Jo’yalilik va uslublar

Содержание ( Открыть / Закрыть )
  1. Topshiriq
  2. 76-mashq
  3. 77-mashq
  4. 78-mashq
  5. 79-mashq

Topshiriq

Berilgan parchadagi jamg‘armoq so‘zining ma’nosi va uning ko‘proq rasmiy uslubga xoslanganligi haqida mulohazalaringizni ayting. Keltirilgan gapda bu so‘zning o‘z o‘rnini topgan-topmaganligini izohlashga harakat qiling.
Ramazon aytuvchilar ko‘payib ketgan edi… Mabodo ulardan oldinroq biror eshikka borib qolsak, jamg‘argan narsalarimizni zo‘ravonlik bilan tortib olishardi. (S. Ravshanov)

11-sinf Ona-tili darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH

Nutq uslublarining har biri uchun xoslangan til vositalari borligini Siz yaxshi bilasiz. Bir uslubga xoslangan so‘z, ibora, sintaktik qurilma yoki shu kabi birlikning boshqasiga o‘tkazilishi nojoiz, o‘rinsiz hisoblanadi. Bunday holatlarda ham nutqning jo‘yaliligi buzilishi mumkin. Bu o‘rinda aytish kerakki, jo‘yalilik sifatini o‘rganishda nutqning yozma va og‘zaki shakllarini farqlash lozim.

Chunki bu nutq shakllarida jo‘yalilik o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, yozma va og‘zaki nutqning voqe bo‘lish sharoitlari bir xil emas, shunga ko‘ra bu ikki nutq shaklining o‘ziga xoslangan birliklari, grammatik shakllari, sintaktik qoliplari bor. Bu holatni hisobga olmaslik natijasida ham nutqning jo‘yali ligiga putur yetadi. Albatta, badiiy nutqda jo‘yalilik o‘ziga xos namoyon bo‘ladi.

76-mashq

Berilgan badiiy parchani o‘qing. Unda qahramon tilida o‘lmoq so‘zining jo‘yasiz qo‘llanishi uning madaniy saviyasini ta’kidlashga xizmat qilayotganini izohlang.
Bashirjon unga qaradi-yu: «Ha, nima bo‘ldi?» – deb so‘radi ayolning boshidagi oq ro‘moliga ishora qilib.
– Uzoqroq bir qarindoshimiz kecha…
– Hm-m! – dedi boshliq hissiz. – O‘ldimi?
– Ha!
– Hm-m, chatoq bo‘libdi-ku… Ha, xudo rahmat qilsin… Xo‘p bo‘lmasa, o‘sha kitoblar bor dedingiz-a… (N. Aminov)

77-mashq

Parchani o‘qing. Diniy va’z uslubini so‘zlashuv uslubiga ko‘chirish natijasida yuzaga kelayotgan yumoristik kulgini izohlashga harakat qiling.
Vafo attor qiroat bilan so‘zlashga kirishdi.
– Qadim muftiy-u fuzalolar «Shariatda sharm yo‘q» deganlar, ya’ni «Shariat sharm nadorad». Bas, shunday erkan, shar’an bir masala ilmli, mullo kishilarning fatvolari birlan hal etilg‘on vaqtlar ham bo‘lgandur. Alhol, sizga ko‘k eshak darkordurmu, Davron uka?
– Ha, ko‘k eshak kerak!
– Undoq bo‘lsa, besh daqiqa ichinda sizga ko‘k eshakni va yana homilali eshakni tayyorlab berurmiz. Davron tog‘a bilan Bashirjon hang-mang bo‘lib qoldi… Vafo attor unga yaqin kelib, kafti bilan kesib gapirdi:
– Mani sintim (yoshim) yetmish ikkida. O‘ttiz ikki pora kalomi sharifni xatm qilganman. Mullo sifotinda shariat nomidan fatvo beramankim, shul maxluqi olloh, ya’ni xari badbaxt eshshakning rangi kabut, yani ko‘kdur va yana qornida homilasi bordur. (N. Aminov)

78-mashq

Atoqli yozuvchi Said Ahmadning «Mushtipar» nomli teskari hikoyasidan olingan parchani o‘qing. Er va xotinning maqomini atayin almashtirish natijasida, ya’ni nutqning jo‘yalilik sifatining buzilishi asosida yaratilgan o‘tkir kulgining mohiyatini tushuntiring.

U ichkuyov edi. Xotini ishga ketganda, idish-tovoqlarni yuvib, bolani kiyintirar, kiyimlariga dazmol bosib, hammayoqni orasta qilib qo‘yardi. Bu orada un elab, xamir qorardi; sigir sog‘ib, qatiq ivitardi; qo‘l mashinasini shitirlatib, bolasiga har xil ko‘ylakchalar tikib qo‘yardi.
– Hoy, bolaga qarang, qanaqa ivirsigan kuyovsiz. Onangiz o‘lgur samovar qo‘yishniyam o‘rgatmapti-da. Hozirgi onalarga hayronman, o‘g‘il bola-ku birovning xasmi, hunar o‘rgatsa bo‘lmaydimi? Shuning uchun ham xotinga tegganda, kaltakdan boshi chiqmaydi. Kuyov yelib-yugurib ish qiladi. Kir yuvib turib, ko‘pik yuqi qo‘li bilan qaynananing oyog‘ini uqalagani chopadi, bodom tuyib dokaga soladi-yu,
bolaning og‘ziga tiqadi. Kelin halizamon ishdan kelib, samovarga chiqib ketadi. Ovqatga unnash kerak, kiyimlarini dazmollash kerak…
Er juda siqilib ketdi. Xotini ishdan kelganda, ko‘z yoshi qildi:
— Siqilib ketdim, javobimni bering, chiqaman. Xotin do‘ng‘illadi:
— Qo‘yadigan erim yo‘q.
— Hech bo‘lmasa, ro‘zg‘orimizni bo‘lak qilib bering.
Xotinga bu gap malol keldi:
— Nomard qiz ona ro‘zg‘orini bo‘lak qiladi. Er topiladi, ona topilmaydi.

Er hurpayib, ikki kun yig‘ladi. Oxiri, bolasini ko‘tarib, uydan chiqib ketdi. Bechora mushtipar er, bolani bag‘riga bosib, yig‘lab-yig‘lab onasinikiga ketyapti. O‘g‘il bola yor-yor bilan uydan chiqib ketdimi, qo‘shgani bilan qo‘sha qarisin ekan, bola ko‘tarib, uyga qaytib kelgulik qilmasin ekan.
Onaga qiyin, qachon tengi chiqadi-yu, qachon uzatadi. Ammo bitta bolasi bilan qayoqqa ham sig‘ardi? Ha, nomard xotin!

Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Yuragi orqasiga tortib ketmoq Bir lahza ich-ichidan qo‘rquv aralash qattiq hayajonlanmoq. Varianti: Yuragi orqasiga urib ketmoq.
Yuragi toshib ketmoq Kechinmalari ichiga sig‘may, kimgadir aytish ehtiyoji tug‘ilmoq.

  1. Nutqning og‘zaki va yozma shakllaridagi o‘ziga xosliklar haqida gapiring.
  2. Nutqiy uslublarni tavsiflay olasizmi?
  3. Har bir uslubning o‘ziga xoslangan birliklari to‘g‘risida so‘zlang.
  4. Jo‘yalilikning badiiy uslubdagi o‘ziga xosliklarini tushuntiring.

79-mashq

Har bir nutqiy uslubning o‘ziga xoslangan til vositalarini tavsiflang, shu asosda yozma matn tuzing.

Оцените материал
( 1 оценка, среднее 1 из 5 )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: