14-dars. Internetda ma’lumotlarni izlash

Axborot hayotimizda muhim ahamiyatga ega ekan, uni Internetdan kerakli vaqtda va zarur miqdorda olib turishimiz kerak bo‘ladi. Lekin Internetdan axborotni qisqa vaqt ichida olish muammosi ham bor. Bu darsda shu muammoni hal etish usullaridan birini ko‘rib chiqamiz.
7-sinf informatika darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH

Qidiruv tizimlari

Internet – bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab web­sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan web­sahifani topish uchun uning Internetdagi manzilini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba’zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog‘idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko‘p foydalaniladigan web­sahifalar manzillari maxsus ma’lumotnomalarda chop etib turiladi.

Lekin ulardan to‘liq axborot olib bo‘lmaydi. Chunki, Internetdagi barcha web­sahifalar manzillarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo‘ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan, internetdagi bir qancha manzillar o‘zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlarining yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi. Qidiruv tizimi – maxsus web­sahifa bo‘lib, Internet tarmog‘idan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi.

Hozirgi kunga kelib o‘nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko‘p qo‘llaniladiganlari sifatida Google, Rambler, Aport, Yahoolarni keltirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog‘ida o‘z manziliga ega. Masalan, yuqorida sanab o‘tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.rambler.ru, www.aport.ru, www.yahoo.com va www.google.uz manzillarga ega.

O‘zbekistonda ham WWW.UZ milliy axborot­ qidiruv tizimi 2006 ­yilning oktyabr oyida UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan ishga tushirilgan edi. Shu davr ichida milliy axborot ­qidiruv tizimi elektron xizmatlar, texnologik qulayliklari va funksiyalari evaziga internet foydalanuvchilari o‘rtasida ommalashdi. 2015 ­yilning 11 ­fevral kuni Milliy axborot­ qiduruv tizimining yangi talqini ishga tushirildi. Milliy qidiruv tizimi interfeysi o‘zbek va rus tillarida tashkil etilgan.

Qidiruv tizimi web­brauzer orqali ishga tushiriladi, ya’ni brauzerning manzillar satriga qidiruv tizimining manzili kiritiladi. Qidiruv tizimlari (web­sahifasi) turli ko‘rinishga ega bo‘lgani bilan, ularning ishlashi deyarli bir xil. Ulardan foydalanishni O‘zbekistondagi milliy qidiruv tizimi WWW.UZ misolida ko‘rib chiqamiz.

Qidiruv tizimida ishlash

Qidiruv tizimini ishga tushirish uchun, eng avvalo, Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Brauzerning manzillar satriga qidiruv tizimining manzili – www.uz/uz (rus tilidagi interfeysni ochish uchun www.uz/ru)ni kiritib, Enter klavishini bosamiz. Brauzer ma’lumotlar maydonida WWW.UZ qidiruv tizimining Bosh sahifasi aks etadi:

14-dars. Internetda ma'lumotlarni izlash

Mazkur interfeys Opera web­brauzerida quyidagi ko‘rinishda aks etadi:

14-dars. Internetda ma'lumotlarni izlash

Avvalambor, Internetdan qanday axborotni izlashni aniq bilish lozim. U biror mavzu bo‘yicha maqola, o‘yin dasturi, kompyuter qurilmalari drayveri va hokazo bo‘lishi mumkin. Milliy qidiruv tizimi katalogidagi hamda foydalanuvchi tomonidan qidiruv tizimi katalogiga qo‘shilgan saytlar ichidagi ma’lumotlarni uning nomi va tavsifi bo‘yicha izlash imkonini beradi.

Agar biror maqolaning nomi yoki biror tavsifi ma’lum bo‘lsa, qidiruv tizimidagi Izlash xususiyatlaridan «Nomi va tavsif bo‘yicha» tugmasi tanlangach, qidiruv satriga shu maqola nomi yoki maqolada uchrashi mumkin bo‘lgan so‘z yoki jumla, ya’ni kalit so‘z kiritilib, qidiruv tugmasi bosiladi. Masalan, informatikadan referatlarni izlash kerak bo‘lsa, u holda qidiruv satriga «informatikadan referatlar» kalit so‘zi kiritiladi. Kalit so‘zni kiritish jarayonida qidiruv tizimi tomonidan turlicha kalit so‘zlar taklif etilishi mumkin (chapdagi rasm).

14-dars. Internetda ma'lumotlarni izlash

Mazkur kalit so‘zga mos izlash natijasida, odatda, qidiruv tizimi sahifasida izlash natijasida aniqlangan manbalar soni, saytlar manzili va nomlari aks etadi (64­ bet, o‘ngdagi rasm). Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha foydalanuvchilar orasida mashhurlaridan biri Google qidiruv tizimi bo‘lib, u juda ko‘p tillarda izlash imkonini beradi. Bu qidiruv tizimini ishga tushirish uchun web­brauzer manzillar satriga «google.uz» so‘zini yozish va Enter klavishini bosish kifoya. Natijada qidiruv tizimining interfeysi aks etadi:

14-dars. Internetda ma'lumotlarni izlash

Bu qidiruv tizimining qidiruv satriga «web­brauzerlar» kalit so‘zi kiritilsa, quyidagi ko‘rinishda izlash natijalari aks etadi:

14-dars. Internetda ma'lumotlarni izlash

Ba’zi qidiruv tizimlari izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo‘yicha izlash imkoniyatini beradi. Mavzular nomi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Ramblerning mavzular ro‘yxatiga «Sport», «Kino va musiqa», «Texnologiyalar», «O‘yinlar» kabilar kiritilgan. Tavsiya etilgan mazvu tanlangach, qidiruv satrida berilgan axborot internetning faqat tanlangan bo‘limga tegishli hujjatlari ichidan izlanadi.

  1. Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni bilish kerak?
  2. Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so‘zlab bering.
  3. Qanday qidiruv tizimlari manzilini bilasiz?
  4. Axborot qidiruv tizimlarida qidiruv satri nima uchun kerak?
  5. Axborot qidiruv tizimi yordamida O‘zbekiston davlati haqida ma’lumot topish jarayonini izohlang.
  6. Axborot qidiruv tizimi yordamida Internetdan sportga oid yangiliklarni topish jarayonini izohlang.
  7. Internetdan kompyuterlarga oid yangiliklarni topish jarayonini izohlang.
  1. Nuqtalar o‘rniga o‘ng ustundagi kerakli so‘zlarni joylashtirib ko‘chiring:
… – maxsus web­sahifa bo‘lib, internet tarmog‘idan
kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi.
Qidiruv tizimi
…lar – web­sahifani ko‘rsatishni ta’minlovchi dastur.Tahrir menyusi
… yordamida qirqib olish, nusxalash, izlash amallari
bajariladi
Web-brauzer
  1. Quyidagi jadvalni har bir ustuniga berilgan harflar bilan boshlanadigan Informatikada o‘rganilgan tushuncha, atama, qurilma va dasturlarni yozing:
AIMPW
?
  1. Quyidagi vazifalardan birini tanlab bajaring:

1) Maktabingiz saytiga kiring va maktabingiz tarixi haqida ma’lumot oling;
2) «Ziyonet.uz» forumidan o‘quvchilar odobiga oid ma’lumotlar oling;
3) «Referatlar.uz» saytidan sohibqiron Amir Temur hayotiga oid referatlar izlang;
4) «Referatlar.uz» saytidan milliy qadriyatlarimizga oid referatlar izlang;
5) «haqida.uz» saytining she’rlar bo‘limiga kirib, tengdoshlaringiz yozgan Vatanimiz haqidagi she’rlarni toping va «Ona vatan – O‘zbekistonim!» mavzusidagi o‘zingiz tayyorlagan hujjatga joylashtiring;
6) «Google.uz» saytidan «Toshkentning 2200 yilligi» mavzusida ma’lumot oling;
7) «Ob­havo.uz» saytidan ertangi kun ob­havosi haqida ma’lumot oling.

Оцените материал
( Пока оценок нет )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: