Web dizayner bo’lish uchun kerak bo’ladigan ko’nikmalar hamda ishlash uchun dasturlar

Web dizayner ko'nikmalari

Hammaga, Salom! uzinterbiz.com blogiga hush kelibsiz! Sizga o’tgan maqolamizda juda qiziq va shu bilan birga murakkabroq bo’lgan web-dizaynerlik kasbi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tgandim. Bugun esa mavzudan chekinmagan holda  davom etamiz. Bugungi maqolada, web-dizayner ko’nikmalari, ya’ni, qaysi dasturlarni o’rganishi, nimalarni bilishi va bu kasbni egallash uchun qanday kitoblarni o’qish kerakligi to’g’risida gaplashamiz.

Shuningdek, haqiqiy saytni loyihalash va yaratish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarga e’tibor qaratamiz. Albatta, sizda biznes va muloqot qobiliyatlari ham bo’lishi kerak, ammo bu biroz boshqa mavzu. Bu mavzularga alohida maqolalarda batafsil to’xtalib o’tamiz.

Shunday qilib, web-dizayner bo’lish uchun siz quyidagilarni bilishingiz kerak.

Barcha internet kasblar haqidagi qo’llanmalar

Web dizayner uchun estetik ko’nikmalar

Web dizayner estetikasi qanday bo'lishi kerak

MASLAHAT! Estetika murakkab narsa. Ba’zi odamlar uchun ajoyib ko’ringan  rang sxemasi boshqalar uchun juda g’alati ko’rinishi mumkin. Sizga “mukammal” ko’ringan shriftlarni mijoz yoqtirmasligi mumkin.

Internet- bu matn, so’zlar. Va bu so’zlar chiroyli ko’rinishga ega bo’lishi kerak. Biroq, tipografika faqat to’g’ri shriftni tanlashdan iborat degani emas. Dizayndagi grafik ierarxiyani yaratish uchun dizayndagi shrift o’lchamlarini, turlarini va uslublarini to’g’ri tanlash va birlashtirish kerak.

Bu borada sizga Emil Ruderning “Tipografika” kitobini ko’rib chiqishni taklif qilaman . O’qish juda uzoq vaqtni egallashi mumkin. Darhol amaliyotni boshlashni istaganlar uchun – mavzu bo’yicha qisqa video, video rus tilida:

Tipografika qoidalarini o’rganganingizdan so’ng, loyihangiz uchun ba’zi shriftlarni sinab ko’rishingiz mumkin. Aslida, tarmoqda juda yaxshi bepul shriftlar mavjud, shuning uchun atrofga nazar tashlang. Ko’p odamlar Google Web-Fonts-dan shriftlarni tanlaydilar. Google shriftlari saytga “joylashtirish” uchun juda qulay hisoblanadi.

Rang nazariyasi va rang sxemalari

Web dizayner bo'lish uchun kerak bo'ladigan ko'nikmalar hamda ishlash uchun dasturlar

Rang nazariyasining texnik rang nomlari bilan aloqasi yo’q. Rang nazariyasi, birinchi navbatda, ranglarning kombinatsiyasi va uni qabul qilgan odamning his-tuyg’ulari o’rtasidagi munosabatni o’rganadi. Bu haqiqiy ilm. O’rganish uchun  asosiy dastur – Adobe Color CC

Keling, yaxshisi ranglar va ranglarning kombinatsiyasini tanlash uchun rang nazariyasi haqida gapiraylik. Rang nazariyasini o’rganayotib siz, asosiy, ikkinchi va uchinchi darajali ranglar kabi tushunchalarga duch kelasiz.

  • Asosiy ranglar– bu ranglar to’plami bo’lib, aralashtirilganda siz boshqa ranglarni olishingiz mumkin. RGB (red, green, blue — qizil, yashil, ko’k), CMYK (cyan, magenta, yellow, black — ko’k, qirmizi, sariq, qora) va RYB (red, yellow, blue — qizil, sariq, ko’k). Ushbu modellar chop etishda, elektron ekranlarda va chizishda ishlatiladi.
  • Ikkinchi darajali rang– ma’lum bir rang modeli doirasida ikkita asosiy rangni aralashtirish natijasida olingan rang.
  • Uchinchi darajali rang– bu bir asosiy maksimal to’yingan rangning, ikkinchi asosiy yarim to’yingan rangga aralashtirilishi  natijasida hosil bo’lgan rang. 6 ta uchinchi darajali  ranglarni ajratish mumkin: qizil-sabzi rang, sariq-sabzi rang, sariq-yashil, to’q ko’k-yashil, to’qko’k-ko’k va qizil-binafsha ranglar.

HTML va CSS

css va html

MASLAHAT! Oldindan aytib qo’yaman, web dizaynerlikni endi boshlayotganlar uchun bu tillarni bilish, boshlanishida muhim emas, lekin keyinchalik kerak bo’lishi mumkin. Shuning uchun, ish boshlanishida bu tillarni o’rganishga ortiqcha vaqt sarflash unchalik shart emas.

HTML “gipermatnni belgilash tili” dir. Siz ko’rgan har bir sayt HTML asosida yaratiladi. HTML sizning brauzeringizga saytda matn, rasm, havola, video yoki boshqa elementlar mavjudligini tushuntiradigan tildir. Brauzeringiz kodni tarjima qilib, keyin ekranda sizga tushunarli qilib xavola qiladi. HTMLni o’rgatadigan kitob: http://ru.html.net/tutorials/html/

Saytni chiroyli qiladigan boshqa til CSS deb ataladi, bu “kaskadli uslublar jadvallari” degan ma’noni anglatadi. CSS brauzerga matnda qanday shrift ko’rsatilganligi va qaysi ranglar ishlatilishini ko’rsatadi. CSS, sodda qilib aytganda, web-saytingizning ko’rinishini (tugmalar, uslublar, ranglar, animatsiyalar) tashkil etadi. CSS bo’yich kitob bu yerda: http://ru.html.net/tutorials/css/

Web-dizayn yo’nalishlari

web dizayn yo'nalishi

Ba’zi mijozlar, ehtimol, sizning oldingizga kelishdan oldin, zamonaviy saytlarning bir nechta misollarini ko’rib chiqarlar va hatto web-dizayn yo’nalishlari bilan bog’liq bir nechta maqolalarni o’qirlar. Ular so’ragan narsalarni tushunish va ularga taklif qilish uchun urfni va mashhur dizayn elementlarini bilish kerak bo’ladi.

Web-dizayndagi tendentsiyalar doimo o’zgarib borayotganligi sababli, kimnidir ishini ajratib ko’rsata olmayman. Bu yerda men sizga web-dizaynerlar uchun saytlarni kuzatishingizni maslahat beraman, bu saytlarda yaxshi misollar bor:

  • abduzeedo.com
  • behance.net
  • noupe.com
  • webdesignerwall.com
  • flickr.com
  • awwwards.com

Web dizayner ishlay bilishi kerak bo’lgan eng asosiy dastur

Web dizayner uchun dasturlar

Quyidagi dasturlarning bittasini yaxshi bilish, boshlovchi dizaynerlarga etarli deb o’ylayman. Chunki, bu dasturlarning barchasi deyarli bir xil vazifalarni bajaradi xisob:

  1. Adobe PhotoShop – bu dastur, shunday dasturlar orasidagi eng old dasturdir. Bu dasturning tarifini bilmagan dizayner kam bo’lsa kerak.
  2. Paint.net – fotoshop uchun yaxshi alternativ. Barchasi qo’l ostida bo’lgan, juda qulay interfeysga ega. Qo’shimcha plaginlar yordamida funksiyalarini oshirish mumkin.
  3. GIMP – bu dasturning to’liq nomi «GNU image manipulation program» deb ataladi. Fotoshopga yana bir yaxshi alternatv, juda kuchli va qulay funksionalga ega. Bu dasturning, fotoshop interfeysiga juda o’xshash bo’lgan GIMPShop versiyasi ham mavjud.

Xulosa

Dizayner o’z bilimlarini doimo yangilab turishi, zamonaviy mahsulotlarni yaratish uchun bir nechta tegishli sohalarni tushunishi zarur. Shuning uchun dizayner nafaqat rassom, balki tahlilchi, dizayner va nozik psixolog ham bo’lishi kerak.

Keyingi maqolamda bu kasb egalarining maoshi va ish joylari haqida batafsil gaplashamiz. Agar, siz web-dizayn to’g’risida ko’proq bilmoqchi bo’lsangiz izohlarda yozing va biz mavzu bo’yicha ko’proq foydali materiallar yaratamiz. Barchaga omad!

Текст на русском

Навыки, необходимые для того, чтобы стать веб-дизайнером, и программное обеспечение для работы

Всем привет! Добро пожаловать в блог uzinterbiz.com! В нашей предыдущей статье я дал вам краткую информацию о профессии веб-дизайнера, которая очень интересна и в то же время более сложна. Сегодня продолжим, не отступая от темы. В сегодняшней статье мы поговорим о навыках веб-дизайнера, то есть о том, какие программы изучать, что знать и какие книги читать, чтобы освоить эту профессию.

Мы также уделяем особое внимание навыкам, необходимым для проектирования и создания реального сайта. Конечно, вы также должны иметь деловые и коммуникативные навыки, но это немного другая тема. Эти темы мы подробно обсудим в отдельных статьях.

Итак, чтобы стать веб-дизайнером, нужно знать следующее.

Все справочники по карьере в Интернете

Эстетические навыки для веб-дизайнера

СОВЕТ! Эстетика – вещь сложная. Цветовая схема, которая хорошо выглядит для одних людей, может показаться очень странной для других. Шрифты, которые кажутся вам «идеальными», могут не понравиться клиенту.

Интернет — это текст, слова. И эти слова должны выглядеть красиво. Однако типографика — это не только выбор правильного шрифта. Чтобы создать графическую иерархию в дизайне, необходимо правильно подобрать и сочетать в дизайне размеры, типы и стили шрифтов.

В связи с этим предлагаю вам ознакомиться с книгой «Типографика» Эмиля Рудера. Чтение может занять много времени. Для тех, кто хочет сразу приступить к практике – короткое видео по теме, видео на русском языке:

Изучив правила типографики, вы можете попробовать некоторые шрифты для своего проекта. На самом деле, в сети есть несколько действительно хороших бесплатных шрифтов, так что осмотритесь. Многие люди выбирают шрифты из Google Web-Fonts. Гугловские шрифты очень удобно “вставлять” на сайт.

Теория цвета и цветовые схемы

Теория цвета не имеет ничего общего с техническими названиями цветов. Теория цвета прежде всего изучает связь между сочетанием цветов и эмоциями человека, который их воспринимает. Это настоящая наука. Основная программа для обучения — Adobe Color CC

Давайте поговорим о теории цвета, чтобы выбрать лучшие цвета и цветовые комбинации. Изучая теорию цвета, вы столкнетесь с такими понятиями, как первичный, вторичный и третичный цвета.

Основные цвета представляют собой набор цветов, при смешивании которых можно получить другие цвета. RGB (красный, зеленый, синий), CMYK (голубой, пурпурный, желтый, черный) и RYB (красный, желтый, сине-синий). Эти модели используются в полиграфии, электронных экранах и рисовании.

Вторичный цвет — это цвет, полученный путем смешивания двух основных цветов в рамках определенной цветовой модели.

Третичный цвет – это цвет, полученный в результате смешивания одного основного максимально насыщенного цвета со вторым основным полунасыщенным цветом. Можно выделить 6 третичных цветов: красно-морковный, желто-морковный, желто-зеленый, темно-сине-зеленый, сине-синий и красно-фиолетовый.

HTML и CSS

СОВЕТ! Заранее скажу, что для тех, кто только начинает заниматься веб-дизайном, знание этих языков вначале не важно, но потом может понадобиться. Поэтому не стоит тратить слишком много времени на изучение этих языков в начале работы.

HTML — это «язык гипертекстовой разметки». Каждый сайт, который вы видите, построен на HTML. HTML — это язык, который сообщает вашему браузеру, какой текст, изображения, ссылки, видео или другие элементы находятся на веб-сайте. Ваш браузер переведет код, а затем свяжет его с вами на экране в понятной форме. Книга, обучающая HTML: http://ru.html.net/tutorials/html/

Другой язык, украшающий сайт, называется CSS, что означает «каскадные таблицы стилей». CSS сообщает браузеру, какой шрифт отображать в тексте и какие цвета использовать. Проще говоря, CSS определяет внешний вид вашего веб-сайта (кнопки, стили, цвета, анимацию). Книга по CSS здесь: http://ru.html.net/tutorials/css/

Направления веб-дизайна

Некоторые клиенты, вероятно, посмотрят несколько примеров современных сайтов и даже прочитают несколько статей о тенденциях веб-дизайна, прежде чем прийти к вам. Чтобы понять, что они просят, и предложить им, нужно знать традиции и популярные элементы дизайна.

Так как тренды в веб-дизайне постоянно меняются, я не могу выделить чьи-то работы. Здесь советую следить за сайтами для веб-дизайнеров, на этих сайтах есть хорошие примеры:

abduzeedo.com
behance.net
noupe.com
webdesignerwall.com
flickr.com
wwwwards.com

Веб-дизайнер должен уметь работать
основная программа

Я думаю, что для начинающих дизайнеров достаточно хорошего знания одной из следующих программ. Потому что все эти программы выполняют практически одни и те же задачи:

Adobe PhotoShop — это программа, которая занимает первое место среди подобных программ. Наверное, мало найдется дизайнеров, не знающих тариф этой программы.
Paint.net — хорошая альтернатива Photoshop. Все под рукой, с очень удобным интерфейсом. Функционал можно расширить с помощью дополнительных плагинов.
GIMP — полное название этой программы называется «программа обработки изображений GNU». Еще одна хорошая альтернатива Фотошопу, с очень мощным и удобным функционалом. Существует также версия этой программы для GIMPShop, интерфейс которой очень похож на Photoshop.

Краткое содержание

Дизайнеру необходимо постоянно обновлять свои знания, разбираться в нескольких актуальных областях, чтобы создавать современные продукты. Поэтому дизайнер должен быть не только художником, но и аналитиком, дизайнером и тонким психологом.

В моей следующей статье мы подробно поговорим о зарплатах и ​​рабочих местах этих профессий. . Если вы хотите узнать больше о веб-дизайне, пишите в комментариях и мы создадим больше полезных материалов по теме. Всем удачи!

Оцените материал
( 5 assessment, average 4 from 5 )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: