Texnologiya» so‘zi yunoncha (grekcha) «techne» – san’at, mohirlik, hunar va «logos» – fan so‘zlaridan tashkil topgan. U aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarning ketmaket bajarilishini ko‘zda tutadi. |
Axborot texnologiyalari
Ixtiyoriy jarayonni to‘liq o‘rganishda, u to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar hajmi, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi darajasi shunchalik murakkab bo‘ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to‘liq qayta ishlash amalda mumkin emas. Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mum kinligini ko‘rsatdi. Bunda asosiy o‘rinni texnik vositalar – kom p yuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.
Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari, kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval ko‘rsatib o‘tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi.
Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi. |
Masalan, quyidagi rasmlarda texnologiyalar rivojlanishiga oid ba’zi ma’lumotlar aks etgan.
- Axborot (matn) yozish texnologiyasi:
2. Axborot (xat)ni yetkazish vositalari texnologiyasi:
Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga – usullar, tashqi omillarga – vositalar kiradi. Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog‘oz, bo‘r, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o‘quvchi, o‘qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o‘tish jarayoni, test o‘tkazish jarayoni, savoljavob o‘tkazish jarayoni, dars o‘tish usul va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik material va hokazolar.
Demak, axborot texnologiyalari sanoat, savdosotiq, boshqaruv, bank, ta’lim va sog‘liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport va aloqada, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo‘llanilar ekan. Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo‘llaniladi. Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o‘z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari birbirini to‘ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi.
Kompyuter tarmoqlari
Kompyuterlarning inson hayotidagi ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Lekin kompyuterning xotirasi qanchalik katta bo‘lmasin, ish faoliyatingizda ishlatishingiz mumkin bo‘lgan barcha axborotni unga sig‘dirib bo‘lmaydi.
Biror axborot zarur bo‘lib qolgan vaqtda uni boshqa komp yuterdan ko‘chirib olish uchun tashqi axborot tashuvchi vosita (disketa, CD-disk va boshqa) lardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ammo bu ko‘p vaqt va qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi. Bu kabi muammolar o‘zaro axborot almashish maqsadida kompyuterlarni birlashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Avval maxsus kabel yordamida ikkita kompyuterni o‘zaro birlashtirishga muvaffaq bo‘lindi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan, bir nechta kompyuterni birlashtirish imkonini beruvchi texnik qurilma va dasturiy ta’minot ishlab chiqildi. Shu tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga keldi. Bunday tarmoqlar qo‘shimcha qurilmalar talab qilsada (tarmoq platasi, maxsus kabel), kompyuterlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Tarmoqdagi ixtiyoriy kompyuter boshqa kompyuterning diskiga, printeriga va boshqa tashqi qurilmalariga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Bunday tarmoqlar bitta xonada yoki bir binoning ichida tashkil qilinib, lokal (mahalliy) tarmoqlar deb nomlanadi.
Lokal tarmoqda kompyuterlardan biri asosiy kompyuter etib tanlanadi. U fayllar serveri yoki, oddiy qilib, server deb nomlanadi. Qolgan kompyuterlar esa mijozlar deb nomlanib, server bilan o‘zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadi. Kompyuterlararo axborot almashinuvini rivojlantirish borasidagi tadqiqotlar shu bilan to‘xtab qolmadi. Axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi endi bitta xonada yoki bir binoda joylashgan kompyuterlarni emas, balki uzoq masofada, hatto boshqaboshqa mamlakatlarda joylashgan kompyuterlarni ham o‘zaro bog‘lash imkoniyatini beruvchi mintaqaviy va global (xalqaro) tarmoqlarni vujudga keltirdi.
Mintaqaviy tarmoqlar bir mamlakat hududidagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Bunday tarmoqqa ulangan kompyuterlar orasidagi masofa esa bir necha yuz kilometrni tashkil etishi mumkin. Global tarmoqlar dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvchilarning o‘zaro axborot almashishini ta’minlaydi. Mintaqaviy va global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Shu sababli ularni modem yordamida telefon tarmoqlari orqali ulash yo‘lga qo‘yildi.
Kompyuterda ma’lumotlar raqamli signallar ko‘rinishida saqlanadi, telefon tarmog‘i orqali esa analog signallari o‘tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishga o‘tkaziladi va telefon tarmog‘i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchidagi kompyuterga ulangan modem analog signallarni raqamli signalga o‘tkazadi va kompyuterga uzatadi.
Signalni raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishga o‘tkazuvchi qurilma modulyator, analog ko‘rinishdan raqamli ko‘rinishga o‘tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi. |
Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi. Uning nomi quyidagicha hosil qilingan:
MOdulyator + DEModulyator = MODEM.
Ma’lumotlarning bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatilish jarayoni
Tuzilish jihatidan modemlar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: ichki va tashqi. Ichki modemlar plata ko‘rinishida bo‘lib, kompyuterning ichiga joylashtiriladi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashadigan o‘zining qobig‘iga ega alohida qurilmadir.
Hozirgi modemlarning ko‘pchiligi faqatgina ma’lumot uzatish yoki qabul qilish bilan chegaralanib qolmay, balki faks ma’lumotlarini uzatish va qabul qilish uchun ham xizmat qiladi. Hozirgi kunda mintaqaviy va xalqaro tarmoqlarda kompyuterlar nafaqat telefon tarmoqlari, balki radio va sun’iy yo‘ldoshlar orqali ham axborot almashinadilar.
Axborot tizimlari
Axborot inson hayotida modda, energiya kabi muhim o‘rin tutar ekan, undan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Kerakli axborotsiz biror vazifani bajarish mushkul. Bundan tashqari zarur axborotga o‘z vaqtida ega bo‘lish ham muhimdir. Zamonaviy ishlab chiqarish dunyoning turli chekkalaridan xilmaxil axborotlarni tez va kerakli ko‘rinishda qabul qilish yoki uzatishni talab etadi. Bugungi kunda axborotni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida telefondan keng foydalaniladi. Ammo zamonaviy ish yuritishda bu yetarli emas.
Hozirda kompyuter tarmoqlarisiz ish yuritishni tasavvur qilish qiyin. Oddiy aviachiptalardan tortib kosmosni tadqiq qilishgacha bo‘lgan jarayonlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Hozirgi kunda Internet, IASNET kabi yuzlab xalqaro va biror davlat doirasidagi axborot tizimlari mavjud va ular inson faoliyati uchun xizmat qilmoqda.
Axborot tizimlari – bu katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan sistemalardir. |
Demak,
Bugungi kunda yaratilayotgan va qo‘llanilayotgan axborot tizimlari avvalgi avlodlaridan ham texnik, ham dasturiy, ham katta miqdordagi axborotlarni qayta ishlay olishi bilan tubdan farq qiladi.
- Axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
- Axborot texnologiyasining tashqi omillariga misol keltiring.
- Agar kompyuterlar tarmoqqa birlashtirilmasa, ular qanday usulda axborot almashinadi?
- Lokal tarmoqlar nima sababdan shunday ataladi?
- Lokal tarmoqlar qanday vazifalarni bajarishga xizmat qiladi?
- Global tarmoqlar lokal tarmoqlardan nimasi bilan farq qiladi?
- Modem nima va u nima uchun xizmat qiladi?
- Tarmoqda server nima uchun kerak?
- Server bilan mijozning farqini tushuntiring.
- Chap ustundagi so‘zlarni o‘ng ustundagi jumlalarga mos qo‘ying:
- Nuqtalar o‘rniga o‘ng ustundagi kerakli so‘zlarni joylashtirib ko‘chiring:
Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari … deb yuritiladi | modulyator |
Signalni raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishga o‘tkazuvchi qurilma … deb ataladi | axborot texnologiyasi |
Signalni analog ko‘rinishdan raqamli ko‘rinishga o‘tkazuvchi qurilma … deb ataladi | demodulyator |
- Jadvaldan axborot texnologiyalarini ichki va tashqi omillarini guruhlarga ajratib yozing:
daftar | telefon | kompyuter | o’chirg’ich | rasm | yodlash | eshitish | oyna |
matn | signal | magnitlash | qalam | o’qish | dastur | televizor | qo’shiq |
globus | maktab | chizma | film | kinoteatr | xulosa | pul | o’chirish |