10-Mavzu. 1991 – 2017 yillarda Amerika Qo’shma Shtatlari

Iqtisodiy rivojlanish

1990-yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. O‘sish sur’atlarining pasayishi xo‘jalikning hamma jabhalarini qamrab oldi. Biroq, 1992-yil bahoridan yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari yana jadallasha boshladi. Bill Klinton prezidentligining dastlabki uch yili AQSHning iqtisodiy rivojlanishi uchun muvaffaqiyatli kechdi. Bu davrda iqtisodiy konyunktura yaxshilanib, ishsizlik darajasi va inflyatsiyaning pasayishiga olib keldi.

B. Klinton prezidentligining ikkinchi muddatida uning ma’muriyati ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Federal xarajatlarning asosiy qismi inson resurslarini rivojlantirishga sarflandi. AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirish boshlandi. Bu siyosat B. Klintonning «yangi iqtisodiy falsafasi» nomini oldi.

11-sinf Jahon tarixi darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH
AQSH tarixida «Uotergeyt ishi» qaysi prezident faoliyati bilan bog‘liq?

XXI asr boshiga kelib AQSH iqtisodiyoti texnik taraqqiyotning asosiy manbayiga aylandi. Dunyo bo‘yicha yangi texnologiyalarni yaratishga sarflanayotgan barcha xarajatlarning 1/3 qismi AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi. Dunyo ishlab chiqarishida yetakchi pozitsiyani ta’minlab turgan makro texno logiyalarning ham yarmi AQSHga tegishli edi. Jahonning iqtisodiy yetakchisi bo‘lgan AQSH davr muammolarini muvaffaqiyatli hal qilib, XXI asrga yangi iqtisodiyot bilan kirib keldi. Biroq, 2007 – 2008-yillari AQSHning moliya sektorida boshlangan inqiroz 2009-yilga kelib dunyo miqyosidagi global retsessiyaga aylanib ketdi.

2009-yili jahonda ishlab chiqarilgan YIM Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta salbiy ko‘rsatkichga tushib ketdi. Ishsizlikning misli ko‘rilmagan darajada oshishi mehnat bozorini kuzatishning butun tarixi davomida eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi va 2009-yili dunyoda ishsizlar soni 200 mlnga yaqin kishini tashkil qildi. Miqyosi va oqibatlari bo‘yicha bu inqirozni faqat 1930-yillardagi Buyuk depressiya bilan tenglashtirish mumkin. AQSH iqtisodiyoti 2014-yilga kelib ham to‘liq tiklanmadi.

10-Mavzu. 1991 – 2017 yillarda Amerika Qo'shma Shtatlari

Siyosiy rivojlanish

1980-yillar – 1990-yillarning boshlari neo konservatizm g‘oyasining tantanasi davri bo‘ldi. Bu yillari AQSH ichki taraqqiyotda ham, xalqaro maydonda ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Shunga qaramasdan, 1992-yilgi prezidentlik saylovlarida respublikachi J. Bush kutilmaganda yosh demokrat B. Klintonga yutqazib qo‘ydi. Biroq, demokratlar ham o‘z g‘alabasini mustahkamlay olmadi. 1994-yilgi oraliq saylovlarda demokratlar qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Ikkala palatada ham ko‘pchilik o‘rinlarni, ko‘plab shtatlarda gubernatorlik lavozimlarini ham respublikachilar egalladi.

Respublikachilar partiyasining obro‘yi va ta’sirini tiklash uchun qulay sharoit paydo bo‘ldi. Ammo demokratlarning ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlari 1996-yilgi saylovlarda ikkinchi marta B. Klintonning g‘alabasini ta’minladi. B. Klinton ma’muriyati ijtimoiy sohani o‘z siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qildi. 2000-yilgi saylovlarda yana respublikachilar vakili kichik Jorj Bush prezident etib saylandi. Uning ikkinchi muddat prezidentlik davrida AQSH iqtisodiy inqirozni boshdan kechirdi.

Natijada 2008-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda demokratik partiyadan yagona nomzod Barak Obama AQSH prezidenti etib saylandi. B. Obama prezidentligining ikkinchi muddatida Iroq va Suriyadagi vaziyatning og‘irlashuvi, Yevropa mamlakatlari va AQSHning o‘zida ham terroristik xavfning kuchayishi kabi bir qator muammolar prezident va uning ma’muriyati obro‘yini tushirib yubordi.

1992-yil bahoridan yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari yana jadallasha boshladi.
1992-yilgi saylovlarda respublikachi J. Bush kutilmaganda yosh demokrat B. Klintonga yutqazib qo‘ydi.

Natijada 2016-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan nomzod Xillari Klinton yutqazib qo‘ydi. AQSHning navbatdagi prezidenti etib respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp saylandi. D. Tramp ichki siyosatda Amerikaning buyukligini tiklash, tashqi siyosatda esa boshqa davlatlar ishlariga aralashmaslikni e’lon qilgan edi. Ammo prezidentlik saylovlariga rossiyalik xakerlarning aralashganligi to‘g‘risidagi gumonlar hamda prezident yordamchilarining Rossiya elchisi bilan xufiya uchrashuvlari D. Trampning obro‘yini tushirib yubordi. Bu esa unga o‘zining saylovoldi va’dalarini bajarish imkoniyatini bermayapti.

Tashqi siyosat

1990-yillari AQSH tashqi siyosatining asosiy tamoyillari o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. Yuqori darajada rivojlangan sanoat mamlakati bo‘lgan AQSH turli mintaqalarda o‘zining hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish uchun nafaqat harbiy vositalarga ega. Sanoat, savdo, moliyaviy, ilmiy-texnik, madaniy va boshqa vositalar ham jahon siyosatida juda katta ahamiyat kasb etadi. AQSH xalqaro maydonda shu vositalarning barchasidan unumli foydalanmoqda.

2009-yili dunyoda ishsizlar soni … 1992-yilgi …
1980-yillar – 1990-yillarning boshlari … 1994-yilgi …

B. Obama prezidentligining birinchi davrida dunyoda zo‘ravonlikka, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, AQSHning dunyodagi yetakchilik pozitsiyasini tiklash hukumat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilindi. 2009-yili dunyoni yadro qurolidan xalos qilish, xalqlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida qilgan harakatlari uchun B. Obamaga Nobel tinchlik mukofoti berildi. Ammo ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash Afg‘onistonda to‘liq tugallanmay turib, Yaqin Sharqda keskinlikning yangi o‘chog‘i paydo bo‘ldi.

Iroqda Saddam Husayn rejimi ag‘darilgandan so‘ng Suriyadagi Bashar Asad rejimiga qarshi kurashda mo‘tadil muxolifatchilarni qo‘llab-quvvatlagan AQSH hukumati ISHID ko‘rinishidagi yangi terroristik guruhning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Natijada AQSHning dunyodagi yetakchi davlat sifatidagi obro‘yiga putur yetdi. D. Tramp ma’muriyatiga bir qator tashqi siyosiy muammolar meros qoldi. Ular avvalo xalqaro terrorizmga qarshi kurash hamda Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi ahvol bilan bog‘liq.

Shuningdek, Xitoy va Rossiya bilan munosabatlarda ham taranglik mavjud bo‘lib, ular ham D. Trampdan diplomatik faollikni talab qilmoqda. 2017-yil noyabr oyida D. Tramp Xitoyga qilgan rasmiy tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashuviga, juda katta miqdordagi savdo va investitsiya kelishuvlariga erishdi.

Iqtisodiy konyunktura – bu pulning harakati, foiz stavkalari, valuta kursi, ish haqi, shuningdek, ishlab chiqarish va iste’molning dinamikasi bilan xarakterlanuvchi iqtisodiyotning holati, uning faollik darajasini bildiradi.
Makrotexnologiya – bu belgilangan parametrlarga ko‘ra, ma’lum mahsulot turini yaratish bo‘yicha barcha texnologik jarayonlar (ilmiy-texnik izlanishlar, konstruktorlik ishlari, ishlab chiqarishni tayyorlash, ishlab chiqarish, sotish va loyihani servis qo‘llabquvvatlash) majmuyi.
Pozitsiya – holat, ma’lum voqea yoki hodisaga nisbatan munosabat.
Retsessiya – bu iqtisodiyotda ishlab chiqarishning nisbatan mo‘tadil, unchalik xavfli bo‘lmagan pasayishini yoki iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashuvini anglatadi.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. B. Klintonning «yangi iqtisodiy siyosati» AQSHda qaysi sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan edi?
  2. B. Obama prezidentligining ikkinchi muddatida yuzaga kelgan qanday muammolar prezidentning obro‘yini tushirib yubordi?
  3. AQSH dunyoda o‘zining hayotiy manfaatlarini himoya qilish uchun qanday vositalardan foydalanadi?
  4. B. Obama prezidentligi davrida AQSH qanday xalqaro muammolarga duch keldi?

Mustaqil ish

Xaritadan foydalanib, AQSH shtatlarini toping va tarixiy voqelik bilan bog‘lab izoh bering.
Оцените материал
( Пока оценок нет )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: