Internet haqida hamma eshitgan va hamma unda ishlashni xohlaydi. Ma’lumki, Internet axborotni uzoq masofalarga daqiqalar ichida uzatish imkonini beradi. Shuning uchun bu darsda Internetning kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi haqida ma’lumot beriladi. |
Web-brauzerlar
Siz avvalgi sinflarda bir nechta amaliy dasturlar bilan tanishdingiz. Masalan, Word – matn, Paint – grafik ko‘rinishdagi axborotlar bilan ishlashga, Kalkulyator esa hisobkitob ishlarini bajarishga mo‘ljallangan dasturlar edi. Xuddi shunday, Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so‘z bo‘lib, ko‘rishni ta’minlash, ko‘rsatish ma’nosini anglatadi.
Birinchi Webbrauzer 1990 yilda CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, nomi World Wide Web bo‘lgan. Hozirgi kungacha juda ko‘p Webbrauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper, Ne tscape Naviga tor, Ne tscape Communicator, Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir. Shulardan eng mashhurlari quyidagilar:
Microsoft firmasining Internet Explorer dasturining Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritilganligi, bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.
Webbrauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Websahifalarni xotiraga yuklash va ko‘rsatish;
- Websahifani diskka yozib qo‘yish (saqlash);
- WWWdagi manzili bo‘yicha Websahifani chaqirish.
Internet Explorer dasturi interfeysi
Internet Explorer dasturi Пуск menyusi tarkibidagi Windows ish stoli yoki masalalar paneliga joylashtirilgan yorlig‘i orqali ishga tushiriladi. Internet Explorer dasturida ishni tugallash uchun piktogrammasini yoki fayl menyusining «Закрыть» – ya’ni yopish buyrug‘ini tanlash yoki «Alt + F4» klavishlarini birga bosish yetarli.
Internet Explorer kompyuterga yuklanganda quyidagi ko‘rinishdagi oyna ochiladi:
Sarlavha satrida dastur (Microsoft Internet Explorer) hamda joriy hujjat nomi aks etib turadi.
Menyular satri quyidagilardan iborat:
Fayl Файл | Tahrir Правка | Ko‘rinish Вид | Tanlangan Избранное | Servis Сервис | Ma’lumot Справка |
Har bir menyu ma’lum amallarni bajarishga mo‘ljallangan buyruq va ko‘rsatmalar majmuidan iborat. Ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
- Fayl menyusi orqali, asosan, Websahifani ochish (kompyuter xotirasiga yuklash), uni o‘z nomi yoki boshqa nom bilan saqlab qo‘yish, Websahifani qog‘ozga chop etish, dasturdan chiqish ishlari amalga oshiriladi.
- Tahrir menyusi yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish, izlash kabi amallarni bajarish mumkin.
- Ko‘rinish menyusi tarkibiga, asosan, dasturning ekrandagi ko‘rinishiga ta’sir etuvchi (uskunalar paneli, manzillar satri, holat satrini ekrandan olib qo‘yish yoki joyiga qaytarib qo‘yish, shrift o‘lchami va kodlash usulini o‘zgartirish) amallar kiradi.
- Tanlangan menyusiga kirgan amallar yordamida o‘zingizga yoqqan yoki ko‘p foydalanadigan websahifalarni saqlab qo‘yish, ularga yangi larini qo‘shish, tartiblash ishlarini bajarish mumkin.
- Servis menyusi dastur xususiyatlarini sozlash (dastur ishga tushirilganda avtomatik yuklanadigan websahifani tanlash, websahifadagi audio, video va animatsiyalarini ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik va hokazo) uchun mo‘ljallangan.
- Ma’lumot menyusi yordamida Microsoft Internet Explorer dasturidan foydalanish haqida ma’lumot olish mumkin.
Internet Explorer dasturining uskunalar paneli
Menyular tarkibiga kirgan amallarning ba’zilari kam qo‘llanilsa, ba’zilari tez-tez qo‘llaniladi. Ko‘p qo‘llaniladigan amallarni bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda uskunalar paneli tashkil etilgan. Uskunalar paneli tugmalar majmuidan iborat bo‘lib, har bir tugma ma’lum amalni bajaradi.
Uskunalar paneliga yangi amallar kiritish yoki undagi ixtiyoriy amalni olib tashlash mumkin. Quyida uskunalar paneliga kirgan asosiy amallar keltirilgan:
Orqaga (Назад) | Oldinga (Вперед) | To‘xtatish (Остановить) | Yangilash (Обнавить) | Bosh sahifaga (Домой) |
Izlash (Поиск) | Tanlangan (Избранное) | Jurnal (Журнал) | Pochta (Почта) | Chop etish (Печать) |
Bu amallar, odatda, Internet Explorer menyulariga deyarli murojaat qilmasdan ishlashni ta’minlaydi. Internet Explorer dasturi ishlash uchun qulay bo‘lib, oson o‘zlashtiriladi. Chunki, bu dastur yordamida Internet tarmog‘idagi websahifa ochiladi va zarur bo‘lsa, qog‘ozga chop etiladi yoki diskda saqlab qo‘yiladi.
Internet tarmog‘idagi websahifani ochish uchun Internet Explorerning manzillar satriga kerakli websahifa manzilini yozib, ENTER klavishini bosish kifoya. Masalan, manzillar satriga www.google.ru deb yozib, ENTER klavishini bossak, bir necha soniyadan keyin ma’lumotlar oynasida google.ru websahifasi paydo bo‘ladi. Xuddi shunday ketma-ket bir nechta websahifani ochish mumkin. Uskunalar panelidagi «orqaga» va «oldinga» amallari yordamida ochilgan websahifalar bo‘ylab harakatlanish, ya’ni oldingi yoki keyingi ochilgan websahifaga o‘tish mumkin.
Websahifaning hajmiga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi mumkin. Websahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekranda astasekin ko‘rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi «To‘xtatish» tugmasini bossangiz, websahifani internetdan qabul qilish to‘xtatiladi va ma’lumotlar oynasida mazkur websahifaning o‘qib ulgurilgan qismi qoladi.
Ma’lumotlar oynasidagi websahifani qog‘ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi «chop etish» tugmasi bosiladi. Tez-tez murojaat qilib turiladigan websahifalarni «Tanlangan» papkasiga qo‘shib qo‘yish mumkin. Buning uchun uskunalar panelidagi «tanlangan» tugmasi bosiladi.
Hosil bo‘lgan «Tanlangan» oynasidagi «Qo‘shish…» (Добавить…) tugmasi bosilsa, ekranga «Tanlanganlarga qo‘shib qo‘yish» (Добавление в избранное») lavhasi chiqadi. Bu lavhadagi «Ok» tugmasi bosilsa, ko‘rsatilgan websahifa «Tanlangan» papkasiga qo‘shib qo‘yiladi. Keyinchalik «Tanlangan» papkasiga kirganda, undagi websahifalar ro‘yxatida mazkur websahifa nomini ko‘rish mumkin. Endi bu websahifani chiqarish uchun uning ro‘yxatdagi nomini tanlash kifoya.
- Internetning WWW xizmatidan foydalanish imkoniyatini beruvchi dasturlar haqida ma’lumot bering.
- Webbrauzerlarning asosiy vazifalarini aytib bering.
- Birinchi Webbrauzer qachon va kim tomonidan ishlab chiqarilgan?
- Internet Explorerni ishga tushirish usullarini amalda ko‘rsatib bering.
- Internet Explorerning menyulari haqida so‘zlab bering.
- «Tanlangan» menyusining asosiy vazifalarini izohlang.
- Internet Explorerning uskunalari vazifalarini tahlil etib bering.
- Nuqtalar o‘rniga o‘ng ustundagi kerakli so‘zlarni joylashtirib ko‘chiring:
Birinchi … 1990yil Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan | Web-sahifa |
Webbrauzerlar – …ni ko‘rsatishni ta’minlovchi dastur. T | Tahrir menyusi |
… yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish amallari bajariladi | Web-brauzer |
- «Tanlangan» papkasiga quyidagi websahifalardan birini qo‘shing:
www.uzedu.uz | www.uMail.uz | www.ziyonet.uz | www.y-maktab274.zn.uz |
www.uz | www.google.uz | www.yahoo.com | www.rabler.ru |
- Quyidagi jadvalning har bir ustuniga berilgan harflar bilan boshlanadigan shu bobda o‘rganilgan tushuncha, atama, qurilma va dasturlarni yozing:
A | I | M | P | W |
? | ? | ? | ? | ? |
- Quyidagi jadvalning birinchi ustunidagi dasturni ishga tushirish uchun keyingi ustundagi amallardan to‘g‘ri amallar ketmaketligini tuzing: