11-Mavzu. 1991 – 2017-yillarda Germaniya Federativ Respublikasi

GFR 1990-yillarda

1980-yillar oxirida Germaniyaning ikki qismini birlashtirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. 1990-yil 3-oktabr kuni yagona Germaniya davlati tashkil topganligi e’lon qilindi. 1990-yil dekabrda navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi.

11-sinf Jahon tarixi darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH
Germaniya davlati qachon va nima sababdan ikki qismga bo‘linib ketgan edi?

1990-yil Germaniya uchun muhim yil bo‘ldi. Ikki Germaniyaning birlashishi GDRdagi iqtisodiy qoloqlikni bartaraf qilish vazifasini keskin qo‘ydi. GDRda bozor mexanizmlarini joriy qilish asosan GFR tomonidan moliyalashtirildi. 1994-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda xristian-demokratlar bilan liberallar koalitsiyasining pozitsiyasi yanada mustahkamlandi. Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) yetakchi muxolifatchi partiya bo‘lib qolaverdi. «Yashillar» partiyasi ham ancha katta kuchga aylandi.

1990-yillarning birinchi yarmida iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari ilgarigidek yuqori bo‘lmasa-da, GFR dunyoning iqtisodiy yetakchi davlatlaridan biri bo‘lib qolaverdi. Mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosat olib borildi. Fuqarolar o‘zlarini yetarli darajada himoyalangan his qildilar. Ammo shu yillari ishsizlik darajasi juda yuqori bo‘lib, bu Germaniya tarixida eng katta ko‘rsatkich edi. Shunday sharoitda 1998-yilgi parlament saylovlarida GSDP g‘olib chiqdi.

Gerxard Shryoder hukumati iqtisodda va ijtimoiy sohada chuqur islohotlarni boshladi: korxonalar uchun eng qulay sharoitlar yaratish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va natijada ishsizlikni kamaytirish islohotlarning maqsadi qilib belgilandi. Moliya tizimini qayta qurish, pensiya, tibbiy xizmat va ijtimoiy sug‘urta tizimini isloh qilish boshlandi.

Germaniya XXI asrda

XXI asr boshlariga kelib Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotda sezilarli natijalarga erishdi. U Yevropada eng kuchli iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lib, YIM hajmi bo‘yicha AQSH va Yaponiyadan keyin dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi. 2005-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda birorta partiya mutlaq ustunlikka erisha olmadi. Noyabrda bo‘lib o‘tgan bundestag (parlament) yig‘i lishida A.Merkel GFR kansleri etib saylandi.

U birinchi ayol-kansler, butun GFR tarixidagi eng yosh federal kansler bo‘ldi. A. Merkel federativ tizimni isloh qilish, byurokratiyaga qarshi kurashish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, energetika, budjet, moliya va oila, mehnat bozori sohalaridagi siyosati hamda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi dasturini e’lon qildi.

1990-yil … 1994-yil …
1998-yilgi … «Yashillar» partiyasi …

Biroq, 2008 – 2009-yillardagi inqiroz boshqalar qatori Germaniya iqtisodiga ham katta zarar yetkazdi. Faqat 2014-yilga kelib Germaniyaning iqtisodiy o‘sish sur’atlari inqirozdan oldingi ko‘rsatkichlarga yetib oldi. 2015-yili A. Merkel hokimiyatga kelganligining o‘n yilligi nishonlandi. «Merkel davri» mamlakat tarixidagi muhim davr bo‘lib, unda Germaniya Yevropa Ittifoqining yetakchi davlatiga aylandi. A. Merkel dunyoning eng nufuzli siyosatchilari dan biri bo‘lib qolmoqda. Germaniya Federativ Respublikasi 2014-yil Ukrainada yuz bergan hokimiyat almashinuvi ortidan Germaniya Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishiga qarshi qat’iy pozitsiyani egalladi va boshqa Yevropa mamlakatlari qatori Rossiyaga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.

A. Merkelning Rossiya rahbarlari bilan munosabati murakkabligicha qolmoqda. Shunga qaramasdan, 2015-yil may oyida Yevropani fashizmdan ozod qilganlarni xotirlash uchun A. Merkel Moskvaga keldi. 2015-yil oxiriga kelib, uning obro‘yi biroz pasaydi. Bunga Suriyadan va urush harakatlari davom etayotgan boshqa mamlakatlardan kelayotgan qochoqlar muammosi sabab bo‘ldi. Qochoqlarning nemis jamiyatiga ko‘nikish jarayoni ancha og‘ir kechmoqda. Ularning ko‘pchiligi uchun bu juda katta psixologik inqirozga aylanyapti. Masalan, 2016-yili kelib chiqishi eronlik bo‘lgan 18 yoshli Ali Sonboli Myunxen shahridagi savdo markazida «Men nemisman!», degan qichqiriqlar bilan odamlarga qarata o‘q otdi. Natijada 9 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi. A. Sonboli o‘zini o‘zi otib o‘ldirdi.

Bu jarayonlar A. Merkel va u boshchilik qilayotgan XDI partiyasi obro‘yining pasayishiga olib keldi. GFR tarkibiga kirgan yerlarda o‘tkazilgan mahalliy saylovlarda bu aniq namoyon bo‘lmoqda. 2017-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida A. Merkel boshchiligidagi koalitsiya 33% ovoz oldi. Bu hukumatni shakllantirish uchun yetarli bo‘lmadi. Bir qator partiyalar bilan koalitsiya tuzish uchun o‘tkazgan muzokaralar shu yil noyabr oyida natijasiz yakunlandi.

A. Merkel GFR tarixidagi eng yosh federal kansler lavozimini egallagan.
1998-yilgi parlament saylovlarida GSDP g‘olib chiqdi.

Shunga qaramasdan, zamonaviy Germaniya ijtimoiy va madaniy muvaffaqiyatlari ancha katta. Bularning barchasi turmushning yangi, XXI asr da’vatlariga javob bera oladigan yuqori sifatini yaratish imkonini berdi.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Gerxard Shryoder hukumati iqtisodda va ijtimoiy sohada qanday chuqur islohotlar o‘tkazdi?
  2. «Merkel davri» mamlakat tarixida qanday o‘rin tutadi?
  3. Germaniyada A. Merkel davrining tashqi siyosati haqida nimalar bilasiz?
  4. Zamonaviy Germaniyada bugun qanday muammolar mavjud?

Mustaqil ish

Xaritadan foydalanib, Germaniyadagi ma’muriy birliklarni toping va daftaringizga yozing.
Оцените материал
( Пока оценок нет )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: