Anton Pavlovich Chexov

Anton pavlovich Chexov
(1860–1904)

Anton Pavlovich Chexov

Mashhur rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov 1860-yil Rossiyaning Taganrog shahrida tug‘ilgan. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgach (1884), Moskva yaqinidagi qishloqlarda shifokor bo‘lib ishlaydi. Keyinchalik kasalligi bois Yaltaga ko‘chib o‘tadi. A. P. Chexov xalq hayotini zimdan teran o‘rgandi; odamlar orasida bo‘ldi, ularning dard-u holini tingladi.

 Adabiyot darsligi mundarijasiga qaytish

O‘z davrining ijtimoiy maishiy hayot tarzi, insonlararo turli muomala- munosabatlari A. P. Chexovning badiiy tafakkuri, o‘tkir nigohi orqali adabiy asarlariga ko‘chdi. Yozuvchi hayotdan go‘zallik izladi, tevarak-atrofida bo‘layotgan bema’ni ishlardan hazar qildi va inson tabiatidagi ayrim qusurlarni hajviy usulda tasvirladi.

U ham shifokorlik kasbi bilan, ham o‘tkir ada biy qalami bilan oddiy odamlarga quvonch ulashishga harakat qildi. Adib ijodiy merosining katta qismini tashkil etgan o‘nlab hikoyalari dunyo adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Hikoyalarida kam so‘z bilan katta voqealarni tasvirlash san’atini namoyish qildi.

Ayni damda, uning qissa va sayohatnomalari sevib o‘qiladi. «Chayka», «Vanya amaki», «Uch opa-singil», «Olchazor» kabi qator pyesalari teatr sahnalarida qo‘yilgan. A. P. Chexovning asarlari ko‘pgina iste’dodli tarjimon va adib lar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Adib 1904-yilda vafot etgan.

Оцените материал
( 1 оценка, среднее 5 из 5 )
Nargiza Umarova/ автор статьи

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: