«Choliqushi» romanidan olingan parcha haqida

Aziz o‘quvchi, siz taniqli turk adibi Rashod Nuri Guntekinning «Choliqushi» romanidan olingan parchani o‘qib chiqdingiz. Parcha romanning boshlanish qismidan tanlangan. Guvohi bo‘lganing-izdek, romanning bosh qahramoni – Farida. Barcha voqea-hodisalar uning tilidan bayon qilinadi.
Faridaning dard-u alamlari, quvonchlari, iztiroblari – barcha qalb kechinmalari o‘quvchi yuragidan joy oladi. Asarni o‘qish jarayonida siz uning samimiyati, ochiq ko‘ngilliligi, shijoati, to‘g‘riligi, sadoqat va boshqa fazilatlari uchun yaxshi ko‘rib qolasiz.

 Adabiyot darsligi mundarijasiga qaytish

Asardagi joziba, shiddatli bayon uslubi, Farida obrazining betakror qirralari har kimning diqqat-e’ti-borini o‘ziga tortadi. Roman boshlanishida Farida es-hushini tanigan kunlardagi kayfiyatni, atrof-muhitga, odamlarga, yaqinlariga munosabatlarini bayon etadi. Fransuz tili muallimasi Aleksi opaning taklifiga ko‘ra boshqa tengdoshlari kabi u ham bolalik xotiralarini yozadi:

«Men baliqlar singari ko‘l ichida tug‘ilganga o‘xshayman. Onamni es-es bilaman… Otam, enagam, xizmatkorimiz Husayn ham esimda… Bir kun meni ko‘chada quvgan qora laychani… Bir kun to‘la savatdan yashiriqcha uzum olayotganimda barmog‘imni chaqib olgan arini… Ko‘zim og‘riganda to-mizilgan qizil dorini… Mehribon Husayn bilan Istanbulga kelganimizni… Ha, shularga o‘xshash ko‘p narsalarni eslayman… Lekin bulardan hech biri ilk xotira emas… Faridaning bu inshosi boshqa o‘quvchilarga ham o‘qib eshittiriladi.

Mazkur parchadagi tasvirlar, birinchidan, roman muallifining o‘z qahramonini boshqalardan ajratib ko‘rsatishi, ikkinchidan, ochiq ko‘ngil, to‘g‘riso‘z, badiiy tafakkur tarziga ega ekanini boshidanoq ma’-lum qilishi uchun zarur edi. Faridaning o‘z e’tirofiga ko‘ra: «Menga kelsak, men butunlay boshqacha qiz edim», – deb yozadi u. Roman Faridaning shu «boshqacha»ligi tafsilotlari asosiga qurilgandir. Ay-niqsa, Faridaning maktabdagi o‘qish yillari va shu muhitda turli sarguzashtlarni boshidan kechirgani, ba’zan turli qiziqchilik uchun atay hazillar boshlashlari – bularning barcha-barchasi roman sahifalari miqdori ko‘paygan sari o‘quvchining ushbu shaddod qahramon to‘g‘risidagi tasavvurini to‘ldirib, yax-litlashtira boradi.

Bolalik va yoshlikning beg‘ubor damlaridagi yoshgina qizning birovlar xayoliga kelmagan ishlarga bosh urishi, deylik, daraxtlar ustida bamisoli chaqqon mushukdek shoxdan shoxga sakrab o‘tishlari obraz tabiatining individualligini namoyon qiladi. Muallifi sekin-asta Faridani romanning asosiy motivi bo‘lgan ishq-muhabbat yo‘nalishiga yo‘naltira boradi. Faridani bo‘lasi Komron bilan uchrash-tiradi. Hamma bolalar bilan bemalol janjal-g‘avg‘olar ko‘taradigan Farida Komronga yo‘liqqanida boshqacha bo‘lib qoladi, hamma bolalarga qiladigan qiliqlarini qila olmaydi.

«Qarindosh bolalar orasida faqat bittasidan tortinar, o‘shandangina hayiqar edim. U Basima xolamning o‘g‘li Komron edi. Ammo uni bola deyish uncha to‘g‘ri kelmaydi. Avvalo, yoshi mendan ancha ortiq, qolaversa, juda odobli, vazmin. Bolalarga qo‘shilishni yoqtirmaydi. Qo‘llarini cho‘ntak-lariga suqib olib, yo dengiz bo‘yida o‘zi yolg‘iz aylanib yuradi, yo bo‘lmasa daraxtlar soyasida kitob o‘qib o‘tiradi. Komronning sochlari jingalak, sarg‘ish yuzi esa nozik, oppoq, yarqiroq. Shunchalar yarqiroqki, yuragim chopsa-yu, quloqlariga yopishib olib, yaqindan betlariga qarasam, xuddi
oynadagi kabi o‘zimni ko‘rishimga ishonaman».

Adib shu zaylda Komronning tabiati va tashqi qiyofasi – portretini Faridaning qalami bilan chizib ko‘rsatadi. Albatta, bu qiyofa, tasvirlar Faridaning qalb oynasiga solib qaralishida hech qanday g‘ayritabiiylik yo‘q. O‘rni-o‘rni bilan bu tasvirlar orasiga Faridaning istehzolari, piching va kinoyalari
qo‘shiladi. Bunday ruhiy-psixologik tasvir yo‘sini obraz tabiatini, ichki kechinmalarini, boshqalardan farqli xarakterini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Romanda berilishicha, Komron bilan Narimon degan bir tul ayol o‘rtasidagi munosabatlarni Farida ulkan bir daraxt tepasida o‘tirib tomosha qiladi.

Eng qizig‘i, qalbiga muhabbat mehmon bo‘layotgan qizlar Faridaning shunday go‘zal va bebaho tuyg‘udan bebahra ekanini o‘ylayotgan bir mahallarida u g‘alati kayfiyatga tushadi. Barcha sinfdosh qizlar bu o‘zgarishni darrov sezishadi. Farida o‘zining ham boshqa qizlarga o‘xshagan qalb egasi ekanini anglatish uchun Komron bilan Narimon o‘rtasidagi uchrashuv sahnasiga o‘z laqabini qo‘yib gapirib beradi. Demak, yozuvchi sekin-asta shu ikki qahramonni allaqanday poetik rishtalar vosi-tasida bir-biriga yaqinlashtira boradi.

Yozuvchi Faridaning o‘n besh yoshlik paytidagi ajib bir ziddiyatni, ya’ni sho‘xlik-o‘jarliklari qolmaga-nini, ammo go‘zallashib borayotganini «Fe’li bo‘ri bolasiga o‘xshasa-yu, yuzi rassom chizganday chi-royli bo‘lsa!» degan bir kimsaning ta’biri bilan ta’kidlaydi. Farida o‘z dugonalari, xususan, Mishel ismli qiz bilan sirlashadi, kerak bo‘lsa, uning ko‘zi oldida sevishganlar rolini ham ijro qiladi. Shunday ijrolardan keyin Farida o‘ylanib qoladi: «Sevgi degan narsaning roli odamni shu qadar yondirib titratsa, kim biladi, uning o‘zi qanday ekan?»

Darhaqiqat, roman shunday olovli, o‘tli muhabbatning tarixidan ham so‘zlaydi. Farida bilan Kom-ronning o‘zaro yaqinlasha borishi uchun adib Mujgon obrazidan ham foydalanadi. Farida o‘zining Komronga munosabatlarini, barcha qilg‘iliklarini so‘zlab berganida, Mujgon Komronning ham Faridaga befarq emasligini aytadi. Farida bundan jahllanadi, xayolga beriladi. Roman boshlanishi-dagi yosh qizning hayot yo‘li bora-bora Birinchi jahon urushi davridagi turk xalqi hayotidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy muammolar foniga olib o‘tiladi.

Roman faqatgina Farida bilan Komron orasidagi ishq-muhabbat bayonidangina iborat emas, balki oddiy xalqning turmush tarzi, boshidan kechirgan mashaqqatlari, insonlararo murakkab munosa-batlarini haqqoniy yoritishi jihatidan ham muhim sanaladi. Muhtaram o‘quvchi! Farida bilan Komron o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zbek adabiyoti tarixidagi, ayniqsa, avval o‘tgan sinflarda o‘qilgan asar-larning aynan shunga yaqin qahramonlari qismati bilan qiyoslash ham o‘rinli bo‘ladi.

Xususan, Otabek bilan Kumush yoki Anvar bilan Ra’no o‘rtasidagi go‘zal insoniy fazilatlar «Choliqushi» romani bosh qahramonlari tabiatida ham qaysidir shaklda o‘z ifodasini topgan. Bunday tasavvur o‘quvchida badiiy adabiyotni boshqa xalqlarning asarlari va ulardagi obrazlar bilan qiyosiy o‘rganish malakasini hosil qiladi. Qolaversa, «Choliqushi»dan olib taqdim etilgan bu parchadagi joziba siz azizlarda romanni to‘la o‘qishga rag‘bat uyg‘otishi ham tabiiy.

Savol va topshiriqlar

  1. Turk adiblaridan yana kimlarni bilasiz?
  2. «Choliqushi» romanining asosiy mavzusi nima?
  3. Qanday qilib Farida «Choliqushi»ga aylandi?
  4. Faridani boshqalardan ajratib turadigan tabiatiga xos xususiyatlar to‘g‘risida fikringizni ayting.
  5. Asardagi Komron, Narimon, Mujgon obrazlariga tavsif bering.
  6. Roman voqealari qayerda sodir bo‘ladi?
  7. «Choliqushi» romani bilan o‘zbek adabiyotidagi shunday
    romanlarni qiyoslang.
  8. «Choliqushi» romanini to‘liq o‘qib chiqing va shu nomdagi
    film asosida qiyosiy muhokama qiling.
  9. Siz ham o‘z xotiralaringizni yozib borasizmi? Yoki bunday
    fikr sizda endi uyg‘ondimi?
  10. «Faridaga maktub» mavzusida kichik ijodiy matn yozing.
Оцените материал
( 1 оценка, среднее 5 из 5 )
Nargiza Umarova/ автор статьи

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: