Abdurauf Fitrat

Abdurauf Fitrat
(1886–1938)

Abdurauf Fitrat

Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886-yil Buxoro shahrida tug‘ildi. Dastlab eski maktabda, keyin Mirarab madrasasida, XX asr boshlarida Istanbulda tahsil oldi. U yerda ijod bilan jiddiy shug‘ullandi. O‘sha davrda «Munozara», «Hind sayyohi bayonoti» singari nasriy asarlari hamda «Sayha» («Chorlov») nomli she’riy to‘plami chop etildi.

 Adabiyot darsligi mundarijasiga qaytish

1917-yil aprelidan 1918-yil martigacha Samarqandda bosilgan «Hurriyat» gazetasiga muharrirlik qildi. 1918-yil Fitrat Toshkentga keladi va asosan, adabiy, ilmiy-ma’rifiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi. 1921-yil Buxoroga taklif etiladi. Shu davrda Fitrat tashabbusi bilan 70 nafar turkistonlik iqtidorli yoshlar Germaniyaga o‘qishga yuboriladi.

Fitrat 1923–1924-yillarda Moskva va Leningradda yashadi, Sharq tillari institutida ishladi. U yerda turk, arab, fors tillari va adabiyotidan dars berdi. Leningrad dorilfununining professori bo‘ldi. Shu yillarda «Abulfayzxon», «Bedil», «Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi asarlar yozdi. Fitrat maktab o‘quvchilari uchun «Adabiyot qoidalari» darsligini, tilshunos olim sifatida o‘zbek tilining qoidalari to‘g‘risida «Sarf», «Nahv» kitoblarini yozdi.

Uning musiqashunoslik sohasiga doir «Shashmaqom», «O‘zbek klassik musiqasi ham uning tarixi», «Sharq musiqasi» kabi tadqiqotlari ham bor. 1937-yil asossiz ravishda «xalq dushmani» degan ayblov bilan qamoqqa olinib, 1938-yil 4-oktabrda Toshkent shahrining hozirgi Yunusobod tumani Bo‘zsuv qirg‘og‘ida otib tashlandi. Mustaqillik davrida Abdurauf Fitrat ijodi keng ommaga qayta yetkazildi. Uning hayoti va ijodi to‘g‘risida ayrim ilmiy risolalar yozildi.

Оцените материал
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: