv; nur yoki tovushlar; har xil to‘lqinlar; elektr va nerv impulslari; magnit yozuvlari; mimika; hid va ta’m; azolarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar va hokazo.
Xabar – axborotning moddiy shakli, axborot esa inson tomonidan shu xabar asosida hosil qilinadigan nomoddiy mazmundir.
Informatika – XX asrning 50yillarida asos solingan fransuz so‘zlari information (axborot) va automatique (avtomatika) negizida hosil bo‘lgan fransuzcha informatique atamasi (mazmuni: «axborot bilan avtomatik ishlash») orqali ifodalangan fan nomi. Informatika fani kompyuter texnikasini qo‘llash negizida inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Computer science – informatika fani atamasining inglizcha varianti bo‘lib, kompyuter ilmi degan ma’noni anglatadi.
Obyekt – inson e’tibori yo‘naltirilgan buyum, hodisa, jarayon, amal, xususiyat yoki munosabat.
Axborot obyektlari – informatikadagi axborot beruvchi narsalar, jarayonlar, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar.
Axborotli jarayonlar – axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq barcha jarayonlar.
Axborotning xususiyatlari – foydalanish maqsadlariga mos bo‘lishi uchun axborotning talablarga javob berish xususiyatlari bo‘lib, ularning asosiylari qimmatlilik, to‘liqlik, ishonchlilik, tushunarlilik, qisqalik, batafsillik, ortiqchalilik kabi ifodalanadi.
Axborot tashuvchi vositalar – inson tomonidan axborotlar saqlanadigan vositalar, masalan, kitoblar, gazetalar, magnitli tasmalar, kompyuterlarning maxsus vositalari.
Axborotlarni qayta ishlash – bir axborot obyekti ustida zarur amallar bajarib, boshqa axborot obyektini hosil qilish.
Axborotlarni qayta ishlash vositalari – inson tomonidan ishlab chiqarilgan turli qurilmalar bo‘lib, ular ichida axborotni qayta ishlashning eng asosiy va samaradori kompyuterdir.
Axborot turlari – analog (uzluksiz) va diskret (uzlukli).
Belgi – bu oshkor yoki oshkormas holda hissiy idrok etilayotgan obyektga aniq mazmun berish kelishuvi.
Oshkor kelishuv – belgining ko‘rinishi uning mazmunini fahmlash imkonini beruvchi kelishuv bo‘lib, bu holda belgilar piktogrammalar (tasviriy yozuvlar) deb ataladi.
Oshkormas kelishuv – belgi shakli va mazmuni orasidagi bog‘lanish kelishuv asosida belgilanishi. U holda bu belgilar ramz (simvol)lar deb ataladi.
Kodlash – axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun aniq bir qoidalar asosida boshqa ko‘rinishga o‘tkazish.
Dekodlash – kodlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish.
Kod – axborotlarni kodlash jarayonida har bir belgiga mos qo‘yiladigan bitta belgi yoki belgilar ketmaketligi.
Notekis kodlash – belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi turlicha bo‘lgan kodlash.
Tekis kodlash – belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi bir xil bo‘lgan kodlash.
Shifrlash – axborotni mahfiy saqlash uchun kodlash.
Deshifrlash – shifrlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish.
Raqamlar – sonlar alifbosiga kiritilgan (bir xonali) belgilar.
Sanoq sistemasining asosi (quvvati) – sanoq sistemasidagi raqamlar soni.
Pozitsiyali sanoq sistemasi – raqamlarining miqdori sondagi turgan o‘rni(pozitsiyasi, razryadi)ga bog‘liq bo‘lgan sanoq sistemasi.
Pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemasi – raqamlarining miqdori sondagi turgan o‘rni (pozitsiyasi, razryadi)ga bog‘liq bo‘lmagan sanoq sistemasi.
Sonlar – sanoq sistemasida raqamlar yordamida hosil qilingan boshqa (ko‘p xonali) belgilar.
Raqamni surish – raqamni sanoq sistemasi alifbosida o‘zidan keyin kelgan raqamga almashtirish.
Eng katta raqamni surish – eng katta raqamni 0 ga almashtirish.
Axborotni ikkita belgi yordamida (qisqacha – ikkilikda) kod lash – axborotni ikkita: 0 va 1 raqamlari yordamida kodlash.
Bit – «ikkilik raqamlari» iborasining ingliz tilidagi «binary digit» ifodasidagi harflar asosida hosil qilingan atama bo‘lib, u axborotdagi belgilarni ikkilik raqamlari asosida kodlanganda kodning bitta razryadi (xonasi) ni ifodalaydi.
Alifboli yondashuv – axborotda ishtirok etgan harf, raqam va boshqa belgilarni ASCII kodlash usuliga asoslanib, 0 va 1 raqamlaridan iborat kod bilan almashtirish.
Axborot hajmi – alifboli yondashuvga asosan axborotda qatnashgan belgilarning umumiy hajmi.
Bayt – alifboli yondashuvda axborot hajmining eng kichik o‘lchov birligi bo‘lib, axborotda qatnashgan har qanday belgi hajmini ifodalaydi, ya’ni 1 bayt = 8 bit.
Axborotni uzatish tezligi – axborotning vaqt birligi ichida uzatilgan hajmi.
Bod – axborot uzatish tezligining eng kichik birligi bo‘lib, 1 bod = 1 bit/1 sekund.
Rastr – kompyuter ekranidagi tasvirlarni bo‘laklarga bo‘luvchi chiziqlar.
Piksel – ingliz tilidagi pixel – picture element (tarjimasi: rasm elementi) deb ataluvchi juda mayda kvadratlar.
Rang chuqurligi – ranglarni ikkilikda kodlashda ikkilik kodi uzunligi.
RGB (Red – qizil, Green – yashil, Blue – ko‘k) modeli – kom pyuterda ixtiyoriy rangni qizil, yashil va ko‘k ranglardan hosil qilish qurilmasi nomi.
Texnologiya – yunoncha (grekcha) «techne» – san’at, mohirlik, hunar va «logos» – fan so‘zlaridan tashkil topgan atama bo‘lib, u texnologiya aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarni ketmaket bajarilishini ko‘zda tutadi.
Axborot texnologiyasi – insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari.
Modem – signalni raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishga o‘tkazuvchi modulyator, analog ko‘rinishdan raqamli ko‘rinishga o‘tkazuvchi demo du l yator qurilmalari birlashmasi.
Axborot tizimlari – katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan sistemalar.
Internet – ingliz tilidagi interconnected network iborasining qisqartmasi bo‘lib, ma’nosi: Xalqaro kompyuter tarmog‘i.
Protokol – Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari, masalan, TCP/ IP – transmisson control protokol/internet protokol.
WWW – xalqaro o‘rgimchak to‘ri ma’nosini anglatuvchi World Wide Web iborasining qisqartmasi bo‘lib, tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatish texnologiyasi.