Erkin Vohidov
(1936–2017)
«Erkin Vohidov she’riyatida adabiy mavzular xazinasiga aniq zamon va makon kaliti orqali kirib boriladi. Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib o‘tgan va o‘tayotgan goh mashaqqatli, goh armonli, goh tug‘yonli, goh iftixorli yo‘llarining manzara va ohanglari, sadolari Erkin Vohidov she’riyatida to‘la mujassamdir».
Abdulla Oripov,
O‘zbekiston Qahramoni
«Erkin Vohidov dilbar rubobiy taronalari, asr armoni, fig‘oni darajasiga ko‘tarilgan dostonlari qatori g‘oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, ayni paytda istehzo, kinoya-kesatiqlar, o‘tkir ijtimoiy pafos bilan yo‘g‘rilgan hajviyoti, benazir tabassumi bilan ham elimiz uchun ardoqlidir».
Umarali Normatov,
adabiyotshunos
«Erkin Vohidov badiiy adabiyot daholari ruhini shod etgan, yangi o‘zbek adabiyoti darg‘alari duosini olgan, o‘z xalqi qalbiga chuqur kirib borgan san’atkordir. Bunday shoir hech qachon zavol ko‘rmaydi».
Abdug‘afur Rasulov,
adabiyotshunos