Misol. Bir kitobda 250 ta sahifa bo‘lib, har bir sahifa 30 ta satrdan va har bir satr 75 ta belgidan iborat bo‘lsa, kitobdagi axborot hajmini hisoblang.
Yechish.
Dastlab, bitta sahifada nechta belgi borligini hisoblaymiz: 75 · 30 = 2250 ta.
Endi kitobdagi belgilarning umumiy sonini hisoblaymiz: 2250 · 250 = 562500 ta.
Demak, kitobdagi axborot hajmi 562500 · 8 bit = 4500000 bit yoki 562500 bayt yoki 562500 : 1024 Kb ≈ 550 Kb yoki 550 : 1024 Mb ≈ 0,54 Mb yoki 0,54 : 1024 Gb ≈ 0,0005 Gb ekan.
Misoldan ko‘rinadiki, Gb ancha katta hajmni ifodalovchi o‘lchov birligi ekan.
- Ikkilik sanoq sistemasida amallarni bajaring:
- Ikkilik sanoq sistemasidagi ifodalar qiymatini taqqoslang:
a) 1101+11 va 1111+10; b) 1001,11+101,01 va 1101,01–101,11;
d) 11101–11 va 111+11; e) 1110,01+101 va 10010,01;
f) 1101 · 1101 va 1011 · 1011; g) 1101,011–11,01 va 1011,001. - Ikkilik sanoq sistemasida berilgan sonlarni o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazing:
a) 110110; b) 101011; d) 1101010; e) 1101101;
f) 1101001; g) 111001; h) 10001111; i) 1011110011. - Ikkilik sanoq sistemasida amallarni bajarib, natijasini o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazing:
- Ma’lumotlarni kodlash usullaridan biri har bir belgi yoki harfdan so‘ng biror harf (umuman, har gal turli harf bo‘lishi mumkin) qo‘yiladi. Masalan, «INFORMATIKA» so‘zi IANBFDOJRSMANTUILKBAX kabi ifodalanishi mumkin.
a) xuddi shu usulda kodlangan jumlani toping: TBAHBIIYAPTSNRIS ALSMRIATNOGB;
b) qo‘shimcha qo‘yiladigan harflarni bir xil tanlab «MUSTAQILLIK», «EKOLOGIYA» so‘zlarini va «O‘ZBEKISTON – VATANIM MANIM» jumlasini kodlang. - Maktabingiz joylashgan manzil to‘g‘risidagi axborotning hajmini hisoblang.
- «Respublika iqtisodiyotini boshqarishda kompyuterlarning ahamiyati beqiyos» iborasidagi axborot hajmini toping.
- Quyida keltirilgan axborotlarning hajmini bit va kilobaytda ifodalang:
a) 1957yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti qoshida Hisoblash markazi tashkil etildi;
b) 1963yilda Hisoblash markazi Mexanika institutiga o‘tkazildi;
d) Shoxsanam 1995yil 30martda Toshkent shahrida tug‘ildi. - Ma’lumotda baytlarda ifodalangan belgilar sonini toping: 1101001100011100110100110001110001010111.
- 1 dan 16 gacha bo‘lgan natural sonlarni kodlash uchun necha bit kerak bo‘ladi?
- 1 Gbt axborot 64 Kbt/sek tezlikda qancha vaqt uzatiladi?
- 1024 Mbt axborot 512 sekundda uzatilgan bo‘lsa, axborot uzatish tezligini aniqlang.
- Bir kitobda 750 ta sahifa bo‘lib, har bir sahifa 32 ta satrdan va har bir satr 72 ta belgidan iborat. Kitobdagi axborot 24 Kbt/sek tezlik bilan uzatilsa, sarflanadigan vaqtni toping.