Ruhlar isyoni (Dostondan parcha)

Birinchi fasl

 Adabiyot darsligi mundarijasiga qaytish

Nazrul Islom Bu dunyoga Shoir bo‘lib tug‘ildi.
Ilhom otli pok ziyoga Go‘dak qalbi yo‘g‘rildi.
Nigohidan Sehrli nur Borliqqa nur taradi.
Koinotga u tahayyur Ko‘zi bilan qaradi.
Tunlar unga berdi xayol, Shavq atadi kunduzlar.
Gullar g‘azal aytdi xushhol, Ertak aytdi Yulduzlar.
Ulg‘aydi u, O‘smir bo‘ldi, Yetdi yigit yoshiga.
Ishq otli qush kelib qo‘ndi Yosh shoirning boshiga.
U ham yondi bag‘ri kabob, Ham ochildi chun bahor.
Hijron berdi totli azob, Visol etdi baxtiyor.
Goh shodlik, Goh alamidan Dil chashmasi ochildi.

Uning hassos qalamidan Ishqiy baytlar sochildi.
Bu dunyoga Nazrul Islom Shoir bo‘lib tug‘ildi.
Ibtidodan yoniq ilhom Shu’lasiga yo‘g‘rildi.
Yetti asr avvalgidek Bo‘lsa edi zamonlar, Balki,
Xusrav Dehlaviydek Bitar edi dostonlar.
Tug‘ilsaydi Shoir agar Yarim ming yil ilgari,
Bitar edi ruboiylar Mirzo Bobur singari.
Agar Necha zamon o‘tib Kelmasa bu davronlar,
Bedilona g‘azal bitib Tuzar edi devonlar.
O‘zga edi ammo fursat, O‘zga edi el dardi.
Zamon uning Yonib turgan Yuragini so‘rardi.

***

Shoirni u tug‘ilmasdan Gado qilgan edilar.
O‘z yurtida O‘z yurtidan Judo qilgan edilar.

Bir tomonda, Yovni emas, Bir-birini beomon –
So‘yar edi taqvodan mast Hindu bilan musulmon.
Bir tomonda Na uy ko‘rib, Na bir to‘shak, och, xarob,

O‘rab uning naq yurakdek Ona Hindistonini,
Zobitlar oq o‘rgimchakdek So‘rardilar qonini.

Ko‘chalarda hayot qurib, O‘lim topgan behisob.
Ganga oqar ko‘zyosh bo‘lib, Jamuna lim bo‘lib qon.
Bori butun bardosh bo‘lib Najot kutar Hindiston.

***

Har nechakim zo‘r iste’dod,
Toshqin ilhom, U nega,
Xalqing yotsa chekib faryod,
Yaramasang kuniga.
Shoir esang, Shoir bo‘lib
Nega kelding hayotga,
Eling yotsa dardga to‘lib,
Kelolmasang najotga?!
Ne shoirsan, Tashbihlarning
Bormi asli keragi,

Bo‘lmasa el g‘ami – darding,
Yuraging – el yuragi?!
Nazrul Islom Hind xalqining
Zardobini yutardi.

Nazrul Islom O‘z qalbini
Bayroq qilib ko‘tardi.
Yuragida to so‘nggi dam
Isyon o‘ti so‘nmadi.
Haqsizlikka ko‘ndi olam,
Ammo shoir ko‘nmadi.
Ko‘rgilik bu, dedi hindu,
Taqdir, dedi musulmon.
Lekin Zo‘rlar zulmiga u
Tan bermadi hech qachon.
O‘zni o‘tga otdi aniq,
Joni borki, kurashdi.
Umri uning Mangu yoniq
Qo‘shiqlarga tutashdi.

Isyon qo‘shig‘i

«So‘yla, inson, So‘yla, qadding
Ko‘tarib baland.
Yuksaklikda sening qadring
Himolay monand.
So‘yla, Sening poyingdadir
Bu ulug‘ zamin.

Sen Indrasan, Ko‘kda ismat
Chirog‘in yoqqan.
Sen Shivasan, koinotni
Barbod qilguvchi.
Sen Gangasan, bu hayotni
Obod qilguvchi.
Sen – Durganing tosh yuragi,
Shafqat bilmaysan.
Sen – Krishna qo‘lidagi
Kuylagan naysan.
Izmingdadir cheksiz fazo,
Zamin-u zamon, Bu olamga ega tanho
O‘zingsan, inson!
Tangrilarni to osmon Ko‘targan ham sen,
Sajda qilgan, Yana isyon
Ko‘targan ham sen.
Ham shafqat-u Beozorlik
Yashar qoningda.
Ham fidoyi isyonkorlik
Yonar joningda.
So‘yla, inson,
So‘yla, qadding ko‘tarib baland.
Yuksaklikda sening qadring
Himolay monand.
Qullik senga ko‘p maloldir,
Ammo ne uchun Boshing egik,

So‘yla, otib zolim asr
Dard-u alamin.
Sen o‘tmishni supurguvchi Kuchli bo‘ronsan,
Osmonlarga ot surguvchi Sohibqironsan.
Sen chaqmoqsan, Qaro zulmat
Bag‘rini yoqqan.

Tiling loldir, Qomating zabun?
Tangrilarga bo‘ysunmagan,
Bermagan bardosh, Bandasiga bugun nega
Egadirsan bosh?
Sababkormi yolg‘iz taqdir
Holingga saning?
Bilasanmi, do‘sting kimdir,
Kimdir dushmaning?
Asriy g‘aflat yetar endi,
Ey, mazlum inson!
Uyg‘onmoqning vaqti keldi,
Bosh ko‘tar, uyg‘on!
Bosh ko‘targil, Ming yil to‘kkan
Ko‘z during haqqi.
Qo‘zg‘al, Asriy qullik bukkan
G‘ururing haqqi.
Qo‘zg‘al, Buyuk Tojmahalning
Shukuhi uchun.
Qo‘zg‘al, Ulug‘ bobolarning
Pok ruhi uchun.
Erk bongin ur, Sen intiqom –
Tablin baland chol.
Tug‘ilgansan ozod, mudom
Ozod bo‘lib qol».

***

Isyon she’ri Mushoira –
Minbaridan yangradi.
Kim dedi:
Bu she’rmas sira,

«Bu she’r Sharqqa xosdir, nahot?
Na ishqiy, na rindona…
Bunday ash’or Sa’diyga yot,
Hofiz uchun begona».
«Ul kun Budda: «Mard agar sen
Dardni ichga yut, degan.
Ul yuzingga ursalar sen,
Bul yuzingni tut, degan».
U dunyoda baxting ta’min
Bu dunyoda cheksang g‘am».
Shunday deya bergan ta’lim
Ul… Ustodi mukarram.
Malomatga qoldi endi
Shoir bitib haq doston.
Hindu uni «jobon» dedi,
«Kofir» dedi musulmon.

Kim dilidan angladi.
Yurt og‘zida bu she’r bahsi,
El tilida bahosi, «Qani she’rda gullar raqsi?
Qani bulbul navosi?»

«Bu isyonni, bu nifoqni
Chiqarmoq ne zohirga.
Siyosat-la o‘ynashmoqni
Kim qo‘yibdi shoirga».
«U hali yosh, Hali go‘dak,
Zarra parvo etmaydi.
Es-hushi yo‘q hayiqqudak,
Jon qadriga yetmaydi».
«Ha, zulm bor, Haqsizlik bor,
Barchaga bu ayondir.
Ammo buni zinhor-zinhor
Aytib bo‘lmas zamondir».
«Hamma bilar, Inson erkin –
Yashashi shart poyidor.
Biz ham aytsak bo‘lar, lekin
Uyda bola-chaqa bor…»

Ikkinchi fasl

G‘alayon

Kalkutta, 1926-yil.
Kalkuttani Quchdi g‘ulu,
Bosh ko‘tardi olomon.
Qutlug‘ jang, deb turdi hindu,
G‘azot, dedi musulmon.
Barahmanlar dovul qoqdi,
Fatvo berdi Imomlar.
Ko‘cha to‘lib qonlar oqdi
To‘qnashganda imonlar.
Farzandidan ona ayr-u,
Otasidan – qiz, o‘g‘lon,
Budda haqqi, Bos, der hindu,

Ikki jondosh el aro din
Yana soldi adovat.
Aslida-ku Hayot og‘u,
Turmush o‘zi – zimiston.
Aybdor emas bunga hindu,
Gunohkormas musulmon.
Aslida-ku… Beiztirob
Ho‘plab qora qahvoni,
Derazadan oq tan janob
Kuzatar mojaroni.
U ko‘p xursand, Labda kulgu,
Ko‘zi chaqnar komiron.
Musulmonni yanchar hindu,
Hindni esa musulmon.
Janob shodon, Ushalmoqda
Niyatning eng ulug‘i.
Hosil berdi shu tuproqda
Ekkan nifoq urug‘i.
Bo‘lmasin, deb qilar orzu,
Bu nizoga hech poyon.
Mayli, Ko‘proq o‘lsin hindu,
Ko‘p qirilsin musulmon.
Nazrul Islom Olomonga
Qaradi-yu oh chekib –
O‘zni otdi tik maydonga
Yoqasini chok etib.
Faryod qildi:
«Ne vahshat bu,
Bas, xaloyiq! Al-omon!
Qotillikni to‘xtat, hindu,
G‘azotni qo‘y, musulmon –

Eldan omad ketsa, dastlab
Hamjihatlik yo‘qolgay.
Bunday elni, Sirtmoq tashlab,
Har bosqinchi yiqolgay.
Bu adovat Nahot, mangu?
Nahot, bitmas bu qiron?
Do‘st bo‘lolmas Nahot, hindu –
Jigariga musulmon?

Alqasos, der musulmon.
Hindu ishi tahqir bo‘ldi,
Muslim ishi – tahdidlar.
Butxonalar vayron bo‘ldi,
Yakson bo‘ldi Masjidlar.
Rikshami bu, sohibmi bu,
Gadomi yo zodagon – Farqsiz,
Faqat – Bir yon hindu,
Bir yon esa – musulmon.
Sirtga chiqdi Asrlik kin
Va ming yillik kudurat.

Bizlar axir Birodarmiz,
Farzand Odam Atoga!
Haq oldida barobarmiz,
Ayting, Ne bor nizoga!
Xunrezlik qil demagan-ku
Axir Veda Va Qur’on!
Tig‘ uradi nega hindu,
Bosh kesadi musulmon?
Farq – kim mehrob, kimsa butga
Sig‘inib bosh qo‘yadir.
Shu farq uchun Yoqib o‘tga
El bir-birin so‘yadir.
Bas, adovat! Bas, endi kin,
Jangni qo‘ying, odamlar!
Sizning asli yovingiz kim –
Bilib qo‘ying, Odamlar!
Ular Uzoq yurtdan kelib,
Yerga bukib shonimiz,
Bizni bizga Dushman qilib,
So‘rmoqdalar qonimiz.
Bosqinchining Qadimdanoq –
Falsafasi ayondir.
El ichida bo‘lsa nifoq,
Demak, zolim omondir.
Ular Mazlum vatanida
Bo‘lmasin der sobitlar.
Jaholatning gulxanida Isinadi zobitlar.

Sen hindmisan, Muslimmi yo,
Birlik chog‘i bu choqdir.
Bosqinchini, eng avvalo,
Hind bahriga uloqtir.
So‘ng ushalgay Barcha orzu,
Yashar ozod, tinch, omon
Vatanida ega hindu,
Yurtida bek – musulmon».

***

Nazrul Islom bo‘ldi mahbus,
Tunda uydan oldilar.
El ko‘zidan uzoq, maxsus
Bir xonaga soldilar.
Ishi qiziq bu jahonning,
Hakamlar hukm etdilar:
Shoirni ul g‘alayonning
Sababkori, dedilar.
Aybnomani tinglang, hatto –
Faryod qilar toshlar ham,
«Hindu bilan muslim aro
Qutqu solgan – shul odam!»
Olis yurtdan kelgan birov
Ayb qo‘ydi beandisha!
«Nazrul Islom – Xalqiga yov,
Nifoq istar hamisha».
Bu dunyoda Bor qabohat,
Bu dunyoda bor yolg‘on.
Ammo bunday Yovuz tuhmat
Bo‘lmagandi hech qachon.
Nazrul Islom nomi oxir

Ming baloga taqaldi.
El uchun
Jon tikkan shoir
El dushmani ataldi.
Hukm o‘qildi.
Bosh egib u
Asta borar hibs tomon.
Ajab!
Soqchi – bir yon hindu,
Bir yon esa musulmon.
Uni turtar musulmon ham,
Siltalar hind havoldor.
– Qirpichoqda o‘ldi akam,
Senda ekan ayb, murdor!
– Ko‘p azoblar chekdi hindu,
Ko‘p qon to‘kdi musulmon.
Sen kabilar yo‘qolsa-ku,
Yashar edik Tinch, omon…
Asta qadam tashlar mahbus
O‘ylaridan ogoh yo‘q.
Soqchilar ne bilar, Afsus,
Jaholatda gunoh yo‘q.

Uchinchi fasl

Tutqunlikda

«Onajonim, Menga bu kun
Sendan o‘zga dilxoh yo‘q.
Zindondaman, Bilmam, nechun,
Menda zarra gunoh yo‘q.
Gunohkorman Na Ollohim,
Na vijdonim oldida.
Faqatgina… Bir gunohim
Onajonim oldida.
Kechir, onam! Ko‘zingda g‘am,
Azob bo‘ldim joningda.
Bukun bayram, Men bukun ham
Bo‘lolmadim yoningda.
Odamlardek Beozor, tek
Yashab yursam netardi.
Menga tole, Senga tinchlik
Balki, nasib etardi.
Bulbullarga, Gullarga mast
Yozsam faqat g‘azallar,
Balki, meni Mirshablarmas,
Izlardi yosh go‘zallar.
Menga ham yor sokinlig-u,
Sening ham yo‘q bu darding;
Men – uylik,

Sen – kelinlig-u
Nabiralik bo‘larding.
Oh, u yo‘l berk, Menda yo‘q erk,
Tirik umrim – aftoda.
Ne qilayki, Odamlardek
Yasholmadim dunyoda.
Lek ko‘nglimda nolish emas,
Allanechuk dilshodlik.
Garchi jismim Bandi qafas,
Ruhimda bor ozodlik.
Tug‘ilishdan qul emasman,
Qullik yot bu jonimga.
Erk istagi Suting bilan
Kirmish mening qonimga.
Meni otash, girdoblarga
Otgan o‘shal istagim.
Onajonim, Azoblarga
Qo‘ydi seni yuragim.
Meni kechir, Faqat sendan
Bukun uzr so‘rayman.
Uzr so‘rab, umid bilan
Xayolimni o‘rayman.
Rozi bo‘lgin, Gar o‘g‘loning
Yurak qo‘rin asrolsa.
Bir kun ona Hindistonning
Xizmatiga yarolsa».

***

Nazrul Islom tor zindonning
Tuynugidan qaraydi.
Ko‘rib zangor sof osmonning
Bir parchasin Yayraydi.
Unda Erkin qanot qoqib
Qushlar uchib yuribdi.
Bunda Shoir ko‘kka boqib
Havas qilib turibdi.
Qushlar bilan uchay desa,
Qani uning qanoti?
Bir olamdir Orzu esa…
Yetarmikan hayoti?
Nazrul Islom tor zindonning
Tuynugidan qaraydi.
U falakdan Hindistonning
Toleyini so‘raydi.
«Mayliga, Men tutqun bo‘lsam,
Sen ozod bo‘l, Onajon!
Ming qiynoqda Mayli, o‘lsam,
Yurtim, bor bo‘l, Bo‘l omon.
Umrim yetsa, Mehring tayanch,
Seni yayrab kuylarman, Bu kun esa,
Mushkul, ayanch Qismatingni o‘ylarman.

O‘z umrini qilgandi u
She’ri bilan jovidon.
O‘qir edi Uni hindu,
Yodlar edi Musulmon.
Shoir bandi, She’ri biroq
Uchar edi beto‘siq,

Necha ming yil Manglay tering
To‘kib yerga, qolding och.
Sen olamga Ipak berib
O‘zing o‘tding yalang‘och.
Bebaho – fil suyaklaring,
Bahring aro – to‘la dur.
G‘avvos qilib go‘daklaring,
Kelgindilar oladur.
Yurtim, Bitmas matonating,
Sen – mujassam bardoshsan.
Fil singari Zo‘r qudrating,
Fil singari Yuvoshsan.
Ona o‘lkam, Bir kun seni
Ozod ko‘rgim keladi.
Istibdodning zanjirini
Barbod ko‘rgim keladi.
Ko‘tarasan Sen ham qadding,
Yo‘l olarsan erk sari.
Himolayning ortidagi
Ozod vatan singari».
Nazrul Islom Zindonda band,
U zax yerni quchardi.
She’ri esa qushlar bilan
Osmonlarda uchardi.
Kengliklardan oshar edi
Qalb shukuhi shoirning,
El dilida Yashar edi
Isyon ruhi shoirning.

Himolaydan oshib Uzoq –
Ketgan edi bu qo‘shiq.
Dunyo bo‘ylab Dovruq soldi
Nazrul Islom erk sasi…
Hindistonda esib qoldi
Ozodlikning nafasi.

Beshinchi fasl

Ozodlik

Bayroq qilib, El qo‘zg‘aldi –
Nazrul Islom ismini.
Tor zindondan uni oldi,
Ammo faqat Jismini.
Nazrul Islom Ozod,
Ammo El qanoti qayrildi,
Yosh, navqiron,
Tirik siymo – Shoiridan ayrildi.
Nazrul Islom She’ri butun
Hindistonda yangrardi.
Ammo shoir uni bugun
Na tinglar, Na anglardi.
Shoirini qo‘ymay – Qo‘lda –
El ko‘tarib eltardi.
Na quvonar Shoir bundan
Va na parvo etardi.

Qutuldi u sig‘olmagan,
Sig‘dirmagan jahondan,
Xolis bo‘ldi Ham zindondan,
Ham zindondek zamondan.
Ham tark etdi

Bir yonidan quchar hindu,
Bir yonidan musulmon.
Ammo Hushdan ayrilgan u,
Unga yotdir bu jahon.
Tabriklaydi Uni Tokur,
«Ozodliging muborak!»
Ro‘znomalar qutlov yozur.
Bular unga ne kerak?
U na uyg‘oq Va na uxlar,
Hissiz boqib turardi.
Ruhi uning Oliy ruhlar
Dargohida yurardi.
Shoir topdi Erk chinakam,
Ozod bo‘ldi tamoman.
Bir yo‘l unga dardi olam
Barbod bo‘ldi tamoman.
U bir yo‘la Sho‘rishlardan,
Savdolardan qutuldi.
Jabr-u jafo ko‘rishlardan,
Nizolardan qutuldi.

Bir yo‘l uni
El dardidek og‘ir yuk.
Bu dunyoda qoldi tani,
Behush, beruh va buyuk.

***

Qirq yil o‘tdi, Uzoq qirq yil.
Bu dunyodan begona – Nazrul Islom
Yashar bedil, Yashar darvish, Devona.
Qirq yil ichra Nelar ko‘rib,
Nelar chekdi Hindiston.
Ammo ko‘zi Ochiq turib,
G‘ofil o‘tdi yoniq jon.
Bosqinchilar Yurtdan ketdi –
El g‘azabi Quvoldi.

Buni Na his etdi, Na ko‘rdi, Na quvondi.
Nazrul Islom Bu dunyoda Yetmish besh yil Yashadi.
Ammo O‘ttiz ikki yoshda Bu dunyoni Tashladi.
Shoir umri Qoldi she’rda, Qoldi Yoniq dostonda.
Bitganlari uning – yerda, Ruhi esa – osmonda.

***

Ko‘tarolmay Dardlar yukin,
Zamin qalqib turibdi.
Nazrul Islom Ruhi bukun
Olam kezib yuribdi.
Ilhom chog‘i Dil zamindan
Ko‘k toqiga o‘rlaydi.

Der: «Shoirlik – yurakda qon –
Silqib turgan jarohat.
Tilamasman senga, o‘g‘lon.
Osuda baxt, Farog‘at.
Tilamasman bir zum orom,
To tiriksan, Bedor bo‘l.
Azob bersin senga ilhom,
She’r dardida bemor bo‘l.

Nazrul Islom Ruhi mendan
Shunda hisob so‘raydi.
Shoir bo‘lib Elga bukun
Darkormisan, der menga.
Fidolikka xalqing uchun
Tayyormisan, der menga.

Taqdiringdan senga dunyo
Rohatlarin so‘rmasman.
O‘z qismatim senga ammo
Sira ravo ko‘rmasman.
«Saqla, – deydi, – yurak qo‘ring.
Dil otashing so‘nmasin.
Umring ado bo‘lmay turib
Cho‘g‘ing ado bo‘lmasin».

1978–1979

Оцените материал
( Пока оценок нет )
Nargiza Umarova/ автор статьи

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: