7-dars. Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash

Kompyuter bilan bog‘liq sanoq sistemasi faqatgina ikkilik sanoq sistemasini emas, balki sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemasini ham o‘z ichiga oladi. Shu sababli sanab o‘tilgan sanoq sistemalari sonlari
orasidagi bog‘liqlikni aniqlash muhimdir.
7-sinf informatika darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH

Bir sanoq sistemasidagi butun sonni o‘nlik sanoq sistemasida tasvirlash

Asosi o‘n bo‘lmagan pozitsiyali sanoq sistemasidagi manfiymas butun sonni o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun uni ixcham ko‘rinishidan yoyiq ko‘rinishga o‘tkazish va yig‘indi natijasini hisoblash kifoya. Masalan:

7-dars. Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash

O‘nlik sanoq sistemasidagi butun sonni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash

O‘nlik sanoq sistemasidagi manfiymas butun sonni p asosli sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun berilgan sonning p ga qoldiqli bo‘linmalaridan biri p dan kichik bo‘lguncha p ga ketma­ket qoldiqli bo‘linadi va qoldiqlar o‘ngdan chapga qarab yozib olinadi. Masalan:

7-dars. Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash
7-dars. Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash

Sonlarni ixtiyoriy p asosli sanoq sistemasidan q asosli sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun, son avval p asosli sanoq sistemasidan o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkaziladi, so‘ng o‘nlik sanoq sistemasidan q asosli sanoq sistemasiga yuqoridagi usullarda o‘tkaziladi. Demak, o‘nlik sanoq sistemasi ixtiyoriy pozitsiyali sanoq sistemalari orasida «ko‘prik» vazifasini o‘taydi. Masalan:

kasrlar

Sonlarni o‘tkazishda 2, 4, 8, 16 lik sanoq sistemalarida yuqoridagi usullardan farqli kodlashni diada, triada va tetrada usullaridan foydalanish qulay. Sonlarni bunday o‘tkazish (kodlash)da butun son oldiga yozilgan 0 raqamlari son qiymatiga ta’sir etmasligi hisobga olinadi. Diada, triada va tetrada usullarida «ko‘prik» vazifasini ikkilik sanoq sistemasi o‘taydi. Quyidagi misollar orqali o‘tkazish mohiyatini tushunish mumkin:

7-dars. Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash
7-dars. Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash
  1. O‘nlik sanoq sistemasidagi butun son boshqa sanoq sistemasiga qanday o‘tkaziladi?
  2. Biror sanoq sistemasidagi butun sonni o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazishni ko‘rsating.
  3. Beshlik sanoq sistemasida butun sonni olib, uni yettilik sanoq sistemasiga o‘tkazishni ko‘rsating.
  4. Diada, triada va tetrada usullari jadvalini yozing.
  5. To‘rtlik sanoq sistemasida butun sonni olib, uni sakkizlik sanoq sistemasiga o‘tkazishni ko‘rsating.
  6. Sakkizlik sanoq sistemasida butun sonni olib, uni o‘n oltilik sanoq sistemasiga o‘tkazishni ko‘rsating.
  7. To‘rtlik sanoq sistemasida butun sonni olib, uni o‘n oltilik sanoq sistemasiga o‘tkazishni ko‘rsating.
  1. O‘tkazishni bajaring:
7-dars. Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash

2. Triada kodlash jadvalidan foydalanib, o‘tkazishni bajaring:

7-dars. Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash

3. Tetrada kodlash jadvalidan foydalanib, o‘tkazishni bajaring:

7-dars. Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash
Оцените материал
( Пока оценок нет )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: