Marketing nima degani, uning maqsad va vazifalari, kim uchun kerak, o’quv markazlari

Marketing nima degani

Hammaga alangali salom! Hozirgi kunda “marketing” so’zini hamma joyda eshitayotgan bo’lsangiz kerak. Marketing mavzusiga ko’plab adabiyotlar, saytlar va maqolalar bag’ishlangan bo’lsa-da, hatto ko’pchilik ishbilarmonlar ushbu tushuncha haqida aniq tasavvurga ega emaslar, shuning uchun bugungi maqolamiz marketing nima ekanligi haqida bo’ladi.

Keling, statistik ma’lumotlarga murojaat qilaylik.

Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, 90-95% odamlar marketingni reklama va PR tadbirlar bilan bog’liq, ya’ni “promotion” bilan adashtirishadi . Ammo biznes uchun “marketing” va “reklama” tushunchalarini aralashtirish juda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Reklama- bu shunchaki marketingning bir kichik elementini anglatadi.

Ishingizni boshlayotib hatoliklarga yo’l qo’ymasligingiz uchun, marketing tushunchasini kengroq qilib tushuntirib berishga harakat qilaman.

Internet kasblarda ishlash bo’yicha qo’llanmalar

Marketing tushunchasi, maqsad va vazifalari

Marketing maqsad va vazifalari

Ko’pgina adabiyotlar va marketing tadqiqotlari, marketingning turli xil ta’riflarini keltiradi. Men ularni 100 ga yaqinini topdim. Menimcha, ta’riflar bundanda ko’proq bo’lsa kerak. Ammo barcha ta’riflarning mohiyati deyarli bir xil. Misol tariqasida bir necha ta’riflarni keltiraman:

“Marketing- tovar, xizmat, tashkilot, hudud va g’oyalarga bo’lgan talabni oldindan bilish, boshqarish va qondirishdir»

Joel Evans, Barry Berman, AQSh, 1987

“Marketing – bu iste’molchilarning ehtiyoj va istaklarini aniqlash, bashorat qilish va yaratish. Kompaniyaning barcha resurslarini kompaniya va iste’molchi uchun katta foyda bilan qondirish uchun tashkil etish jarayonidir.”

Berni Gudrich, AQSh, 1960

Albatta, zamonaviy marketing “otalaridan” biri bo’lgan Filipp Kotlerning bergan ta’rifni e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi:

“Marketing – bu takliflarni yaratish va tovarlarni (g’oyalar, xizmatlar va boshqalar) almashish orqali ham jismoniy shaxslar, ham guruhlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy boshqaruv jarayoni.”

Filipp Kotler

Ko’rinib turibdiki, marketing – bu mahsulot sotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui emas, balki bu biznesni boshqarishning barcha jihatlarini qamrab oladigan ancha kengroq tushunchadir.

Marketingning qanday turlari mavjud

Marketingning qanday turlari bor

Internet barcha taraqqiy etgan davlatlarni birlashtiradi. Online ma’lumot izlamaydigan odamlar juda kam uchraydi. Faqat internetning mavjudligi haqida bilmagan kompaniyalar o’z xabarlarini bunday katta auditoriyaga yetkazishni xohlamaydilar. Xo’sh, bu qanday qilinadi? Buning uchun Internet-marketing mavjud.

Marketing turlari reklama faoliyatida qo’llaniladigan vositalarga bog’liq. Bu onlayn reklama, kopirayting, video reklama va savdoni ko’paytirishning boshqa usullari.

Demak, quyida marketing bir nechta turlari bilan tanishtiramiz va biznesingizga  aynan qaysi biri to’g’ri kelishini bilib olasiz.

  • Kraud- Marketing

Ingliz tilida crowd – “olomon” va marketing – “reklama” – bu internetda reklama qilish, mahsulot yoki, xizmat haqida sharhlarni turli platformalarda joylashtirishdir, masalan: forumlar, bloglar, savol-javob saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda.

  • Kontent – Marketing

Ushbu marketing turi to’g’ridan-to’g’ri reklama qilishdan farqli o’laroq,  buyurtma berish yoki, obuna bo’lishga undamagan holda tovarlar yoki xizmatlarni targ’ib qilishga yondashadi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, sizdan sotib olishni yoki, raqiblarga murojaat qilishni mijozning o’zi hal qiladi. Va bu siz va foydalanuvchilar o’rtasida ishonchli munosabatlarni yaratishga imkon beradi.

Kontent marketingiga nimalar kiradi?

  • Bloglar
  • Infografika
  • Video sharhlar
  • O’yinlar
  • Mahorat darslari (seminarlar, treninglar)

SMM nima?

Ijtimoiy Media Marketing – brendni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish. Agar sizda Instagram yoki Facebookda akkauntlaringiz bo’lsa, unda siz reklama taqibi nima ekanligini yaxshi bilasiz.

Masalan, tez-tez manikyur qilish, qora yuz niqobini sotib olish, oziq-ovqat yetkazib berish bo’yicha takliflar bilan akkauntlarga obuna bo’lsangiz. Lentangizni ko’zdan kechirayotganingizda  “reklama” so’zi yozilgan fotosuratni ko’rasiz – bularning barchasi SMM.

PR – marketing

PR – bu internetda kompaniya imidjini yaratishdir. PR-marketing – sayt bilan doimiy ishlash, sayt foydalanuvchilarini  tahlil qilish, saytni vizual nuqtai nazardan takomillashtirish. Qidiruv tizimlarida yaxshiroq indeksatsiya qilish uchun optimallashtirish jarayonlarini o’z ichiga oladi.

Korxonada marketing strategiyasi qanday bo’ladi va uning rejasi nimadan iborat bo’lishi kerak?

Korxonalarda marketingning roli qanday bo'lishi kerak

Haqiqatan ham muvaffaqiyatli va foydali biznesni shakllantirish uchun reja va strategiyani o’z ichiga olgan aniq formula mavjud. Barcha harakatlarni navbat bilan amalga oshirsangiz, albatta, maqsadga erishasiz. Formula esa quyidagicha:


Marketing strategiyasi (nima?) → Marketing rejasi (qanday qilib?) → Amalga oshirish (faol harakatlar) → muvaffaqiyatli biznes.



Yangi tadbirkorlar marketing strategiyasini juda ko’p vaqt talab etadi deb o’ylashadi va uni  yaratishdan voz kechishadi.

Sizni ishontirib aytamanki, uni yaratish jarayoni bor yog’i 5 ta asosiy qadamga borib taqaladi:

  1. Bozor tahlili
  2. Maqsadli auditoriya va bozor segmentatsiyasi
  3. Raqobatchilarni tahlil qilish va raqobatbardoshligingizni baholash
  4. Qisqa muddatli va uzoq muddatli maqsadlarni belgilash
  5. Kompaniyaning moliyaviy tarkibini baholash va rejalashtirish

Yo’nalishidan qat’i nazar, har bir biznes o’zining marketing strategiyasiga ega. Bu tadbirkorga, ma’lum bir natijaga erishish uchun nima qilish kerakligini aniq tushunishga imkon beradi. O’z marketing strategiyasiga ega bo’lgan biznes, bir nechta qo’shimcha nollik daromad keltiradi deyishni hojati bo’lmasa kerak.

Tarmoq marketingi va moliyaviy piramidaning farqi

Marketing moliyaviy piramidalar farqi

Tarmoq marketingi va moliyaviy piramidalar jamiyat uchun yangi tushunchalar emas. Ushbu ikki yo’nalish potentsial mijozlarni jalb qilish uchun yaratilgan va o’xshash tuzilishga ega, ammo ularning mohiyati tubdan farq qiladi.

Tarmoq marketingi “yashil” va ruxsat etilgan tijorat faoliyati hisoblanadi. Bu yo’nalish dunyoning ko’plab mamlakatlarida rivojlangan. Uning vazifasi mahsulot haqida ma’lumot tarqatish, iste’molchini jalb qilish, tovarlarni to’g’ridan-to’g’ri sotishdir.

Moliyaviy piramidaning  asosiy vazifasi, uning ishtirokchilaridan doimiy pul olib turish hisoblanadi.

Tarmoq marketingi va piramida o’rtasidagi asosiy farq shundaki, tarmoq kompaniyasining markazida, targ’ib qilinishi kerak bo’lgan ma’lum bir mahsulot mavjud, piramidaning markazida esa, ishtirokchilarning pullari yotadi.

Ko’plab ogohlantirishlarga  qaramasdan, fuqarolar firibgarlarning qo’liga tushadi. Shubhali loyihalarga pul tikish, nafaqat mablag’dan maxrum bo’lish xavfini tug’diradi, balki jinoiy javobgarlikka tortilish imkonini ham yaratadi.

Katta piramida tizimiga jalb qilingan ishtirokchilarning huquqlarini butunlay bloklaydi: ixtiyoriy ravishda a’zolikdan chiqish imkoniyati yo’q, doimiy bosim ostida bo’ladi  va oxir-oqibat barcha mol-mulkini yo’qotishi ham mumkin.

Internet- marketingning  afzalliklari

Internet marketing afzalligi

Internetda ulkan axborot imkoniyatlari mavjud. Bu yerda har qanday reklama xabari, audio, video, flash texnologiyasidan foydalangan holda, matn, grafika va multimediya ko’rinishida  bo’lishi mumkin. Ushbu veb-resurs keng maqsadli auditoriyaga samarali ta’sir ko’rsatishga imkon beradi.

Internet marketingining asosiy afzalliklaridan biri, internet maqsadli auditoriya bilan real vaqtda, masofaviy muloqotni tashkil etishga imkon berishidir.

So’rovnomalar, tashriflar statistikasi, forumlar, muloqot maydonchalari kabi turli mexanizmlar sizning maqsadli auditoriyangiz haqida maksimal ma’lumot olish, potentsial xaridorlaringiz va hamkorlaringizning afzalliklarini hisobga olish, ularning talablariga javob berish imkonini beradi.

Shunday qilib, internetdagi har qanday marketing kampaniyasi yanada aniq va ko’proq natijalarga olib keladi.

Marketingni o’rgatuvchi kurslar ro’yxati

Marketingga o'qitish kurslari

Marketingni o’rgatish bo’yicha kurslar hozirda juda ko’p va shu bilan birga qimmat.  Lekin, olgan bilimlaringiz sizga biznesda muvaffaqiyatga erishishga yordam berishi aniq.

Toshkentda marketing maktablari ko’p. Ulardan eng taniqlari bilan sizni tanishtiraman:

Alpha Education

Maktab o’z faoliyatini 2016 yildan boshlab olib boradi. Shu vaqt ichida u yerda 2 000 dan ortiq kishi ta’lim olgan, ular orasida Texnomart, OXYmed, EVO, SamAuto, Uzbekistan Airways, Murad Buildings, Balton Trading, AloqaBank, Uztelecom, NBU, Les Ailes, Betomax va boshqa ko’plab kompaniyalarning  xodimlari bor.

Topexpert

Tajribali o’qituvchilar va ko’p yillik tajribaga asoslangan amaliy internet marketing maktabi. Sizga veb-tahlil, veb-saytlar yaratish, kontekstual va media reklama Google va Yandex, ijtimoiy Media Marketing va SEO sohasida bilim olishga yordam beradi. Har bir dars faqat kerakli nazariy bilimlar, amaliy topshiriqlar va o’tilgan materialni mustahkamlash uchun uy vazifasidan tashkil topgan.

O’quv markazi 75 nafardan ortiq talabalarini, shu jumladan, Ucell, Astor ko’chmas mulk agentligi, Transasia Logistika, Svet.uz, Kalipso va boshqa kompaniyalarning xodimlarini  o’qitgan .

Masofadan turib, ya’ni, internet orqali onlaynda, marketingni qayerda o’rganish mumkin?

Marketingni internet orqali qanday o'rganish mumkin

O’z yashash hududidan uzoqlarga borib o’qishning imkoni yo’q insonlar uchun, masofadan turib, marketingga o’rgatuvchi onlayn maktablar ro’yxatini quyida keltiraman. Siz bu onlayn maktablarda o’qib, diplomli marketolog bo’lishingiz mumkin:

  • Marketing – Internet marketing, SMM, kontekstual va maqsadli reklama, kopirayterlik, SEO va PR kurslari. Kurslar sohaning etakchi mutaxassislari tomonidan o’qitiladi.
  • NIMA – A– Xalqaro amaliyotchilar dasturi. Intensiv kursdan o’tib malakangizni oshirasiz va Evropa standarti va Gollandiya Marketing institutining diplomiga ega bo’lasiz.
  • Foyda vektori – O’qishning birinchi oyidan daromadni oshirishga qaratilgan kichik va mikrofirma tadbirkorlari, marketologlar, freelancerlar uchun 2 oylik onlayn kurs.
  • MIJOJLAR UCHUN KURASH = MARKETING VA SOTISH – 800 ta kompaniya namunasida, marketing va sotuvdan iborat yagona tizimni yaratish kursi
  • Onlayn marketing – kompaniyangiz uchun internet marketingga o’rgatish. Sizning biznesingiz ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o’quv dasturi ishlab chiqiladi va ishchilaringiz o’qitiladi.
  • DIGITAL Marketing direktori – Kurs dasturi raqamli marketingni boshqarish ko’nikmalarini o’zlashtirish va takomillashtirishga yordam beradi. Niderlandiya marketing instituti (NIMA) va Evropa marketing konfederatsiyasi diplomlarini olasiz. Ular Evropada tan olingan va yuqori malakani kafolatlaydi.
  • B2B va MURAKKAB – bozorlar uchun internet marketing. Sizning kompaniyangiz uchun Internet-marketing strategiyasi va taktikasini qanday yaratishni o’rganasiz.

Xulosa

Keng ma’noda, ko’pgina marketologlar marketingni biznes falsafasi, ya’ni bozorni, narx tizimini o’rganish, mijozlarning xohish-istaklarini bashorat qilish va taxmin qilish, iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish uchun ular bilan samarali muloqot qilish va shunga mos ravishda o’zlarining kompaniyalari uchun foyda olish imkoniyatlari deb bilishadi.

Xulosa qilib aytishim mumkinki, marketing tadbirkorlar uchun juda qiziq bir sohadir. Marketing rejasini qanday tuzishni, marketing strategiyasi qayerda va  qachon qo’llanishini bilsangiz, yaxshi foyda olib, uzoq vaqt davomida bozorda raqobatbardosh bo’lishingiz mumkin. Internet-marketingni o’zlashtirib, o’z biznesingizda yanada ko’proq muvaffaqiyatlarga erishishingiz mumkin.

Maqola haqidagi fikr va takliflaringizni izohlarda kutib qolaman. Blogimizga obuna bo’ling, biz esa sizni foydali maqolalar bilan xursand qilishda davom etamiz!

Текст на русском

Что такое маркетинг, его цели и задачи, кому он нужен, учебные центры

Всем привет! В настоящее время вы, наверное, повсюду слышите слово «маркетинг». Хотя существует множество литературы, сайтов и статей, посвященных теме маркетинга, даже большинство деловых людей не имеют четкого представления об этом понятии.

Обратимся к статистике.
По данным некоторых исследователей, 90-95% людей путают маркетинг с рекламной и PR-деятельностью, то есть с «раскруткой». Но смешение понятий «маркетинг» и «реклама» для бизнеса может иметь весьма негативные последствия. Реклама — это всего лишь один небольшой элемент маркетинга.

Я постараюсь объяснить концепцию маркетинга шире, чтобы вы не совершали ошибок при открытии своего дела.
Руководства по работе в интернет-профессиях
Маркетинговая концепция, цели и задачи

Многие литературные источники и маркетинговые исследования дают различные определения маркетинга. Я нашел около 100 из них. Я думаю, что есть и другие определения. Но суть всех определений почти одинакова. Вот несколько примеров определений:
«Маркетинг — это предвидение, управление и удовлетворение спроса на товары, услуги, организации, территории и идеи».

Джоэл Эванс, Барри Берман, США, 1987 г.
«Маркетинг — это процесс выявления, прогнозирования и создания потребностей и желаний потребителей. Это процесс организации всех ресурсов компании для их удовлетворения с наибольшей выгодой для компании и потребителя».

Берни Гудрич, США, 1960 г.
Конечно, нельзя игнорировать определение, данное Филипом Котлером, одним из «отцов» современного маркетинга:
«Маркетинг — это процесс социального управления, направленный на удовлетворение потребностей как отдельных лиц, так и групп путем создания предложений и обмена товарами (идеями, услугами и т. д.)».

Филип Котлер
Как видите, маркетинг — это не комплекс мероприятий, направленных на продажу продукции, а гораздо более широкое понятие, охватывающее все аспекты управления бизнесом.

Какие существуют виды маркетинга?
Интернет объединяет все развитые страны. Очень мало людей, которые не ищут информацию в Интернете. Только компании, которые не знают о существовании Интернета, не хотят доносить свое сообщение до такой большой аудитории. Итак, как это делается? Вот для чего нужен интернет-маркетинг.

Виды маркетинга зависят от инструментов, используемых в рекламной деятельности. Это интернет-реклама, копирайтинг, видеореклама и другие способы увеличения продаж.
Итак, ниже мы представим несколько видов маркетинга, и вы узнаете, какой из них подходит для вашего бизнеса.

Крауд-маркетинг
В переводе с английского crowd — «толпа» и marketing — «реклама» — это реклама в Интернете, размещение комментариев о товаре или услуге на различных площадках, например: форумах, блогах, сайтах вопросов и ответов и социальных сетях.

Контент-маркетинг
В отличие от прямой рекламы, этот вид маркетинга продвигает товары или услуги, не побуждая к заказу или подписке.
На основании предоставленной информации клиент примет решение, покупать у вас или обратиться к конкурентам. А это позволяет создать доверительные отношения между вами и пользователями.

Что входит в контент-маркетинг?
Блоги
Инфографика
Видео обзоры
Игры
Мастер-классы (семинары, тренинги)

Что такое СММ?
Маркетинг в социальных сетях — реклама бренда в социальных сетях. Если у вас есть аккаунт в Instagram или Facebook, то вы знаете, что такое отслеживание рекламы.

Например, если вы подписаны на аккаунты с предложениями частого маникюра, покупки черной маски для лица, доставки еды. Когда вы пролистываете свою ленту, вы увидите фото, на котором написано слово «реклама» — это все SMM.

пиар это маркетинг
PR – это создание имиджа компании в Интернете. PR-маркетинг – постоянная работа с сайтом, анализ посетителей сайта, улучшение сайта с визуальной точки зрения. Он включает в себя процессы оптимизации для лучшей индексации в поисковых системах.

Какой будет маркетинговая стратегия компании и из чего должен состоять ее план?
Существует четкая формула, включающая в себя план и стратегию построения действительно успешного и прибыльного бизнеса. Если вы проделаете все действия по очереди, то обязательно добьетесь цели. Формула выглядит следующим образом:

Маркетинговая стратегия (какая?) → Маркетинговый план (как?) → Реализация (активные действия) → успешный бизнес.
Новые предприниматели считают, что маркетинговая стратегия требует слишком много времени, и откладывают ее создание.
Уверяю вас, что процесс его создания всего 5 возвращается к последнему шагу:

Анализ рынка
Целевая аудитория и сегментация рынка
Анализ конкурентов и оценка вашей конкурентоспособности
Постановка краткосрочных и долгосрочных целей
Оценка и планирование финансовой структуры компании

Независимо от направления, у каждого бизнеса есть своя маркетинговая стратегия. Это позволяет предпринимателю четко понимать, что необходимо сделать для достижения определенного результата. Само собой разумеется, что бизнес с собственной маркетинговой стратегией принесет несколько лишних нулей.

Отличие сетевого маркетинга от финансовой пирамиды
Сетевой маркетинг и финансовые пирамиды не являются новыми концепциями для общества. Эти два направления созданы для привлечения потенциальных клиентов и имеют схожую структуру, но суть их совершенно разная.

Сетевой маркетинг — это экологичный и легальный бизнес. Это направление получило развитие во многих странах мира. Его задача — распространение информации о товаре, привлечение потребителей, прямая продажа товара.

Основная задача финансовой пирамиды – постоянно выводить деньги у ее участников.
Основное отличие сетевого маркетинга от пирамиды состоит в том, что в центре сетевой компании находится конкретный продвигаемый продукт, а в центре пирамиды лежат деньги участников.

Несмотря на многочисленные предупреждения, граждане попадают в руки мошенников. Ставки на сомнительные проекты не только рискуют потерять средства, но и создают возможность уголовной ответственности.

Она полностью блокирует права участников, вовлеченных в систему большой пирамиды: нет возможности добровольно выйти из состава, на них оказывается постоянное давление, и в итоге они могут лишиться всего своего имущества.

Преимущества интернет-маркетинга
В Интернете имеется огромное количество информации. Здесь любое рекламное сообщение может быть в текстовом, графическом и мультимедийном виде, с использованием аудио-, видео-, флэш-технологий. Этот веб-ресурс позволяет эффективно воздействовать на широкую целевую аудиторию.

Одним из основных преимуществ интернет-маркетинга является то, что Интернет позволяет в режиме реального времени дистанционно общаться с целевой аудиторией.

Различные механизмы, такие как анкетирование, статистика посещений, форумы, дискуссионные форумы, позволяют получить максимум информации о вашей целевой аудитории, учесть предпочтения ваших потенциальных клиентов и партнеров, удовлетворить их требования.
Таким образом, любая маркетинговая кампания в Интернете будет более конкретной и приведет к большему результату.

Список курсов по маркетингу
Учебные курсы по маркетингу теперь многочисленны и дороги. Но полученные знания обязательно помогут вам преуспеть в бизнесе.
В Ташкенте много школ маркетинга. Я познакомлю вас с самыми известными из них:

Альфа-образование
Школа работает с 2016 года. За это время там прошли обучение более 2000 человек, в том числе сотрудники компаний Техномарт, OXYmed, EVO, SamAuto, Uzbekistan Airways, Murad Buildings, Balton Trading, AloqaBank, Узтелеком, НБУ, Les Ailes, Betomax и многих других компаний.

Топэксперт
Практическая школа интернет-маркетинга, основанная на опытных преподавателях и многолетнем опыте. Он поможет вам получить знания в области веб-аналитики, создания сайтов, контекстной и медийной рекламы Google и Яндекс, маркетинга в социальных сетях и SEO. Каждый урок состоит только из необходимых теоретических знаний, практических заданий и домашних заданий для закрепления изученного материала.

В учебном центре прошли обучение более 75 слушателей, в том числе сотрудники Ucell, агентства недвижимости Astor, Transasia Logistika, Svet.uz, Calypso и других компаний.

Где можно научиться маркетингу дистанционно, то есть онлайн через интернет?
Ниже представлен список онлайн-школ, обучающих маркетингу на расстоянии для людей, не имеющих возможности учиться далеко от места жительства. Вы можете стать сертифицированным маркетологом, обучаясь в этих онлайн-школах:

[mask_link]Маркетинг[/mask_link] – Курсы интернет-маркетинга, SMM, контекстной и таргетированной рекламы, копирайтинг, SEO и PR. Курсы ведут ведущие специалисты в этой области.
ЧТО – A – Международная программа для практиков. Пройдя интенсивный курс, вы улучшите свои навыки и получите европейский стандарт и диплом Голландского института маркетинга.
Profit Vector – 2-х месячный онлайн-курс для предпринимателей малого и микро бизнеса, маркетологов, фрилансеров, направленный на увеличение дохода с первого месяца обучения.
CUSTOMER FIGHT = МАРКЕТИНГ И ПРОДАЖИ – Создать единую систему маркетинга и продаж на выборке из 800 компаний час курс
Интернет-маркетинг – Обучение интернет-маркетингу для вашей компании. Исходя из потребностей вашего бизнеса, будет разработана программа обучения и обучены ваши сотрудники.
Директор по цифровому маркетингу. Программа курса поможет вам освоить и улучшить навыки управления цифровым маркетингом. Вы получите дипломы Нидерландского института маркетинга (NIMA) и Европейской конфедерации маркетинга. Они признаны в Европе и гарантируют высокую квалификацию.
Интернет-маркетинг для рынков B2B и COMPLEX. Вы узнаете, как создать стратегию и тактику интернет-маркетинга для вашей компании.
Краткое содержание

В широком смысле многие маркетологи рассматривают маркетинг как философию бизнеса, то есть изучение рынка, системы цен, предсказание и предсказание желаний покупателей, эффективное общение с ними для удовлетворения потребностей потребителей, а соответственно и возможностей получения прибыли для своей компании.

В заключение могу сказать, что маркетинг — очень интересная сфера для предпринимателей. Если вы знаете, как составить маркетинговый план, где и когда использовать маркетинговую стратегию, вы сможете получать хорошую прибыль и долгое время быть конкурентоспособными на рынке. Освоив интернет-маркетинг, вы сможете добиться большего успеха в своем бизнесе.

Жду ваших мыслей и предложений по поводу статьи в комментариях. Подписывайтесь на наш блог, и мы продолжим радовать вас полезными статьями!

Оцените материал
( 18 assessment, average 4.56 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Колдирилган изохлар сони: 3
  1. Mohinur

    B2B haqida ham batafsilroq ma’lumot bera olasizmi ?
    Marketingni yuritishda asosiy e’tiborni nimaga qaratib ishni birinchi nimadan boshlash kerak deb hisoblaysiz? javob uchun oldindan raxmat

  2. haqqul;ov SH

    :idea:

  3. Muniraxon

    👍👍👍

Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: