Madaniy nutq va uni shakllantiruvchi asosiy sifatlar

Содержание ( Открыть / Закрыть )
  1. 1-topshiriq
  2. 2-topshiriq
  3. 13-mashq
  4. 14-mashq
  5. 15-mashq
  6. Beminnat do‘st

1-topshiriq

Atoqli tilshunos Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z» kitobidan olingan parchani o‘qing. Nutq rang-baranligining tinglovchiga ta’siri haqida fikrlashing. Tilda bir narsaning o‘zini turlicha atash imkoniyati ham ko‘pdir. Bunda ma’nodosh so‘zlardan, so‘zlarning ko‘p ma’noliligidan va yangi so‘z
yasash imkoniyatlaridan foydalaniladi. Turlicha ta’bir birikma, gap, fasl, bob va kitob doirasida ham amalga oshiriladi va bu bilan san’atning muhim asoslaridan biri bo‘lmish turlilik, rang-baranglik vujudga keladi. San’atga zavqi bor kishi tilning mazkur imkoniyatlaridan foydalanib, o‘z nutqiga yoki adabiy asariga badiiylik, eshituvchi yoki o‘quvchiga lazzat bag‘ishlaydi.

11-sinf Ona-tili darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH

2-topshiriq

O‘zbek shoiri Sayfi Saroyining berilgan baytidagi so‘zning o‘rnini bilish haqidagi fikriga munosabat bildiring.
Oqil o‘z so‘zin o‘rnida so‘zlagay
Ham javobini munosib ko‘zlagay

Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborot va hissiy holatni tinglovchi (o‘quvchi)ga yetkazish, shu yo‘l bilan unga ta’sir qilishdan iborat. Ammo nutq bunday ta’sir quvvatiga ega bo‘lishi uchun, albatta, madaniylik talablariga javob berishi zarur. Buning uchun nutqda bir qator zaruriy sifatlar mavjud bo‘lishi kerak. Nutqning madaniyligini ta’minlaydigan kommunikativ sifatlar bir qancha bo‘lib, ularning asosiylari qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo‘yalilik.

Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Mazkur sifatlarga bog‘liq holatda nutq madaniyatining ikki bosqichi farqlanadi, ya’ni nutqda to‘g‘rilik sifatining mavjudligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi hisoblanadi, nutqda qolgan boshqa sifatlarni ham mujassamlashtirish esa nutq madaniyatining ikkinchi – oliy bosqichi sanaladi.

13-mashq

Hassos shoir Erkin Vohidovning «So‘z latofati» kitobidan olingan matnni o‘qing. Maqolni qo‘llashda nutqning aniqligi va mantiqiyligiga yetkazilgan zarar haqida shoirning mulohazalariga munosabat bildiring. Xalqda «Mehmon otangdan aziz», «Ustoz otangdan ulug‘» degan hikmat bor. Biror aqlli zot, otadan ulug‘, otadan aziz inson bo‘lmaydi deb aytgan, chog‘i, keyingi vaqtda «Mehmon otangdek aziz», «Ustoz otangdek ulug‘» deyish urf bo‘ldi. Otadan ulug‘ va aziz kishining yo‘qligi – haqiqat. Aynan shuning uchun ham bu tashbeh ishlatiladi.

Maqolni tahrir qiluvchi oshnolarga maslahatim bor: Agar «-dan» o‘rniga «-dek» qo‘shishni juda xohlasangiz, xalqning boshqa bir iborasi borki, uni shunday tahrir qilsa, savobli ish bo‘ladi. «To‘ylar qiling, qamishdan bel bog‘lab xizmat qilay», – deydilar. Aslida, qamishdan bel bog‘lash emas, qamishdek bel bog‘lab xizmat qilish to‘g‘riroq bo‘ladi.

14-mashq

Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z» kitobidan olingan quyidagi parchani o‘qing va undagi fikr atrofida mulohaza qiling. Xotinlarni falonchi xonim yoki begim deb atash bor. Bu so‘zlardagi -im qo‘shimchasini egalik qo‘shimchasi deb tushunish bor. U holda nima uchun egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda xon bilan bek ayol kishiga aylanadi, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Vaholanki, xonim va begim so‘zlaridagi -im qo‘shimchasi egalik qo‘shimchasi emas. Qadim turkiy tillarda «ona» ma’nosidagi uma so‘zi bo‘lgan. Begim va xonim so‘zlari tarkibidagi -im ana shu uma so‘zining ixchamlashganidir. Demak, xonim «mening xonim» emas, «xon ona» va begim «mening begim» emas, «beg ona» degan ma’noda ekan.

15-mashq

Matnni o‘qing. Mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashing. Ba’zan hayratomizni hayratomuz shaklida ishlatadilar. Buning to‘g‘ri shakli qaysi va omuz yoki omiz nima degani? Forscha talaffuzi omixtan, tojikchasi omextan degan fe’l bor, ma’nosi «qormoq, qorishtirmoq, aralashtirmoq, aralashmoq»dir. Yana omuxtan degan fe’l ham mavjud bo‘lib, bunisi «aralashmoq, aralashtirmoq» ma’nosidadir. M tovushidan so‘ngi yoki e bo‘lsa, ya’ni omixtan yoki omextan deyilsa, «aralashmoq, aralashtirmoq» degan ma’noda bo‘ladi, agar i yoki e o‘rnida u bo‘lsa, «o‘rganmoq, o‘rgatmoq» degan ma’no chiqadi.

Omez yoki omiz bo‘lsa, «aralashar, aralashtirar», omuz bo‘lsa «o‘rganar, o‘rgatar» ma’nolarini ang latadi. Binobarin, hayratomuz emas, hayratomiz degan to‘g‘ridir. Chunki hayratomuz deyilsa, «hayrat o‘rgatar» tarzidagi ma’no chiqadi. Omixta so‘zi ham shu fe’ldan bo‘lib, buning ma’nosi «aralash» de gani. Shuning uchun omuxta yog‘ deganga nisbatan omixta yog‘ degan to‘g‘riroq bo‘ladi. Omixta va omizning ayrim shevalar nuqtayi nazaridan omuxta va omuz deb aytilishi xato emas, chunki mdan keyingi ining m ta’sirida lablanib uga aylanishi qonuniy hodisadir, ammo adabiy til nuqtayi nazaridan hayratomiz bilan ibratomuzdagi omiz va omuzni farqlash lozim. Birinchisi «hayrat aralash», ikkinchisi «ibrat o‘rgatar» degan ma’nodadir. (A. Rustamov)

Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Ipidan ignasigacha Butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha batafsil. Varianti: ignasidan ipigacha Ma’nodoshi: miridan sirigacha; qilidan quyrug‘igacha. O‘xshashi: boshdan oyoq. Istarasi issiq Xush ko‘rinishli, yoqimli, jozibador. Varianti: yulduzi issiq; sitorasi issiq. Zidi: so‘xtasi sovuq.

  1. Nutqning asosiy maqsadi haqidagi mulohazalaringizni ayting.
  2. Nutqning kommunikativ sifatlari deganda nimani tushunasiz?
  3. Nutqning to‘g‘rilik sifatini tavsiflang.
  4. Madaniy nutq tushunchasini izohlang.
  5. Nutq madaniyatining birinchi va ikkinchi – oliy bosqichlari haqida gapiring.

16-mashq. Matnni ko‘chiring, gapda so‘zlarning qanday bog‘lanayotganini aniqlang.

Beminnat do‘st

E’tibor berganmisiz-yo‘qmi, bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsiz do‘stingiz bor. Qachon xohlasangiz, siz bilan hamsuhbat bo‘ladi. Shod paytingizda quvonchingizga quvonch qo‘shadi. G‘amgin pallada dardingizni oladi. Bilmaganingizni o‘rgatadi. Adashsangiz, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Yaqin
kishilaringiz burilib ketganida ham u sizni tark etmaydi. Xizmati uchun hech nima tama qilmaydi. Yillab unutib, tashlab qo‘ysangiz indamaydi. Hatto uloqtirib yuborsangiz ham arazlamaydi. Tag‘in chorlasangiz, yetib kelib, xizmatingizni qilaveradi.
Bu do‘stning nomi – kitob. (O‘. Hoshimov)

Оцените материал
( 1 оценка, среднее 1 из 5 )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: