Mustaqillik davri adabiyoti

XX asr o‘zbek xalqining boy madaniyati va badiiy tafakkuri tarixida alohida o‘ziga xos bosqich sanaladi. Bu davrda o‘zbek adabiyotining taraqqiyot yo‘lida realistik tasvir tamoyili yetakchilik qildi; badiiy adabiyot ijtimoiy hayotga, insonlar dardiga yaqinlashdi, qalamga olingan mavzular zamon bilan, mavjud umuminsoniy muammolar bilan bog‘landi.

 Adabiyot darsligi mundarijasiga qaytish

Eng muhimi, XX asr oxirida birorta o‘zbekistonlikning yodidan chiqmaydigan tari xiy voqea sodir bo‘ldi, ya’ni 1991- yil 1-sentabrida O‘zbekis ton mustaqillikka erishdi. Barcha o‘quv dargohlarida o‘quv yilining birinchi kunida betakror bayramona kayfiyat hukm suradi. Demak, o‘sha voqelikdan keyingi davr adabiyoti «Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti» deb atalishi tabiiy sanaladi.

Badiiy ijodning har bir yo‘nalishi – nazm, nasr va dramaturgiya mohiyat e’tibori bilan mustaqillik davrining mavzulari bilan boyidi. Bu holat o‘zbek adabiyoti tarixida yangi davr boshlanganidan darak beradi.

Mustaqillik davri o’zbek sheriyati

O‘zbek she’riyati istiqlol yillarida o‘ziga xos yangi adabiyestetik hodisa sifatida namoyon bo‘la boshladi. Badiiy ijod maydonida shoirlar uchun erkin ijodiy muhit yuzaga keldi. Adiblar o‘z ma’naviy dunyosini, olam va odamga doir qarashlari, individual his-tuyg‘ularini bor holicha taqdim qila boshlashdi. Mafkuraviylashgan eski adabiy siyosatdan boshqacha, ya’ni inson erkini qadrlash, Vatanning chin saodati, buyuk kelajagi uchun qayg‘urish, milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi qator mavzular bu davr she’riyatida yetakchilik qildi.

Vatan – ijod ahlining yuragiga eng yaqin, juda muhim va doimiy mavzu. O‘zbek adabiyoti tarixida yurtning go‘zal tabiatini, osmono‘par tog‘larini, dala-dashtlarini, bepoyon qirlarini, bebaho ma’danlarini madh etgan she’rlar ko‘p yozildi. Tabiiyki, bu muazzam va muqaddas Vatan borlig‘i faqat moddiy ne’matlardangina iborat emas. Abdulla Oripov bir she’rida: «Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo!» deb xitob qildi.

Zotan, bu ko‘hna zaminda O‘zbekistonning ma’naviy muhitini, ob-havosini, shon-sharafini, shuhratini dunyoga tanitib turgan, eng muhimi, Vatan timsoliga aylangan ulug‘ siymolari bor. Bu ulug‘larning nomi yurtning uzoq-yaqin tarixi sahifalarini bezaydi. Ular orasida jahon ilm-faniga, ma’naviyat va adabiyot xazinasiga ulkan hissa qo‘shganlari, Erkin Vohidov ta’biri bilan aytganda, «sirli olam toqiga ilk narvon» qo‘ygani ham, «she’riyat mulkida shoh-u sulton» bo‘lgani ham, dushmanlarga qarshi «ko‘ksi qalqon» vatanparvarlari ham mavjuddir.

O‘z vaqtida Vatan ozodligi, hurligi va erki ramziy ravishda shoirlar ijodining asos-negiziga joylandi. Nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyoti tarixida Vatan haqida she’r yozmagan shoir kamdan-kam topiladi. Albatta, ularning badiiy saviyasi, ta’sir quvvati, yuraklardan joy olishi turlicha. Ayrim holatlarda shoir Vatan so‘zini she’rida qo‘llamasdan ham el-yurtiga mehrini izhor qilishi mumkin. Ba’zan ayni so‘zning beto‘xtov takrori she’riyat muxlislarining ixlosini qaytaradi.

Har kim Vatanni o‘zicha tushunadi, o‘zicha suyadi, sog‘inadi, o‘zicha kuylaydi; Vatani bilan faxrlanadi. O‘z tuprog‘idan, gulidan, gulistoni bo‘stonidan, oshyoni-dilistonidan ajralgan bulbulning mungli fig‘oni falakka chiqadi. Odamning o‘z yurtiga mehr-muhabbati yoki ayriliq sog‘inchi ana shunday an’anaviy obrazlarda ham ifoda qilinadi. She’riyatdagi Vatan haqidagi badiiy so‘z shoir tabiatiga, ruhiyatiga, dunyoni anglashi va anglatishiga daxldor so‘zdir.

Ko‘pincha, shoirning o‘zligi, ichki «men»i bilan tashqi ijtimoiy muhit bitta lirik qahramonda jamlanadi. Vatan o‘sha obrazda namoyon bo‘ladi va, aksincha, shoirning o‘z dunyosi yoki yaratgan qahramoni Vatan timsoliga aylanadi… To‘g‘risi, har qanday adabiy hodisalar, she’riy asarlar o‘z-o‘zidan go‘zallik kashf etmaydi. She’riyatning ta’sir quvvati uchun shoirlarning iste’dod darajasi va shu iste’dodni namoyon etish uchun sog‘lom adabiy muhit muhim sanaladi.

Mustaqillik davri she’riyati mazmunan yangilanib borayotgan she’riyat sanaladi. Shu bilan bir qatorda, turli she’riy shakllar bo‘yicha tajribalar ham qilindi. She’rda ta’sir quvvati, har bir shoirning o‘z o‘quvchisiga o‘z aytar so‘zi va o‘ziga xos uslubi bo‘lishi lozim.

Bu dunyoga bir qo‘shiq,
Berib ketgin, shoirim –
Marhumlar uyg‘onsinlar,
Uxlolmasin tiriklar.

(Usmon Azim)

Bu o‘tkir va o‘ziga xos poetik tabiatli to‘rt misrada shoir o‘z zamondoshlarining badiiy jihatdan yuksak, ta’sirli, umrboqiy she’rlar yozishga chaqirayotgandek taassurot qoldiradi. Shunday she’riy namunalarni o‘z tarkibida jamlagan o‘nlab shoirlarning to‘plamlari aynan istiqlol yillarida dunyo yuzini ko‘rdi. Mustaqillik yillarida qator katta va yosh avlod ijodkorlarining o‘nlab she’riy kitoblari nashr etildi.

Tabiiyki, bu she’riy ko‘ngil izhorlarida har bir shoirning o‘z badiiy olami, mahorati va his- tuyg‘ulari aks etgan. O‘quvchi jahonshumul o‘zgarishlar davrini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan katta avlod shoirlari ijodida istiqlolga shukronalik, yoshlarda esa faxr-iftixor tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan she’rlarga duch keladi.

Оцените материал
( Пока оценок нет )
Nargiza Umarova/ автор статьи

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: