Mustaqillik davri dramaturgiyasi

Muhtaram o‘quvchi! Siz jahon adabiyoti tarixidan joy olgan eng nodir dramatik asarlarning sahna talqinlarini ko‘rgan, o‘zbek milliy dramalarining ko‘p namunalaridan boxabar bo‘lishingiz kerak. Zero, ushbu adabiy turning yuzaga kelishida o‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining ta’siri bilan bir qatorda dunyo adabiyotining yetakchi dramatik an’analari ham katta ahamiyat kasb etdi.

 Adabiyot darsligi mundarijasiga qaytish

Adabiyotshunoslik fani e’tiboridan dramaga xos adabiy-nazariy qonun-qoidalarga mos asarlarning sahnaga chiqishi XX asr boshlaridagi o‘zbek madaniy muhiti bilan bog‘liq, albatta. Jadid ma’rifatchilari dramatik asarlar o‘ynaladigan teatr sahnasiga ibratxona sifatida qarashgan edi. Teatr sahnalari o‘z vaqtida taraqqiyot yo‘liga chiqayotgan xalq uchun bamisoli oyina vazifasini o‘tadi. Shunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek dramaturgiyasining o‘ziga xos uzoq tarix qa’ridan kelayotgan adabiy-estetik umumiy asosi va o‘tgan asr boshlariga borib taqaladigan yuz yillik tarixi bor.

O‘zbek dramasi tarixidan siz «Padarkush» (Mahmudxo‘ja Behbudiy), «Abulfayzxon» (Fitrat), «Sohibqiron» (Abdulla Oripov) kabi ayrim namunalarni o‘qigansiz, albatta. Dramatik tur janrlaridan biri bo‘lgan komediyada muallif o‘z g‘oyasini xarakter, kulgi va shunga mos tanlangan voqelikning sahnadagi badiiy talqini vositasida ifodalaydi. Fojia janrida esa qahramonlararo, mavjud ijtimoiy-ma’naviy muhitlararo haddan tashqari kuchli ziddiyatlar oqibati bo‘lgan fojia ko‘rsatiladi; bu ayanchli vaziyat tufayli o‘quvchi yoki tomoshabin qalbida achinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi.

Yana bir e’tiborli jihat shuki, o‘zbek dramaturgiyasi tarixida o‘zida har ikki adabiy janrga xos xususiyatlarni jamlagan «Temir xotin» nomli (Sharof Boshbekov) tragikomediya ham mavjud. Uni ko‘rgan yoki o‘qigan odam asarda qatnashayotgan obrazlar holidan ba’zan beixtiyor kuladi va ayni damda og‘ir mehnat ostida ezilgan insonning fojiaviy holatidan qayg‘uga botadi, chuqur o‘yga toladi. O‘zbek dramaturgiyasi tarixida mustaqillik davri alohida bosqich sanaladi.

Bu davr o‘zbek dramalarida o‘zbekona turmushning eng muhim qirralariga, milliy qadriyatlar va urf-odatlar talqiniga alohida diqqat qaratiladi. Mustaqil mamlakatning har bir ongli odami o‘zligini, o‘z o‘tmishini, dunyo ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va san’atiga beqiyos hissa qo‘shgan ajdodlarining ulkan mutafakkir shaxslar bo‘lganini juda teran anglashi lozim. Insonga milliy o‘zlikni anglatishda dramatik asarlar so‘z san’atining boshqa janrlariga qaraganda kuchliroq ta’sir o‘tkazadi.

Sahnadagi qahramonlarning so‘zlaridan ta’sirlanadi va ularning xatti-harakatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi; ba’zan sahna bilan tomoshabin orasidagi chegara yo‘qoladi. Aktyorlar sahnadan odamlar orasiga tushib keladi; tomoshabin esa bamisoli o‘zini sahnada his etadi. Har qanday badiiy asarda insonlarning ma’naviy kamoloti yoki tubanlashuvining obrazli tasviri muhim sanaladi.

Jumladan, mustaqillik davri o‘zbek dramalarida ham zamon kishilari yoki tarixiy shaxslarning odilligi, haqgo‘yligi, xolisligi, olimligi, sadoqati, mardligi hamisha shu insoniy fazilatlarning zidi bo‘lgan axloqiy-ma’naviy tushunchalar bilan yonma-yon muhokama qilinadi.

Tabiiyki, bunday murakkab va ziddiyatli hayot girdobiga tushgan qahramonlar orasidan har doim yuksak insoniy kamolot darajasiga ko‘tarilgan chin ma’nodagi yuragi butun shaxslar g‘olib bo‘lishadi. Sir emaski, hamma zamonlarda dramatik asarlar bevosita sahna hayoti bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Muallif qahramonlarining sahnada o‘zlarini tutishlarini va o‘sha asarni tomoshabin qanday qabul qilishini ko‘z oldiga keltirishi hamda syujet voqeligining barcha komponentlarini puxta o‘ylashi
kerak.

Boshqa adabiy tur va janrlar bilan dramatik asarlar taqqoslanganida uning poetik xususiyati va tarkibiy tuzulishini yaxshi anglab olish mumkin. Dramatik asar voqelikning o‘ziga xos badiiy talqini bo‘lgani uchun obrazlar tabiati ham dialogik va monologik nutq, xatti-harakat, imo-ishora, sukut, yig‘i yoki kulgi kabi sahnaga xos tasviriy-psixologik vositalar yordamida ochiladi. Tabiiyki, bu omillar sahna asarining umrboqiyligini ham belgilaydi. Umuman, bugungi o‘zbek dramaturglari ozod yurt yoshlarining ma’naviyati yuksak, axloqi pok, ruhiy olami mustahkam bo‘lishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqda.

Оцените материал
( Пока оценок нет )
Nargiza Umarova/ автор статьи

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: