O’tilganlarni mustahkamlash

Содержание ( Открыть / Закрыть )
  1. Savollarga javob bering
  2. 1-topshiriq
  3. Chegara
  4. 2-topshiriq
  5. 3-topshiriq
  6. 4-topshiriq

Savollarga javob bering

11-sinf Ona-tili darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH
  1. Nutqning boy yoki kambag‘alligi deganda nimani tushunasiz?
  2. Nutqning boyligini ta’minlashda ishtirok etadigan til vositalarini bilasizmi?
  3. Nutqning boyligini ta’minlashda ma’nodoshlikning o‘rni qanday?
  4. Takrorning badiiy nutqdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
  5. Nutq jo‘yaliligi sifatining mohiyati nimadan iborat?
  6. Nutqning jo‘yaliligini ta’minlashda so‘zlovchi va tinglovchining maqomi, yosh xususiyatlari kabi jihatlarni hisobga olish kerakmi?
  7. Nutqning jo‘yaliligi va uslublar munosabati haqida nimalarni bilasiz?
  8. Badiiy nutqda jo‘yalilikning o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishini qanday tushunasiz?

1-topshiriq

Ardoqli adib O‘tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobidan olingan matnni o‘qing. Badiiy maqsad bilan qo‘llangan leksik, grammatik va intonatsion takrorning nutq boyligini ta’minlashdagi o‘rniga diqqat qiling.

Chegara

Odamzod nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan ko‘ra sholg‘om eksa, qozoniga tushadi-ku.
Odamzod nima uchun bulbul chax-chaxini eshitganda entikib ketadi? Undan ko‘ra bulbulni sho‘rvaga solib pishirsa, nafsini qondiradi-ku.

Odamzod nima uchun osmonda charaqlab yotgan yulduzlarni ko‘rib, ko‘ngli zavqqa to‘ladi? Yulduzlar uning hamyonidagi tillalar emas-ku!

Odamzod nima uchun kitob o‘qiyotib, suyukli qahramoni o‘lib qolsa yig‘laydi? Uni yozuvchi «ichidan to‘qib chiqargani»ni biladi-ku!

Odamzod nima uchun bolasining boshida alla aytadi? Go‘dak alla eshitmasa uxlamaydimi?

Odamzod nima uchun nevarasini yetaklab necha zamon avval o‘tib ketgan bobosining qabrini ziyorat qiladi? Marhum ularni ko‘rmaydi-ku!
Gap shundaki, Odamzodni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor. Bu chegaraning nomi Ma’naviyat deb ataladi!

2-topshiriq

Atoqli adib Asqad Muxtorning «Chinor» romanidan olingan parchani o‘qing. Matnning gap qurilishiga e’tibor bering, yozuvchi nutqning boyligini ta’minlashda qanday gap qoliplaridan foydalanganini aniqlang.
Hali oppoq tong. Nur uyg‘otgan qushcha tovushining kumush xalqachalari osmonga o‘rlab ketdi. Nim shabadada yashil bulutning har joyhar joyi sovunday ko‘pirib, azim chinorning sirli bag‘ridan chiqib kelgan sokin va qudratli shovullash olamni tutdi.

Quloq solmaganga bu tovush eshitilmaydi ham, lekin Ochil buva uchun hozir tong ham go‘yo mana shu shovullashdangina iborat edi. U guzardagi katta oq tosh supada tikka turibdi. Ana shu tog‘ qishlog‘ida bunday qoyatosh serob, ular yo‘lkalarda zinapoya, ariqlarda ko‘prik, choyxonalarda supa vazifasini o‘taydi. (Asqad Muxtor)

3-topshiriq

Matnlarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan iboralarni ma’nodosh so‘zlar bilan almashtirib ko‘ring, shundan kelib chiqib iboralarning nutq boyligini ta’minlashdagi o‘rnini tavsiflang.

  1. Bir soat nari-berisida yetti uxlab tushiga kirmaydigan voqeaning sodir bo‘lishi uni esankiratib qo‘ygandi. Umrida birinchi marta samolyotga tushgan odam osmon-u falakning havosini olib, quloqni qomatga keltiradigan motor tovushiga ko‘nikib olguncha es-hushini yig‘olmadi, nima bo‘lganining tagiga yetolmadi.
  2. Keyingi paytlarda Mehriniso o‘g‘lining xoli paytini qanchalik poylasa, Botir bu uchrashuvdan shunchalik qochardi. Qattiq gapirib, cho‘rt kessa, ranjitib qo‘yishini o‘ylardi. Ko‘ngliga qarab rozilik berishni o‘ylasa vahm bosardi.
  3. Mehrinisoning yuragiga g‘ulg‘ula tushgan edi. O‘g‘lining sadoqati, vafosi bilan ich-ichidan faxrlansa, sevganidan judo bo‘lib ezilayotganiga rahmi kelardi. Qay yo‘sinda tasalli berib, yo‘lga solishni bilmasdi. (Rahmat Fayziy)

Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Yuragi qon bo‘lmoq 1. Diltang bo‘lmoq, ziq bo‘lmoq. Varianti: yurak-bag‘ri qon bo‘lmoq; bag‘ri qon bo‘lmoq; yurak-bag‘ri xun bo‘lmoq; bag‘ri xun bo‘lmoq; qon bo‘lmoq. Ma’nodoshi: yuragi siqilmoq. 2. Ruhan azoblanmoq. Varianti: yurak-bag‘ri qon bo‘lmoq; yurak-bag‘ri xun bo‘lmoq (eskirgan); yuragi xun bo‘lmoq (eskirgan); bag‘ri xun bo‘lmoq (eskirgan); qon bo‘lmoq. Ma’nodoshi: yuragi ezilmoq.
O‘pkasi to‘lmoq Iztirob chekib, yig‘lab yuborish holatiga yetmoq. O‘xshashi: xo‘rligi kelmoq; yig‘lamoqdan beri bo‘lmoq.

4-topshiriq

Ukangiz yoki singlingizga xat yozing. Matnda til birliklarining uning yoshiga mos ravishda, ya’ni nutqiy jo‘yalilik talablariga muvofiq tanlanishiga e’tibor qiling.

Оцените материал
( Пока оценок нет )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: