Jolinusning fikricha, eslash qobiliyati buzulishining birinchi sababi sodda sovuqlik yoki quruqlik bilan birga bo’lgan sovuqlik. Bunda ko’rilgan narsaning shakli miyada o’rnashmaydi yoki ho’llik bilan birga bo’lgan sovuqlikdan iborat bo’ladi. Bunda keyingi holda miyada o’rnashgan shakllar saqlanib qolmaydi.
Sovuqlikning quruqlik bilan birga bo’lganiga uyqusizlik belgi bo’ladi, hamda bunday kasal oldin o’tgan narsalarni esda saqlagan holda hozirgi va shu paytdagi narsalarni eslay olmaydi.
Agar sovuqlik ho’llik bilan bo’lsa, unda og’ir uyqu bo’ladi. Unday kishi o’tgan narsalarni hech eslay olmaydi. Ammo hozirgi narsalarni o’tgan narsalardan ko’ra ko’proq muddat esda saqlashi mumkin.
Eslash (xotira) ning pasayish sabablari
Agar sabab faqat sodda sovuqliklarning o’zi bo’lsa, uvishish va bosh aylanib, ko’z oldining qorong’ulanishi paydo bo’ladi. Eslash qobiliyati buzilishi ba’zan issiqlik bilan quruqlikdan bo’lib, bunda aql chalkashini ham vujudga keltiradi. Bu kasallik orqa miya bo’lagining o’zida, yoki uning qorinchasuda paydo bo’ladi.
Goho buzilish chekkadagi xiltlar yoki mijoz buzilishining miyaga borib yetishidan ham kelib chiqadi. Buni ba’zisini qadimda tabiblar aytgan bo’lib, u tajriba qilingan va ko’rilgan narsalardir. Xotiraning yo’qolishi, ko’pincha sovuqlik va ho’llikdan, goho miyadagi shishlardan, ayniqsa sovuq shishlardan paydo bo’ladi.
Xotirani davolash yo’llari
- 20 kun 3 mahal gorchitsa talqonini yarim choy qoshiqdan kapalansa, foyda beradi.
- Bir yoshdan ikki yoshgacha bo’lgan bola emizadigan ayol kishining sutini 30 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, xotira o’tkir bo’ladi, ko’rishga ham yaxshi ta’sir qiladi.
- Igir va uzunchoq murchning har biridan 500 grammdan olib, 5 litr suvda 1 kecha qoldirib, 30 minut past olovda qaynatib, 20 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, esda saqlash quvvatini oshiradi.
- Oq murch va zafaron talqonidan 30 grammdan olib, 500 gramm asalga qorib har kuni 1 osh qoshiqdan 1 mahal iste’mol qilinsa, foyda qiladi.
- Igir 500 gramm, qora halida 500 grammdan olib, 1 sutka qoldirib, 30 munut qaynatilib, 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaxshi natija beradi.
- Yana 500 gramm arpa, 500 gramm qora zira talqonlarini 500 gramm toza asal bilan aralashtirib, 20 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, miya shishlaridan bo’lgan kasalga yaxshi ta’sir qiladi.
Yana bir yo’li:
- Qora ziraning 900 gramini 4 litr suvda bir sutka ivitib, 30 minut past olovda qaynatib, 15 kun uch mahal yarim choy qoshiqdan och holda kapalansa, eslash qobiliyatini kuchaytiradi.
Hoji Mengnazar Rustam o’glining «Dard borki, darmon bor» kitobidan.